Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili
Download 17.33 Kb.
|
3 Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
- Gap bo‘laklari tahlili tartibi
- NAMUNA .
Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling hamda umumlashma xulosalar chiqaring. 1-variant. O‘zbek tishunosligida gapning bosh bo‘laklariga doir qanday nazariy qarashlar shakllangan? Bir cho‘qqili va ikki cho‘qqili sintaktik nazariya nimani anglatadi? Nima sababdan faqat kesim gapning boshqa bo‘laklariga nisbatlanmagan holda aniqlanadi? Qanday tuzilishdagi gaplarda kesimlik ma’nolari maxsus shakllar yordamisiz, faqat o (nol) shakl orqali ifodalanadi? Qanday tuzilishdagi gaplarda eganing qo‘llanishi muhim bo‘lmaydi? 2-variant. An’anaviy tilshunoslikda gapning bosh bo‘laklari qanday tamoyil asosida farqlangan? Kesim va kesimlik tushunchalari nimani anglatadi? O‘zbek tilidagi gaplarning shakllanishida muhim bo‘lgan, uning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi bo‘lagi (bo‘laklari) qaysi? Kesim tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Ega gap qurilishida qanday mavqega ega? Gap kesimi qo‘shimchalaridan anglashilib turadigan, shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak qanday nomlanadi? 3-variant. O‘zbek tishunosligida gapning bosh bo‘laklari haqidagi nazariy qarashlar qaysi olimlar tomonidan rivojlantirildi? Ega va kesim qanday xususiyatlari asosida bir guruhga kiritildi? Kesim gapning qaysi bo‘laklarini o‘ziga tobelantirib keladi? Ega gapning qaysi bo‘laklarini o‘ziga tobelantirib keladi? Mustaqil va nomustaqil kesim qanday farqlanadi? Qanday vaziyatda kesim bilan ega son shakli bo‘yicha moslashmaydi? Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling hamda umumlashma xulosalar chiqaring. 1-variant. Gap qurilishida ega qanday o’rin tutadi? An’anaviy sintaksisda bir sostavli gaplar (bir tarkibli gaplar, bir bosh bo‘lakli gaplar) deganda qanday gaplar nazarda tutildi? Tilshunoslikda bir bosh bo‘lakli gaplarning qanday turlari ajratilgan? Shaxsi aniq (shaxsi ma’lum, egasi ma’lum) gaplar qanday sintaktik xususiyatlarga ega? Shaxsi umumlashgan gaplar qanday sintaktik xususiyatga ega? Qanday gaplar egasiz (shaxssiz) gaplar hisoblanadi? 2-variant. Ega va kesim qanday sintaktik munosabat asosida o‘zaro bog’lanadi? Formal-funksional yo‘nalishda belgilangan egali va egasiz gaplar qanday sintaktik xususiyatlarni namoyon qiladi? Qanday gaplar shaxsi noaniq (shaxsi noma’lum, egasi noma’lum) gaplar sanaladi? Qanday gaplar egasi yashiringan gaplar deyiladi? Qanday gaplar egasi umumlashgan gaplar deyiladi? Atov gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega? 3-variant. Gapning ega mavqeyidagi bo‘lagi qanday so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? An’anaviy sintaksisda gaplar bosh bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra qanday tasniflandi? Sintaksisda bir cho‘qqili va ikki cho‘qqili nazariya terminlari nimani anglatadi? Qanday gaplarda eganing qo‘llanishi shart bo‘lmaydi? Qanday gaplar so‘z-gaplar sanaladi? Atov gaplar so‘z-gaplar bilan qanday umumiy belgilarga ega? Topshiriq. Berilgan gaplarni gap bo‘laklari bo‘yicha sintaktik tahlil qiling: 1-variant. 1. Bir mahal tayoq ko‘tarib asta-sekin chiqib kelayotgan oyimga ko‘zim tushib qolsa bo‘ladimi? (X.To‘xtaboyev) 2. Navkar aytilgan joyga borib otdan tushdi va jiyron qashqasini sekin yetakladi. (P.Qodirov) 3. Bu suv yerning sho‘rini oshirib yuborishiga shubha yo‘q. (O.Yoqubov) 4. Men do‘konga yugura kirib voqeani aytdim. (A.Qahhor) 2-variant. 1. Oilam bo‘lsaki, oldimga bir kosa iliq qo‘ysa! (O‘.Hoshimov) 2. Birortasining nomini aytsa ekan, sovchilikka borsam. (S.Ahmad) 3. Ularning nimaga aqli yetibdiki, bu ishga aqli yetadi. (O.Yoqubov) 4. Ot oldingi oyoqlarini loyga botirib tumshug‘ini suvga tiqdi. (S.Ahmad) 3-variant. 1. Felyeton yozish-yozmaslik har kimning shaxsiy ishi. (O‘.Hoshimov) 2. Bir to‘p otliqlar mashqni chinor soyasida turib kuzatmoqda edilar. (P.Qodirov) 3. Domla eshikni qarsillatib yopdi-da, boshi aylanganday bo‘lib devorga suyandi. (O.Yoqubov) 4. Quyosh botib, poyonsiz cho‘l birdan huvillab qoldi. (S.Ahmad) Gap bo‘laklari tahlili tartibi: 1.Gapning bosh bo‘laklari aniqlanadi: a) kesim, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, ma’nosi, turi: fe’l-kesim (sodda, murakkab), ot-kesim (sodda, sostavli, murakkab) ko‘rsatiladi; b) ega, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, tuzilishi (sodda, murakkab) qayd etiladi. Ega va kesimning moslashgan yoki moslashmaganligi aniqlanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar (avval kesimga tobe bo‘laklar, so‘ng egaga tobe bo‘laklar) aniqlanadi: a) hol, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, turlari, (ravish, o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja hollari), tuzilishi (sodda, murakkab), qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi ko‘rsatiladi; b) to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi, turi: kelishikli yoki ko‘makchili; vositali yoki vositasiz to‘ldiruvchiligi, vositasiz to‘ldiruvchilarning belgili yoki belgisiz kelishik shaklida bo‘lishi, tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab) belgilanadi; s) aniqlovchi, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, belgi yoki qarashlilik bildirishiga ko‘ra turi (sifatlovchi yoki qaratqich aniqlovchi ekanligi, qaratqich aniqlovchilarning belgili yoki belgisiz kelishikli shaklda bo‘lishi, ularning moslashishi, grammatik holati), aniqlovchining qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi, tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab) ko‘rsatiladi. NAMUNA. Oilam bo‘lsaki, oldimga bir kosa iliq qo‘ysa! (O‘.Hoshimov) bo‘lsaki – kesim, nima bo‘lsa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, fe’l bilan ifodalangan, hozirgi zamon, 3-shaxs, birlik shaklida, sodda fe’l kesim; oilam – ega, kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot bilan ifodalangan, bosh kelishik, 1-shaxs egalik affiksini olgan, birlikda, kesimga tobelangan, sodda ega; qo‘ysa – kesim, nima qilsa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, fe’l bilan ifodalangan, hozirgi zamon, 3-shaxs, birlik shaklida, sodda fe’l kesim; iliq – ega, nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, otlashgan sifat bilan ifodalangan, kesimga tobelangan, sodda ega; bir kosa – aniqlovchi, qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, son + hisob so‘z bilan ifodalangan, egaga tobelangan, birikmali sifatlovchi aniqlovchi; oldimga – hol, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot bilan ifodalangan, 1-shaxs egalik affiksini qabul qilgan, birlik shaklda, o‘rin holi, kesimga tobelangan, sodda hol. Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling