Gap bo‘laklari, qo‘shma gaplarning kontekstdagi o‘rnini aniqlash


Download 16.27 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi16.27 Kb.
#1347146
  1   2
Bog'liq
Metodika mustaqil ta\'lim K.Shaydoxon


Gap bo‘laklari, qo‘shma gaplarning kontekstdagi o‘rnini aniqlash
usullarini o‘rgatish.
Ma’lumki, bugungi kun nuqtayi nazaridan ona tili darsliklari oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifalardan biri, o‘quvchilarning to‘liq va ravon nutq orqali o‘z fikrlarini ifodalay olish malakasini shakllantirishdir. Buning uchun gap, uni shakllantiruvchi birliklar va ularning gapda bog‘lanish tamoyillari kabi bir qator nazariy bilimlar bazasi o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim. Fikr ifodalovchi bo‘lgan gaplar, o‘z navbatida, gap bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligi tarixida gap bo‘laklar mavzusida bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar , jumladan, G‘.Abdurahmonov, A.Hojiyev, H.Ne’matov, B.O‘rinboyev, N.Mahmudov, A.Nurmonov, Sh.Iskandarova kabilarning tadqiqotlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Nurmonov gap bo‘laklariga shunday ta’rif bergan edi : “ Gap tarkibida tobe bog‘lanib, ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasi gap bo‘lagi deyiladi”1.
Bugungi kunda imliy asoslarda ishlab chiqilgan nazariyalarga tayanib, gap bo‘laklari ikki guruhga ajratiladi ya’ni a) bosh bo‘laklar va b) ikkinchi darajali bo‘laklar. O‘quvchilarga eng sodda yo‘llar bilan mazkur bo‘linishning mohiyatini o‘rgatishimiz lozim, chunki gap bo‘laklari mavzusi umumiy o‘rta ta’limda 5-sinfdan boshlanadi. Bosh bo‘laklar tarkibi ega va kesimdan iborat bo‘lishi, ular gapni shakllantirishda markaziy o‘rinda turishi, mana shu birliklar orqali ham muayyan xabar berishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tish va kesimning yakka o‘zi ham eng sodda gap bo‘lishini tushuntirish lozim. ( kesimning xabar ifodalovchi birlik bo‘lishini og‘zaki nutqda dialoglarda ishlatilishi nuqtayi nazaridan ham tushuntirish mumkin:

  • Bog‘ga boramizmi?

  • Kettik.)

Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning kengaytiruvchilari, gapni to‘ldirib, aniqlashtirib beruvchi birliklardir.Ularga aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kiradi.
Gap bo‘laklari uzviy bir-biriga bog‘lanishda shakllanadi, ya‘ni ega kesimga, kesim egaga, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga, aniqlovchi aniqlanmishga, hol hollanmishga bog‘lanadi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklarida odatdagi tartib va o‘zgargan tartib tushunchasi mavjud. Odatdagi tartib quyidagicha joylashgan bo‘ladi:
Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling