Garant cash as


Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili


Download 257.2 Kb.
bet3/12
Sana22.06.2023
Hajmi257.2 Kb.
#1647654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliyot Hisobot olimov jasur

2.Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili
Iqtisodiyotning rivojlanishida to’qimachilik korxonalarining ahamiyati yuqori. Ushbu korxonalar oldida turgan muammolardan asosiysi yakuniy tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish, hajmini muntazam ravishda oshirib borish, sifatini yaxshilash.
Ma’lumki, mahsulot hajmini oshirish uchun avvalo uni to’g’ri rejalashtirish, ya’ni iste’molchilarning talab va taklifini o’rganish, marketing faoliyatini yo’lga qo’yishlari, shuningdek, ichki imkoniyatlarni ishga solish, ya’ni mehnat unumdorligini oshirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishlari lozim bo’ladi. Ushbu imkoniyatlarni aniqlash esa iqtisodiy tahlil asosida amalga oshiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy maqsadi ishlab chiqarish hajmini asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha o’zgarishini o’rganib, tarkibiy tuzilishini tahlil qilish, mavjud resurslardan foydalanish darajasiga baho berish, ishlab chiqarish omillari ta’siri darasini o’rganish, ichki imkoniyatlarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etish tadbirlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ana shu tahlil natijalari korxona faoliyatini to’g’ri raqamlashtirish, rejalarning optimal bo’lishi uchun asos yaratadi. Kurs ishda qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Asila Asliddinova Textile” MCHJda mahsulot ishlab chiqarish reja ko’rsatkichlarining badarilishi tahlili qilinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishning asosiy maqsadi, ko’rsatkichlar bo’yicha o’zgarishlarini aniqlash, tarkibiy tuzilmani tahlil etish, mavjud resurslardan foydalanishning darajasiga baho berish, iqtisodiy omillar ta’siri darajasini o’rganish, ichki imkoniyatlarni aniqlash va amaliyotga tadbiq etish tadbirlarini ishlab chiqarishdan iboratdir. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasini tahlil etish uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz.

2-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarilishi tahlili.

Ko’rsatkich

O’tgan yil 2021
(ming so’m)

Hisobot yil 2022
(ming so’m)

Chetlanish
(ming so’m)

Bajarish foizi
(%)

Tovar mahsuloti

849237.3

891699.2

42461.9

105

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinishicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 849237.3 ming so’m o’rniga 891699.2 ming so’mni tashkil etib, 42461.9 ming so’mga , ya’ni 5 foizga oshgan. Ushbu natijaga ishchilar soni, mehnat unumdorligi, asosiy vositalar holati, ulardan foydalanish darajasi, moddiy resurslar va ulardan foydalanish kabi omillar ta’sir etgan bo’lishi mumkin. Yuqoridagi omillarni mahsulot hajmiga va u orqali foydaga ta’sirini keyingi bo’limlarda chuqurlashtirib o’rganamiz.
Keyingi tahlilni mahsulot rejasini assortiment bo’yicha bajarilishini o’rganish bilan davom ettiramiz.
Assortiment bo’yicha ishlab chiqarish darajasini tahlil qilish.
Ma’lumki, korxonalarda bir necha nomenklatura assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mahsulot assortimentini shakllantirishda korxona bir tomonda ushbu mahsulot turiga talabni, ikkinchi tomondan mavjud mehnat, xom-ashyo, texnik, texnologik va boshqa resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini e’tiborga olishi zarur.
Assortiment bo’yicha ishlab chiqarish darajasiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
1. Xom ashyo va materiallar bilan o’z vaqtida ta’minlanmasligi;
2. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini va shartnomadagi shartlarni bajarmasligi munosabatlari bilan iste’molchi tomonidan rad etilishi;
3. Assortiment bo’yicha rejani bajarilishi uchun kerakli jihoz va malakali kadrlarni yetarli emasligi.
Quyidagi jadval yordamida mahsulot assortimentining o’zgarishiga baho beramiz.

Download 257.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling