Gap va uning turlari
Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari
Download 46.78 Kb.
|
Gap va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soroq gap.
Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar. Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.) Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi. So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan: Suvdan oldin—-sel kelar, Tuzdan keyin—siz kelar. Suv, tuzga—siz qo'shsak, Toping, qanday so' z bo' lar? (grammatik topishmoq) So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan: Bor "yalpizda", yashinda Ham "yaqin", ham yashilda Undan so'ng yozilmasa, U qaysi harf ekan-a? Bir unli-yu bir undosh, Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh. (gramatik topishmoq) So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi: 1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan: Tuz qachon bo'ladi tus Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq) Download 46.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling