Gapning ajratilgan bo'laklari


Download 15.6 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1504827
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gapning uyushiq va ajratilgan bo\'laklari-fayllar.org


Gapning uyushiq va ajratilgan bo'laklari

Gapning ajratilgan bo'laklari


  • O‘zidan oldingi bo‘lakning ma’nosini izohlab, bo‘rttirib, to‘ldirib, aniqlashtirib kelgan bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.

  • Ajratilgan bo‘laklarning uyushiq bo‘laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo‘laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.

  • Gap bo‘laklarining ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi, gap bo‘laklarining kengayishi, bir bo‘lakning o‘zidan oldingi bo‘lakni izohlashi bir bo‘lakni boshqalaridan ajratib bo‘rttirib ko‘rsatish zaruriyati kabilar sabab bo‘lishi mumkin. M: Ko‘chada borar, g‘amgin va o‘ychan. Ukasi, ko‘zlari chaqnagan, unga g‘azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko‘rindi. U har kuni quyoshtikka kelganda, shaharga tushadi.

  • Ko‘pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin:O‘zidan-o‘zi hadiksirab, atrofga ola-zarak boqadi. Otasi, ikki qo‘ltig‘ida narsa ko‘targan holda yo‘lga tushdi.


Quyidagi gap bo‘laklari ajratiladi:

Ajratilgan izoh hol gapda o‘zidan oldingi holni izohlab keladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi: 1) O‘rin: Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga boshladi. 2) Payt: Anjuman bugun, soat beshda boshlanadi. 3) Ravish (vaziyat): Qo‘llar ishlar tez – mo‘jizakor. 4) Maqsad: Shaharga borish uchun, ya’ni o‘g’lini ko‘rish uchun, ulov qidirdi. 5) Miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi.

Ajratilgan izoh aniqlovchi o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:

ajratilgan izoh qaratqich-aniqlovchi o‘zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini izohlaydi: Bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko‘rindi;


Download 15.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling