Murakkab fe’l kesim adabiyotlarda sostavli kesim deb ham yuritiladi. Murakkab fe’l kesimlar asosan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan iborat bo’ladi: Ul dag’ы bashqara almadы (Navoiy, TMA). Bundan tashqari, mustaqil fe’l+to’liqsiz fe’l qo’shilmasidan ham murakkab fe’l kesimlar hosil qilingan: Sekiz mың shāh va shāhzāda xыdmatыn qыlur erdi (Navoiy, TMA).

Murakkab ot kesimlar ot+fe’l va ot+bog’lama qo’shilmalaridan iborat bo’ladi: Va Shāmda alarg’a kөp muridlar payda boldыlar (Navoiy, Nas.muh.). Jami’ darveshlәr hāzыr erdilәr (Navoiy, Nas.muh.).
Eski o’zbek tilida ham xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, ot kesimlar tarkibida -tur, -men,-siz,-biz kabi qo’shimcha- bog’lamalar, erdi, ermish, bol, barur va fors-tojik tilidagi hast bog’lamasidan nusxa ko’chirish asosida vujudga kelgan bor so’z bog’lamalari keng qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |