Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Reja Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha. Darak gaplar


Download 18.43 Kb.
bet2/4
Sana30.03.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1309402
1   2   3   4
Bog'liq
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

8. Bor yoki yo’q so’zlari bilan: Xalqimizning chuqur idroki bor, g’ururi, an’anasi bor. Bu-Sharqning yulduzi O’zbekistondir, o’rta erlarning Osiyosi yo’q! (G.G.).
Tinch ohang bilan aytilib, darak-habar ma’nosini ifodalagan nominative va to’liqsiz gaplar ham darak gap hisoblanadi.
3. So’roq gaplar.
So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqidahi so’roqni bildirgan gap so’roq gap deyiladi. Bunday gap o’ziga hos innovasiya bilan aytiladi.
Sof so’rq gaplarda so’roq bilan bir qatorda, taajjub, gumon, shubha kabi qo’shimcha ottenklar ham ifodalanishi mumkin.
a) Taajjub ottenkasi: Nahotki, oily ta’lim egasi bo’luvchi kishi ham intizomsizlik qilsa?
b) Gumon-shubha ottenkasi: direktorga borib, yashirinib yotgan Qudrat haqida so'zlab bersammikan?
2. Ritorik so’roq gaplar.
Bu xil so’roq gaplarning mazmunidan tasdiq ma’nosi anglashilib turadi. Shu sababli ritorik so’roq gaplar adabiy tilda emosional ma’nolarni ifodalash uchun stilistik vosita bo’ladi.
Bo’yraday joyga sholg’om ekkan odamga ham suvmi? (O.).
Onalarni ham ezozlamaydi?
Ritorik so’roq gapning maxsus turini aytmaysizmi, bo’ladimi so’zlari bilan kelgan gaplar tashkil etadi.
Ertasiga ot og’rib qolsa bo’ladimi? (O).
Ritorik so’roq gaplarda turli emosional ottenka (kinoya, kesatish, achinish, tanbeh, norozilik) ifodalanadi.
4. Buyruq gaplar.
Buyruq gaplar kishining xoxish, iltimos, maslshat, buyruq kabiturli niyatlarini ifodalab keladi.
Masalan: Agar axil-inoq yashasanglar, hech bir kuch sizlarni enga olmaydi.
Buyruq gaplarning tuzilishi:
Buyruq – istak fe’lining kesim vazifasida kelishi bilan.
I-shaxs: Olimjon aka! Erlarimizni qondirib-qondirib sug’oraylik! (Sh.R.)
II-shaxs: Mening ham yurtim mash’alday porlasin! (P.T. )
2. Shart fe’lining kesim vazifasida ishlatilishi bilan:
Qaxraton qish bo’lsa!.. (O). Qani endi, snga o’hshab hamma aqlli bo’lsa! (Kerb).
Bunday gaplar tarkibida koshki, qani, qani endi so’zlari bo’lishi ham mumkin.
Qani endi, senga o’xshab hamma aqlli bo’lsa! (Kerb).
Shart fe’lidan so’ng to’liqsiz fe’lidan so’ng to’liqsiz fe’l, emokning turli shakllari keladi.
Tezroq kela qolsa edi. (M.G.).
3. Kerak, mumkin so’zlarining harakat nomi tarkibida kelishi bilan:
Bu masalani jamoa boshqaruvi majlisiga qo’yish kerak.
4. Ayrim to’liqsiz gaplar ham buyruq mazmunini ifodalaydi. Bu xil gaplarda intonasiyaning roli kuchli bo’ladi.
a) Egasiz to’liqsiz gaplar:
Bas! Bas! Bas! O’rtamang meni. (X.X.).
b) Kesmsiz to’liqsiz gaplar: O’lim yovga! (X.O.).
Senga o’lim, senga nafrat, ey ajal !! (A.U.).
v) Ega va kesimsiz: Tinchlik ahdi uchun! (Ask. M.)
Buyruq gapning ma’no turlari.
5. Undov gaplar
Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling