Gap bo’laklari


Download 46.89 Kb.
bet2/12
Sana21.04.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1371017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARINING AJRATILISH SABABLARI.

Ot-kesimlar tarkibida bog’lama ishtirok etadi. Fe’l bo’lmagan kesimni ega bilan bog’lashda ishtirok etuvchi so’zlar bog’lama deyiladi. Bo’l, qil, edi, ekan, emish, -dir( kesimlik qo’shimchasi) bog’lama deyiladi. Birovlarni qarg’ash yoki so’kish gunohdir. Odam mehnat bilan odam bo’ladi. ( odamdir). Sanamoq, hisoblamoq so’zlari ham ba’zan bog’lama sifatida qo’llanadi:
O’g’lim a’lochi hisoblanadi. 8 dekabr Konstitutsiya kuni hisoblanadi.
Ega va kesim shaxsda hamma vaqt o’zaro mos bo’ladi. Juda kam hollarda “ Shularni ko’rib hayron qolasan kishi” tarzidagi ega va kesim shaxsda moslashmagan gaplar uchraydi: ega (kishi) III shaxsda, kesim esa II shaxsda.
Fe’l - kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi: men bordim, biz keldik. Fe’l kesim III shaxsdagi ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:
a) shaxsni bildirgan lll shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo’ladi: Nodir o’rnidan turdi.Dehqonlar chigit ekdilar.
b) ko’plikdagi ega shaxs ( kimsa) ni emas, jonsiz voqelikni, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmaydi: O’t-o’lanlar bahor kelishi bilan ko’karadi;
v) ot-kesim ko’pincha ko’plikdagi ega bilan moslashmaydi: Majlisda Nazira aya, Salima opa va Alijon akalar bor edi.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ( to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi.
Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.To’ldiruvchi asosan kesimga bog’lanadi. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:1. Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi.
Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanib, kimni?, nimani?, qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi ish-harakatga aloqador bo’lgan narsa-buyum, kimsani bildiradi (ish-harakatni to’g’ridan to’g’ri o’tgan narsa-buyum yoki kimsani bildiradi). Kechagi yig’inda Abdullani ko’rdim. To’ldiruvchi turdosh ot bilan ifodalanganda kelishik qo’shimchasi ba’zan tushib qoladi. Talabalar paxta terishdi.



Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling