Garant cash as


Download 257.2 Kb.
bet4/12
Sana22.06.2023
Hajmi257.2 Kb.
#1647654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliyot Hisobot olimov jasur

3-jadval
Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish darajasini o’rganish.

Mahsulot turi

O’tgan yil 2021
(ming so’m)

Hisobot yil 2022
(ming so’m)

O’tgan yil darajasida hisobot yil
(ming so’m)

Paypoq

594466.1

653106.4

594466.1

Trikotaj mahsulot

254771.2

238592.8

234771.2

Jami

849237.3

891699.2

829237.3


Jadval ma’lumotlaridan ko’rinishicha, korxonada mahsulot ishlab chiqarish o’tgan yilga nisbatan 105 foizga bajarilgan. Lekin assortiment bo’yicha faqat 98% ga (829237.3/849237.3=0.98) bajarilgan. Korxonada joriy yilda paypoq ishlab chiqarish rejasi oshirib bajarilgan, trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish esa pasaygan. Ushbu xolat korxonada mahsulot strukturasida o’zgarishlar yuz bergan, ya’ni korxonada yuqori rentabelli mahsulotlar ishlab chiqarishni pasaytirishga xarakat qilingan.
Maxsulot ishlab chiqarish xajmining bo’yicha rejaning bajarilishi korxonani mexnat resurslari bilan Ta’minlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlariga ko’p jixatdan bog’liq. Mexnat resurslari ishlab chiqarishga ikki yoqlamata’sir etadi.
1. Korxonani mexnat resurslari bilan Ta’minlanish darajasi.
2. Ish vaqtidan foydalanish.
Korxonaning barcha bo’g’inlarida xizmat qiladigan xodimlari ikki guruxga bo’linadi:

  1. sanoat ishlab chiqarish xodimlari;

  2. noishlab chiqarish soxasidagi xodimlar;

Ishlab chiqarish jarayonida mexnat qiladigan kategoriyadagi tsex uskunalarini kapital tahmirlash, korxona boshqaruv bo’limi, konstruktor byurosi, yong’indan muxofaza qilish soxasidagi xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimlari deb ataladi.
Transport, uy-joy xo’jaligi, bolalar bog’chasi va madaniy-mahrifiy soxalardagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari tarkibiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo’linadi:

  • ishchilar

  • xizmatchilar

  • raxbar xodimlar

  • mutaxasislar

  • qorovullik xizmati xodimlari

Ishchi kuchining taxlili korxonani mexnat resurslari bilan Ta’minlanishini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiarish xodimlarining soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlar rejasi bilan taqqoslanib, aniqlanadi. Mexnat unumdorligi darajasi nafaqat korxonaning umumiy miqdorda mexnat resurslari bilan Ta’minlanishiga bog’liq bo’lmay, balki xodimlarning tuzilishiga bog’liq. SHu bois xodimlarning strukturasi, ularning o’zgarishi, o’zgarish sabablari va dinamikasi taxlil etilishi lozim.
Tahlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarining soni reja bilan solishtirilib, korxonaning mexnat resurslari bilan Ta’minlanishi aniqlanadi.Taxlil obhekti bo’lib bitiruv amaliyoti o’tkazilgan Farg’ona yog’moy korxonasi misolida amalga oshiriladi. Mehnat haqi – bu jamiyat ko‘lamida milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’mol masqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir.
4-jadval
Taxlil maqsadlarida quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.



Ko‘rsatkichlar

2020 yil

Korrektirovka qilingan ko‘rsatkich

2022 yil

Farqi, (+;-)

mutlaq

nisbiy

1

Ishchilarning ro‘yhat bo‘yicha o‘rtacha soni, kishi

63

67

68

+2

+1

Xulosa: Korxona 2021 va 2022 yillarda ishchilar soni bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichni taqdim etgan bo’lib,bu mos ravishda 2021 –yilda 63 kishini hamda 2022-yilda esa 68 kishini tashkil etgan bo’lib ularning o’rtacha soni 67 kishiga teng deb topilga. Bu esa o’z navbatida korxona tashkil etilganidan beri eng yuqori ko’rsatgich ekanini anglatib turbdi. Chunki bu davrga qadar hech bir yilda ishchilar soni bo’yicha bunday yuqori ko’rsatgichga erishilmagan edi.


Korxona mehnatiga haq to‘lashdan mehg‘nat unumdorligini oshirishni, fan-texnika tarqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish, ularni shakllantirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishiga erishishdan, mehnatga haq to‘lashga tekischilik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
Bugungi kunda korxonalarda xodimlarning ish haqini tahlil etishning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Bazis davri va rejadagi ish haqi fondining realligini baxolash.
2. Ish haqi fondini mutlaq va nisbiy farqlarini aniqlash.
3. Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o‘lchash.
4. Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz harajatlarni hisoblash.
5. Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatni tannarxga bo‘lgan ta’sirini hisoblash.
Ish haqini mutlaq farqini aniqlash uchun sarflangan ish haqi fondini o‘tgan yilgi miqdor bilan taqqoslash lozim. Nisbiy farqni aniqlash uchun haqiqiy sarflangan hisobot davridagi ish haqi o‘tgan davrdagi ish haqini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Hisob-kitoblar:
1. Mahsulot hajmining bazis davriga nisbatan o‘sishi – 2,6 %
2. Ish haqining qo‘shimcha ortishi – 2,6 × 0,7 = 1,82 %
5-jadval

Download 257.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling