Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar takrorlash bilimlarning onasidir


Download 11.55 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi11.55 Kb.
#1630724
1   2   3
Bog'liq
Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar

Kiritma gap

So`zlovchining asosiy fikr ichida yo`l – yo`lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o`zi kiritilgan gapning biror bo`lagiga mazmunan aloqador bo`lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o`rtaydi). (F.Musajonov).

  • Kiritma gap ko`pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko`zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad o`g`lining ismi shunday ekan – bizning yo`l uchastkamizda qolishdi. (CH.Aytmatov).

1- mashq. O‘qing. Undalmalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini, o‘rnini va intonatsiyasiga ko‘ra qo‘yilgan tinish belgilarini tushuntiring.

  • 1- mashq. O‘qing. Undalmalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini, o‘rnini va intonatsiyasiga ko‘ra qo‘yilgan tinish belgilarini tushuntiring.
  • 1. “U uyga choy so‘rashsa, Yo‘lchi akangga kelib shipshit, Gulnor qizim!”–deb to‘y bekasi Lutfiniso ketdi. (O.) 2. Gapir, Qo‘zivoy, gapir, bo‘taloq, so‘z seniki! (H. G‘.) 3. Qani, Sinchalakxon qizim, mana buni kiyib oling-chi! (A. Q.) 4. Kuylangiz, xonim qizlar, chevar qizlar, Boshlarda ipak ro‘mol hilpillasin! Kuylangiz, asl qizlar, dongdor qizlar, Ko‘kraklarda Yulduzlar yaltillasin. (Mirm.) 5. Dadangni hurmat qil, puchuq. (H. G‘.) 6. Oy yuzli, shakar so‘zli, olamda tanho go‘zal, ayting-chi, siz chindan ham shu uyning bekasi bo‘lasizmi? (H. G‘.) 7. Xadicha! Sarvi! Qumri! Erkinoy! Saodat! Uylaringizga boringlar. Ertalab “Baxt uyi”da uchrashamiz. (H. G‘.) 8. Do‘ppilar qutluq, askar bola!– Qulluq, opoq buva. (H. G‘.) 9. Suyukli qiz, qora ko‘z Navro‘z, Badaxshonning nozli kaptari, Sen haqingda yuritaman so‘z... (Mirm.)

2- mashq. O‘qing. Undalmalarni aniqlang. Undalmaning egaga o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntiring. Undalmalarni egaga aylantirgan holda gaplarni qayta tuzib ko‘ring.

  • 2- mashq. O‘qing. Undalmalarni aniqlang. Undalmaning egaga o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntiring. Undalmalarni egaga aylantirgan holda gaplarni qayta tuzib ko‘ring.
  • N a m u n a: Hali ham terdirganingiz yo‘qmi, ota?. (M.Ism.)Otam hali ham terdirgani yo‘qmi?
  • 1. Ummatali, seni o‘rtoq Oxunboboyev tabriklab telegramma yuboribdilar. Ma, ol, o‘qi! (S. Ahm.) 2. Lekin shuni ham inobatga olingki, mayor, Turkistonda siz boshqa familiya bilan yurasiz. (S. Kalmikov.) 3. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. (O.) 4. – Hoy, tentakkinalarim, tog‘angni bevoshlik qilib qiynamanglar. (S.Ahm.) 5. Kampir, achchiqqina xo‘rda qilib ber, mehmon bolani bezgak ushlab qolibdi. (S. Ahm.) 6. Dunyo turguncha turing, malikam, Baxtingiz daryoday mavjlansin, bekam. (S. Nazar.) 7. Sira tashvish tortmagaysiz, oyi, men tinchman. (O.) 8. Hashamsiz purviqor qoyamsiz, Tiz cho‘kmas, gard yuqmas g‘oyamsiz, kift tutgan ming pillapoyamsiz, Ey baland cho‘qqilar, qoyalar. (Z.D.)
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 11.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling