Gap va uning turlari


Download 46.78 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi46.78 Kb.
#1359994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gap va uning turlari

Soʻroq gap — gaplarning kuzatilgan maqsadga koʻra turlaridan biri; soʻzlovchining biror nomaʼlum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, soʻroq mazmunli ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga koʻra S.g .lar 2 turli boʻladi: sof S.g .lar va ritorik S.g .lar. Sof S.g . tinglovchidan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik S.g . oʻzida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (Shunday goʻzal vatan bormi dunyoda? Bolani kim sevmaydi?). Baʼzi S.g .larda soʻroq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq maʼnolari ham sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring).
S.g . quyidagi vositalar yordamida tuziladi: 1) ran tarkibida mustaqil soʻroq soʻzlar (kim, nima, qachon, qayerda, qancha, necha, nega kabi soʻroq olmoshlari) yordamida (Uni kim koʻribdi? Qachon kelasiz?); 2) mi, chi, a(ya) va boshqa soʻroq yuklamalari yordamida (Kecha teatrga bordingmi? — Yoʻq. — Bugunchi? Bugun borasana?); 3) soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari boʻlmaganda, soʻroq ohangining oʻzi bilan hosil qilinadi (Familiyangiz? Ismingiz? Kecha koʻrinmadingiz?).Tasdiq so’roq gaplarda kishi o’zi bildirgan fikrini so’roq orqali tasdiqlab ko’rsatadi. Masalan: Bugun chiroyli kun, shunday emasmi? Bu gapning “Bugun chiroyli kun” qismi so’zlovchining fikri, undan keyin kelayotgan “shunday emasmi?” qismi esa avvalroq bildirilgan fikrni tasdiqlash uchun ishlatilayotgan so’roq hisoblanadi. Agar fikrni gapning birinchi qismi, deb tushunsak, tasdiq sifatida berilayotgan so’roqni ikkinchi qism, deb hisoblasak, bu holda tasdiq so’roq gaplarning yasalishida gapning birinchi qismida qaysi fe’l ishtirok etgan bo’lsa, ikkinchi qismida ham shu fe’l ishtirok etadi. Ammo birinchi qismda keltirilgan fe’l darak (bo’lishli) shaklda bo’lsa, ikkinchi qismda bu fe’l inkor (bo’lishli) shaklda keltiriladi. Shuning uchun tasdiq so’roq gaplarning yasalishini “INKOR-DARAK” va “DARAK-INKOR”, deb qabul qilishimiz mumkin. Mana bu misolga e’tibor bering:
He doesn’t smoke, does he? – U chekmaydi, shundaymi?Bu gapning birinchi qismida doesn’t inkor shaklida kelgan bo’lsa, ikkinchi qismida, tasdiqlashda bu fe’lning o’zi does darak shaklida keltirilgan. Boshqa bir misolni ko’ramiz:They are at home, aren’t they? – Ular uyda, shunday emasmi?Endi bu gapda avvalgi gapning aksi bo’layapti: gapning birinchi qismida darak shaklidagi are ishlatilgan bo’lsa, ikkinchi qismida inkor shaklidagi aren’t ishlatilgan.Abituriyentlar uchun yuqoridagi misollarda berilgani kabi gaplar test savoli sifatida berilsa, ular uchun hech qanday qiyinchilik tug’ilmaydi, chunki tasdiq so’roq gaplarning bu oddiy qoidalari o’rganish uchun juda oson va ko’pchilik abituriyentlar bu mavzuga juda sodda mavzu sifatida qarashadi.Ammo tasdiq so’roq gaplar mavzusining ham bir oz murakkab jihati mavjud. Hozir shu masalani ko’rib o’tamiz. Quyigi uchta asosiy qoidani tushunib, yodlab oling:

1. Agar tasdiq so’roq gaplarning birinchi qismi “Let’s…” (“Keling…”) bilan boshlansa, demak uning ikkinchi, tasdiq qismi har doim “shall we?” bo’ladi. Masalan:Let’s play tennis tonight, shall we? – Keling, bugun kechga tennis o’ynaymiz, maylimi?Let’s have a party, shall we? – Keling, bazm uyushtiramiz, maylimi?


2. Agar tasdiq so’roq gapning birinchi qismida buyruq gap keltirilgan bo’lsa, bu holda uning ikkinchi, tasdiq qismi “will you?” bo’lib tugaydi. Masalan:
Open the door, will you? – Eshikni oching, maylimi?
Please, help me with my homework, will you? – Iltimos, uyga vazifamga yordam bering, maylimi?
3. Tasdiq so’roq gapning birinchi qismi “I am” (“men”)ga nisabatan aytilgan fikr bo’lsa, demak uning tasdiq qismi “aren’t I?” bo’lib tugaydi. Masalan:
I am here to help you, aren’t I? – Men bu yerda Sizga yordam berish uchun turibman, shunday emasmi?
I am intelligent, aren’t I? – Men aqlliman, shunday emasmi?
Yuqoridagi uchta qoida tasdiq so’roq gap haqidagi testlarda juda ko’plab uchraydi. Ko’pchilik bilimdon abituriyentlarimiz yuqoridagi oddiy qoidalarni allaqachon juda mukammal darajada o’zlashtirishga. Ammo shunday bo’lishiga qaramay, ularni yana bir bor eslab o’tishimiz foydadan holi bo’lmaydi

Download 46.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling