Garant cash as


Download 257.2 Kb.
bet1/12
Sana22.06.2023
Hajmi257.2 Kb.
#1647654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliyot Hisobot olimov jasur



MUNDARIJA:
KIRISH

  1. GARANT CASH AS” korxonasining texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublari.

  2. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili

  3. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili

  4. Korxonada mahsulot tannarxining shakllanishi

  5. Korxonada mahsulot sifatini nazorat qilinishini tashkil etish

  6. Korxonaning biznes rejasi

  7. Korxonaning moliyaviy holati. Korxona foydasi va rentabelligi tahlili

  8. Korxonaning ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash sharoitida xususiy korxonalar sonini ko‘paytirish va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatni hisobga olgan holda, korxonalarda modernizatsiyalash, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini shakllantirishning tashkiliy, uslubiy, va texnik jixatlarining takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarida keng doiradagi isloxotlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunga kelib esa islox qilinishi kerak bo’lgan yana bir dolzarb masalalardan biri bu xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatini yanada takomillashtirish masalasidir.
Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki hayotimizning barcha jabhalarida ko’rish mumkin. Ana shu qatorda biz, iqtisodiy isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat qaratishni lozim topdik.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘p jihatdan malakali kadrlarga, ularning salohiyatiga bog ‘liq. Bu esa o ‘z navbatida ta’lim jarayonida ta’lim muassasalari va korxonalar o ‘rtasidagi integratsion jarayonlarga bog ‘liq. Amaliyot ana shu aloqalarni ta’minlash vositasi bo ‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv oldi amaliyoti о‘quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va ishlab chiqarishda yangi bilimlarni shakllantirish hisobiga kelgusi mutaxassislik fanlarini о‘rganishning mohiyatiga yetib borish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • GARANT CASH AS” korxonasining texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublari bilan tanishish.

  • Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili amalga oshirish;

  • Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili o ‘tkazish;

  • Korxonada mahsulot tannarxining shakllanishi bilan tanishish;

  • Korxonada mahsulot sifatini nazorat qilinishini tashkil etish xolatini baholah;

  • Korxonaning biznes rejasi bilan tanishish;

  • Korxonaning moliyaviy holati. Korxona foydasi va rentabelligi tahlilini amalga oshirish;

  • Korxonaning ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha strategiyasini shakllantirish.

GARANT CASH AS”MCHJ korxonasining texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublari.


GARANT CASH AS” korxonasi 2020-yilda U.Sobirov tomonidan tashkil etilgan bo’lib, bu korxona trikitaj istemol tovarlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu korxona bir qancha mahalliy MCHJlar bilan hamkorlik olib boradi. Hususan “Dream texstil’’ MCHJ , “Abdulbosit brand texstil’’ korxonalari bilan o’zaro hamkorlik qiliob kelmoqda.
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo’l-ko’lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlarga bo’lgan talablarining o’zgarib turishi ishlab chiqarish hajmining to’g’ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo’lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o’rtasida kelishiladi. Demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog’liq bo’ladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni puxta o’rganish va korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora tadbirlarini ko’rish bozor iqtisodiyoti sharoitida birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Korxonaning balans moddalarini o’rganib chiqib biz shuni aytishimiz mumkinki, har bir iqtisodiy bilimga ega shaxs bir qarashda korxonaning xisob-kitob siyosati to’g’ri tuzilganligi va uning barcha mablag’lari, korxonaning aylanma kapitali, rentabellik darajasi va likvidlik ko’rsatkichlari talab me’yorlari doirasida ekanligini o’qib olish mumkin.
Shu tufayli moliyaviy barqarorlikni baholash uchun tahlil jarayonida bir qancha ko’rsatkichlar tizimidan foydalanilganligi bejiz emas. Korxona moliyaviy barqarorligini mustahkamlash juda ko’p omillarga bog’liq. Bunga eng avvalo, korxona xususiy kapitalining ko’payishi hamda undan samarali foydalanishni kiritish mumkin. Xususiy kapitali miqdori esa jamiyatning balans ma’lumotlariga ko’ra yildan-yilga oshib bormoqda.
Korxonaning olib borilayotgan faoliyatini ijobiy baholash mumkin. Lekin shunga qaramasdan, korxonada barcha imkoniyatlarni ishga solish orqali korxona faoliyatini takomillashtirishga, yangi bosqichlarga ko’tarishga erishish mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bu bir martalik yoki mavsumiy ish emas. U doim e’tiborda turishi zarur bo’lgan keng qamrovli, ko’p qirrali iqtisodiy faoliyatdir.


  1. rasm. Maxsulotni kompyuter yordamida to’qib jarayonni yakunlovchi texnologiya.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir korxonada moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun sof foyda miqdorini yanada ko’paytirish bo’yicha turli tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish zarur. Umuman olganda bu tadbirlar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
Biror mahsulot turi yoki navini ishlab chiqarish bo’yicha monopol o’rinni egallashga (noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga) erishish;
Doimo o’zgarib turuvchi konyukturaga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilab turish;
Raqobatbardoshlik sharoitida tovarlarning sotila olishni ta’minlash maqsadida xaridorlarga turli xizmatlar ko’rsatish (tovar sotilgandan keyingi xizmatlar);
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini orttirish. Korxonada buning uchun to’la imkoniyat mavjud;
Mahsulot sifat darajasini oshirish;
Mavjud moddiy resurslardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va ish maydonlaridan, ishchi kuchi va ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida mahsulot tannarxini pasaytirish;
Ishlab chiqarishni diversifakatsiyalash;
Mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaymiz. Bu o’z navbatida kelgusida korxonaning moliyaviy natijasini yanada ijobiy bo’lishi va yuqori foyda bilan ishlashiga, rentabellik ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishiga, pirovardida, korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari o’sishiga sabab bo’ladi.

1-jadval


Download 257.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling