Takrorlash bilimlarning onasidir - 1. Gaplar tarkibida aniqlovchi qay tarzda ajratiladi va qanday vazifa bajaradi?
- 2. Aniqlovchining turlari gapda qanday ajratiladi?
- 3. Ajratilgan aniqlovchining turlari qatnashgan gaplarga talabalarning o’zlari badiiy adabiyotlardan topib kelgan misollarni o’qishadi va tahlil qilishadi.
- 4. Ajratilgan to’ldiruvchi haqida gapiring, uning turlariga topilgan misollarni o’qing.
- 5. Ajratilgan hol deb nimaga aytiladi va holning qaysi turlari ajratilishi to’g’risida ayting.
- 6. Badiiy adabiyotlardan holning turlari ajratilishiga misollar ayting va tahlil qiling.
- 7. Gapning uyushiq bo`laklari haqida gapiring.
- Reja:
- 1.Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar haqida.
- 2. Undalma.
- 3. Kirish so`z va kirish birikma.
- 4. Kiritma gap.
Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar Gap tarkibida ba’zan shunday so`zlar va so`z birikmalari hatto gaplar qo`llanadiki, ular gapning biror bo`lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so`z yoki so`z birikmalari gap bo`laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so`z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega. Undalma So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so`z yoki so`z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. - Undalma o`zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o`xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog`lanmasligiga ko`ra o`ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to`xtash) bilan aytilishiga ko`ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara ... («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo`r etding. (U.Nosir).
- Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo`llanadi: Luqmon hakim o`g`liga nasihat qilib aytdi: - Ey o`g`il, odamlar so`zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»).
- Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so`zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo`ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko`ra qo`ylaringizni ko`proq o`ylang, cho`pon aka! (P.Qodirov).
- Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so`z, so`z birikmasi va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo`ydim. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). O`ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog`ing suv bo`ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o`rtoq Zargarov (A.Muxtor).
- Undalma gap boshida, o`rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo`laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o`qib ko`ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog`bon o`tgan, o`g`lim. (J.Abdullaxonov).
- Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so`ng, undov belgisi qo`yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |