Gap bo’laklari
Download 46.89 Kb.
|
GAP BO\'LAKLARINING AJRATILISH SABABLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undov belgisi
- Ko’p nuqta, undov va so’roq belgilari
So’roq belgisi quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
So’roq mazmunidagi gaplardan so’ng qo’yiladi. 2. So’z yoki ibora noaniq bo’lsa yoki unda gumon ifodalansa: Ovqatga tajovuz (?) qilingandan so’ng, mehmonlar qo’llarini dasturxonga (?!) artdilar. Undov belgisi quyidagi o’rinlarda qo’yiladi: His-hayajon bilan aytilgan gaplardan so’ng qo’yiladi. Buyurish, tilak, orzu-umid mazmunidagi buyruq gaplardan so’ng: Tur, ko’zimdan yo’qol! Gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytiladigan undalma, undov so’zlar hamda ha, yo’q modal so’zlaridan keyin undov belgisi qo’yiladi. Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda ishlatiladi: 1. Fikrning tugallanmaganligini ko’rsatish uchun: Yana shuni aytgan edingizki... 2. Ba’zan ko’p nuqta so’zlovchining fikr-mulohazasini o’y -tasavvurini, xohish-istagini bildiradi: Uydagi ishlarning hammasini o’zi qilsa, o’zi tartibga solib, o’zi bezasa... (A. M.) Ko’p nuqta, undov va so’roq belgilari so’roq va his-hayajon birgalikda, yaxlit ifodalanganda, so’roq va undov gaplar tugallanmay qolganda birgalikda qo’llanadi. Ko’p nuqta biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun ham qo’yiladi. Vergul o’zbek yozuvida XX asrdan qo’llana boshladi Vergul quyidagi o’rinlarda qo’yiladi: Uyushiq bo’laklar orasida: Muhayyo, Lazokat, Xurshidalar shu erga kelishadi. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot (E. J.) Kirish so’z, kirish birikma va sodda tuzilishdagi kirish gaplar vergul bilan ajratiladi: Albatta, maqsadga erishamiz. Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo’q. Ha va yo’q so’zlarini gap bo’laklaridan ajratish uchun qo’yiladi: -Ha, ertaga shahar tashqarisiga chiqamiz. Undov so’zlarni ajratish uchun ham vergul qo’yiladi: Ey, go’zal Farg’ona, qadim maskanim! Ajratilgan bo’laklarni ayirishda vergul ishlatiladi: Biz, o’quvchilar, intizomli bo’lishimiz kerak. Bog’langan qo’shma gaplarning ba’zilari, ergashgan qo’shma gaplar vergul bilan ajratiladi (va, ham, hamda, yoki bog’lovchilari ishtirok etsa, vergul qo’yilmaydi). Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling