Gap bo‘laklari, qo‘shma gaplarning kontekstdagi o‘rnini aniqlash


aniqlovchi→ega→to‘ldiruvchi→hol→kesim


Download 16.27 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi16.27 Kb.
#1347146
1   2
Bog'liq
Metodika mustaqil ta\'lim K.Shaydoxon

aniqlovchi→ega→to‘ldiruvchi→hol→kesim: Bilimdon talabalar topshiriqni puxta bajaradilar. Ba’zan odatdagi tartibda to‘ldiruvchidan oldin hol qo‘llanishi yoki hol→to‘ldiruvchi→hol ( O‘tgan yozdagi voqeani hayajonlanib so‘zlab berdi) shaklida kelishi ham mumkin.
O‘zgargan tartib quyidagicha ifodalanadi:

  1. Ega kesimdan keyin: Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar.

  2. To‘ldiruvchi kesimdan keyin: Kezdim gulzor yanglig‘ bog‘larni.

  3. Payt holi, o‘rin holi va vaziyat holi kesimdan keyin: Bir shifokor kelibdi Toshkentdan. To‘xtamasdan gapirdi zavqlanib.

  4. Qaratqich qaralmishdan keyin: O‘zbekiston - Vatanim manim.

O‘zgaragn tartibdagi gaplar ,asosan, kontekstda ma’lum bir holat yoki jarayonga nisbatan o‘quvchini diqqatini jalb etish, ifodani ta’sirchanligini, jozibadorligini oshirish maqsadida qo‘llanishi bilan bog‘liq vaziyatlarga ham to‘xtalib o‘tish kerak.
Gaplarni tahlil qilganimizda yuqoridagilarda tashqari uchinchi bir guruh borki, biz ular haqida ma’lum darajda o‘quvchilarga tushuntirish berib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Bular gapda gap bo‘laklari sifatida tahlil qilinmaydigan ( kirish , kiritma , undalma, bog‘lovchi , yuklama , ko‘makchi) biriklardir.
Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish uchun bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda darslarni turli interfaol o‘yin va usullar bilan tashkillashtirish lozim. Gap bo‘laklarini kontekstlarda tahlil qilish uchun ham quyidagi metoddan foydalanishimiz mumkin:
“Ajurli arra”.―Ajurli arra (faransuzcha ―ajour – bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq)metodi tuzilishi jihatdan o‘zida quyidagi bosqishlarni qamrab oladi:
1. Torshiriqlarni bo‘lish: ―Topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga (yoki mavzular)ga bo’linadi.
2. Birlamchi guruhlari: ―Har bir guruh a‘zolari qirqilgan mavzuni oladilar va ekspertga aylanadilar.
3. Ekspert guruhlari: ―Qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv torshiriqlari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallash ushun ekspert guruhlarga birlashadilar.
4. Birlamchi guruhlar: ―O‘quvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi.
Topshiriq quyidagicha yo‘sinda amalga oshiriladi:
1.Topshiriqlarni bo‘lish: tashkiliy qism, o‘quvchilarni guruhlash(to‘rt guruhga bo‘linishadi) va nomlash amalga oshirilib, O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan “Ikki afsona” novellasining matni olinadi va 2 guruh uchun 2 qismga ajratiladi. Ch.Aytmatovning “Oq kema”da keltirilgan bolaning 2 “hikoyasi” 2 guruh uchun 2 qismga ajratiladi. Guruhlarga tarqatiladi:
1-guruh: “Oftob” ertagi. 2-guruh: “Obkash” ertagi.
3-guruh: “Ona bug‘u” ertagi, 4-guruh: bolaning ertagi.
2. Birlamchi guruhlari: Har bir guruh uchun bir afsona beriladi. Guruhlar matn bilan tanishadilar. Bitta oq qog‘ozga unda yoritilgan g‘oyalarni guruh a‘zolari birin-ketin yorita boshlaydilar. Guruh umumiy xulosaga keladi. Endilikda matn ustidagi amaliy topshiriqni bajarishlari lozim bo‘ladi: a) bir o‘quvchi matndagi egalarni sintaktik tahlil qilsa, b) ikkinchi o‘quvchi esa kesimlarni sintaktik tahlil qilsa, d) uchinchi o‘quvchi esa ularga biriktirilgan holda bosh bo‘laklarni umumiy tahlil qiladi, ularning turi, tuzilishi kabi, e) yana bir guruh vakili gaplardagi to‘ldiruvchilarni, boshqasi hollarni, g) so‘nggi guruh aniqlovchilarni tahlil qilib, ma‘no turi va tuzilishini o‘rganadilar. Har bir guruh uchun topshiriq xuddi shu tarzda beriladi va ular ekspertga aylanadilar.
3. Ekspert guruhlari: Qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv torshiriqlari mavjud bo‘lgan
o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallash uchun ekspert guruhlarga birlashadilar. Masalan, matndagi hollarni, ularning ma‘no turi va tuzilishini tahlil qilish vazifasi zimmasiga yuklatilgan o‘quvchilar bir
ekspert guruh bo‘lib shakllanadilar. Bunda o‘zaro g‘oyalarni almashishadi, matnlarda aks etgan voqealar va ulardagi ilgari surilgan g‘oyalar taqqoslanadi.
4. Birlamchi guruhlar: O‘quvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar
va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi.
5. Bu bosqichda guruhdan vakil chiqib (bu, odatda, guruh tomonidan tayinlangan
sardorlar bo‘lishi mumkin) o‘z guruhining amalga oshirgan ishidan hisobot beradi.
6. Guruhlarga : “Sizga berilgan matnga o‘xshatma tarzda matn yarating” topshirig‘i beriladi. Bunda o‘quvchilarning konteksda gap bo‘lklaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishini yanada mustahkamlash ko‘zda tutiladi.
Qo‘shma gaplarni o‘rgatishda bizga sodda gaplar yordamga keladi. O‘quvchilarga gapda ikkita sodda gap qatnashgan bo‘lsa, qo‘shma gaplar ekanligi o‘rgatiladi. Qo‘shma gap turlari ularning tarkibidagi sodda gaplarning bir-biri bilan qanday birliklar yordamida birikishiga qarab turlarga bo‘linishi tushuntiriladi:
1.Bog‘langan qo‘shma gaplar;
2.Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar:
3. Ergashgan qo‘shma gaplar.
Bu bo‘linishlarning ham o‘z ichida tarmoqlanishi ko‘rib chiqiladi. Xususan, birikishiga ko‘ra:
1. Bog‘langan qo‘shma gap o‘z ichida: teng bog‘lovchilar ( vazifadosh teng bog‘lovchilar ham) yordamida: biriktiruv, zidlov , ayiruv, inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarga ajraladi .
2. Ergashgan qo‘shma gaplar o‘z ichida: a) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida; b) -sa shart mayli yordamida; d)ko‘makchilar yordamida; e) yuklamalar yordamida; i) fe‘lning ravishdosh shakli yordamida ; f) sifatdosh va kelishik qo‘shimchasi yordamida ergashgan qo‘shma gaplarga ajraladi.
Bulardan tashqari qo‘shma gapning murrakab qo‘shma gaplari ham borki ular ikkitadan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi. Ular a) aralash qo‘shma gaplar; b) ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar; d) bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar; e) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan tasnifning quyidagicha ko‘rinishi ham mavjud:
2. Yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3. Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
5. Nisbiy so‘zlar bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.2
Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplar mavzusi ancha keng bo‘lib, kerakli natijaga erishish uchun o‘quvchilar oldingi sinflarda o‘tilgan qator mavzularni mustahkamlab olishlari zarur bo‘ladi. Yuklamalar va ularning turlari, teng bog‘lovchi va ergashtiruvchi bog‘lovchilarning turlari, ko‘makchilar, nisbiy so‘zlar nima ekanligi kabi tushunchalar eslanadi.
Har bir qo‘shma gaplarning alohida tahlil usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagicha:
1. Bog‘langan qo‘shma gap quyidagi tartibda tahlil qilinadi:
a) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar va ularning mazmun jihatidan bog‘lanishi;
b) sodda gaplarning bog‘lanish yo‘li, bog‘lovchilarning turi;
v) sodda gaplar orasida qo‘llanilgan tinish bеlgilari;
g) gap bo‘laklari.
2. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
a) qo‘shma gap tarkibidagi qismlar va ularning mazmun jihatidan bog‘lanishi;
b) qismlarning bog‘lanish yo‘li;
v) qismlar orasida qo‘llanilgan tinish bеlgilar;
g) gap bo‘laklari.
3. Qo‘shma gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
a) bosh gap va ergash gap;
b) ergashgan gapning turi;
v) ergashgan gapning o‘rni va tinish bеlgilari;
g) ergashgan gapning bosh gapga bog‘lanish yo‘llari;
d) gap bo‘laklari.
Mavzuni o‘rganish uchun kichik-kichik matnlar bilan ishlash jarayonida ko‘nikmalar hosil qilish kerak. Matnda ishtirok etayotgan qo‘shma gaplarning mazmuni , bog‘lanish vositalari va ularda qo‘llangan tinish belgilar tahlil qilinishi lozim. Matnlar asosida tayyor qoliplar o‘quvchilarga taqdim etilishi, ulardan foydalanib, gaplar hosil qilish orqali mavzuni amaliy jihatda mustahkamlash ham yaxshi samara beradi. Bunda o‘quvchilar matn mazmuniga aloqador holatda bog‘lanishlar qanday tartibda berilishga e‘tibor qaratib, qo‘shma gapning qaysi turiga kirishini ham o‘zlashtirishadi. Nazariy olingan bilimlarni testlar yordamida mustahkamlaymiz.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun nuqtayi nazari bilan gap bo‘laklari va qo‘shma gaplarni kontekstlarda o‘rgatish zamonaviy nutqiy kompentensiyani shakllantirishga xizmat qiladi va bu o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga joriy eta bilish malakasini shakllantirishda asosiy omil bo‘ladi.

1 Nurmonov A.,Mahmudov N.,Sobirova A.,Yusupova Sh..Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs talabalari uchun darslik. – T.: Ilm ziyo, 2015. 430-b.

2 Yusupova T.,Mavlonova K.. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – T. : 2020. 238-b.

Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling