Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Reja Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha. Darak gaplar
Download 18.43 Kb.
|
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
Masalan: Men etim o’sganman, ox u etimlik. (G.G).
Darak, so’roq, buyruq gaplar ham mahsus intonasiya bilan aytilib, undov gapga o’xshab, so’zlovchining ichki his-hayajonini, voqeylikka bo’lgan turlicha munosabatlarni anglatishi ham mumkin. Ammo u turdagi gaplarda asosiy etakchi ma’no darak, so’roq, buyruq ma’nolaridir. Shuning uchun ham ular intinasiya bilan gapga aylanib ketmaydilar. Undov gaplarda ichki his-hayajon, so’zlovchining voqelikka bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shuningdek, undov gaplarning tuzilishida o’ziga hos struktura va Grammatik belgilar mavjud. Undov gaplarning tuzilishi. Undov gaplar quyidagi vositalar yordamida tuziladi: 1. Qanday, qaysi, qanaqa, qancha, necha, shuncha, shunday kabi emotsional kuchaytiruv ma’nosidagi olmoshlar: Tun nega bu qadar uzun! (Ask.M.). 2. Undov so’zlar: E, baxtlarni balog’atga etkazgan ona! (X.O.). 3. Ana, mana yuklamalari: Ana tantana-yu, mana tantana!- dedi.(A.K.). So’z, so’z birikmalar ham undov gap xosil qiladi. Eh, xo’rlik qursin! (O). Tavba! (A.K.). Astag’firulloh… (U). Barakalla Ortiq! Qoyilman, polvon inim. 4. Maxsus intonatsiya: Tamom! Endi nima bo’lsa bo’ldi! Endi buning gapiga qarang! (B.P.). Bu tipdagi gaplar shaklan darak, so’roq, buyruq gap bo’lsalar ham, mazmunan kishilarning ichki his-tuyg’ularini ifodalaydi va maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Shu bois bunday gaplar undov gap sanaladi. Undov gaplarning ma’no turlarui. Undov gaplar quyidagi emotsional ma’nolarini ifodalaydi: 1. Taajjub: Ajab zamona ekan! (O). Tavba! (O). 2. Tashakkur va Rag’batlantirish. Otangga rahmat! (A.K.). 3. Xayratlanish: Sensan har narsadan mo’tabar aziz! (U). 4. Zavqlanish, shodlik mamnunlik: polvon nima! (O). Judas oz, juda yaxshi! (B.P.). 5. Orzu-umid: Xudo baxtingni bersin, o’g’lim! (O). 6. Muxabbat: Uning ko’zi oldida Nuri! (O). 7. Achinish: Ey, o’zingni, xolatingni bilmagan Asrorqul! (A.K.). 8. Kinoya: Yangi kasb qulluq bo’lsin, boyvochcha! – dedi O’rmonjon. (A.K.). 9. G’azab, nafrat: Bu qanday maynabozchilik! (O). Download 18.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling