Garant cash as


Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili


Download 257.2 Kb.
bet6/12
Sana22.06.2023
Hajmi257.2 Kb.
#1647654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliyot Hisobot olimov jasur

3.Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili
Ma’lumki, maxsulotlar ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslar majmui talab etiladi. Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo’lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar xisoblanadi. Chunki, keyingi yillarda asosiy vositalarning bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan harajatlar maxsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda. Asosiy vositalar ishlab chiqarishning muxim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va hizmatlar ko’rsatiladi. Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish tsiklida bir necha bor qatnashib, o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o’tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga,ularning texnik holati va xarakat ko’rsatkichlariga, samaradorlik ko’rsatkichlariga, dinamikasi va xolatiga baho beriladi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi.SHuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo’yicha, turi buyicha o’zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko’rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqim ko’rsatkichlariga baho beriladi.
Asosiy vositalarning unumini o’rganish asosida mahsulot ishlab chiqarishda ularning samaradorlik ko’rsatkichlariga baho beriladi. Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini omilli tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarish xajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o’rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy yo’nalishlar belgilanadi. Korxonaning asosiy vositalari, ularning holati, harakati va samarasiga ikgisodiy tashxis beriladi.
Asosiy vositalar tarkibi ularni xosil qiluvchi elementlar majmui bo’lib, o’z ichiga binolar, inshoatlar, transport vositalari, xisoblash texnikasi, asboblar va inventarlar, boshqa asosiy fondlarni oladi. Mashina va jixozlar aktiv asosiy fondlar bo’lsa, qolganlari passiv qismini tashkil etadi. Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jixat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga kaqaratiladi. Aktiv asosiy vositalar deb mahsulot ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi. Ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beruvchi asosiy vositalar esa passiv asosiy fondlar sifatida qaralib, ularning tarkibiga bevosita binolar, inshoatlar, yerlar(qishloq xo’jaligi korxonalaridan tashqari) qiymati va boshqalar kiradi.

7-jadval


Download 257.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling