Gapning ajratilgan bo'laklari


ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi sifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi (ba’zi darsliklarda bu ters sifatlovchi-aniqlovchi deb ataladi)


Download 15.6 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1504827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gapning uyushiq va ajratilgan bo\'laklari-fayllar.org

ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi sifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi (ba’zi darsliklarda bu ters sifatlovchi-aniqlovchi deb ataladi): Gullar terdim, chiroyli.

Ajratilgan izoh to‘ldiruvchi o‘zidan oldingi to‘ldiruvchini izohlab keladi: Menga, ya’ni universitet talabasiga, shunday ishonch bildirishyaptimi, demak, men bor kuchimni ishga solishim kerak. To‘ldiruvchi tashqari, boshqa, o‘rniga, bilan, birga kabi so‘zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor.

Ajratilgan kesim o‘zidan oldin kelgan kesimni izohlaydi: 1) fe’l-kesim: Men uni ko‘ndirishga harakat qildim, yalindim, yolvordim, hatto tiz cho‘kdim. 2) ot-kesim: U shoir – inson ruhining bilimdoni.

Ajratilgan ega o‘zakdan oldin kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib kelgan egani izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kerak.

Ajratilgan izoh bo‘laklarda tinish belgilarining ishlatilishi


  • Yozma nutqda izoh bo‘laklar ko‘pincha vergul va tire bilan ajratiladi:

  • 1) Izoh bo‘laklarning o‘z ichida vergul bo‘lsa, ikki tomoniga tire qo‘yiladi: Endi odamlar –otliq, piyoda, yosh-qari – uchray boshladi.

  • 2) Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo!

  • 3) Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘laklardan avval tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men – Fozilova Fotima, VII sinfda o‘qiyman.

  • 4) Yozma nutqdagi: Otam – Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi, kabi gaplarda ham shunday.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling