Gap haqida umumiy ma'lumot


Download 219.89 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:
Suvdan oldin—-sel kelar,
Tuzdan keyin—siz kelar.
Suv, tuzga—siz qo'shsak,
Toping, qanday so' z bo' lar?
(grammatik topishmoq)
So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan:
Bor "yalpizda", yashinda
Ham "yaqin", ham yashilda
Undan so'ng yozilmasa,
U qaysi harf ekan-a?
Bir unli-yu bir undosh,
Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.
(gramatik topishmoq)
So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:
1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:
Tuz qachon bo'ladi tus
Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)
2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qandayso'zlar? Topingchi?
3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari.(G'.G'.)So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi:

  1. Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talabqiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding?

  2. Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichidajavobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchunxizmat qiladi. Masalan:

Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruwat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan)
3. So'roq buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruqmazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur)
So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. . Buyruq gaplar. So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma!

  1. Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal. (H. 0.)

  2. Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib olfarzandim. (0. Yb.)

  3. Istak, tilak,maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashiuchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keeling, yo men boray.


Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling