G‘arb istilohiga ko‘ra: poetika


Download 52.56 Kb.
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi52.56 Kb.
#1048687
1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu Filologik tadqiqotlarda tizimli tahlilni tashkil etishga

Podtekst – (kalkalash orqali rus tiliga olingan – inglizcha: subtext; o‘zbekcha: matnosti) – jiddiy va chuqur adabiy asarlarda ichki «suvosti oqimi» bo‘lib, asarning asosiy konsepsiyasini tashiydi21. E.Xeminguey badiiy asarda “aysberg” g‘oyasini ilgari surgan. Uningcha, asar ma’noning o‘ndan bir qismini olib ko‘rsa-tadi, o‘ndan to‘qqizi esa matnostida qoladi. Matnosti nutq birlik-larida kuzatgan V.V.Vinogradov bu holatda «so‘zning to‘g‘ri leksik ma’nosi o‘z mohiyatini yo‘qotadi va nutqning ichki mazmunini belgilaydi» deb yozadi22. J.Kuddon pesaning matnosti xususiyati haqida gapirib, ayrim personajlar o‘zlari qatnashayotgan urush mohiyatini anglamasliklari mumkin. Matnosti yashirin situatsiya-larda, syujet og‘ushida ko‘rinadi. Bu istiloh XX asr so‘ngida “yashirin dastur”ga almashinganini yozadi23.
Kontekst (lotincha: contexstus – bog‘lanish, zanjir) – matn-ning ma’no maydoni bo‘lib, unda badiiy matndagi har bir ichki qurilma ma’no tomonidan boshqariladi, asar talqinida mana shu maydondagi ma’no nazarda tutiladi. H.Benak bu istilohni ma’no birligi sifatida qabul qilgan va ichki aloqadorlik tufayli matnning ayrim qismlarining ajratilib ko‘rsatilishini nazarda tutgan24. Bu ma’no maydoni bir jumla tarkibida, bir xatboshi (abzas) yoki she’rdagi bir band (strofa) orasida yoki umuman, butun matnning ichida bo‘lishi mumkin. Matn maydonining buzilishi matnning badiiy butunligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va badiiy obraz orqali ifoda etilayotgan muallif fikrini noto‘g‘ri tushu-nishga olib keladi25. Bu go‘yoki mumtoz adabiyotdagi «ihom» san’a-tini eslatadi, muallif so‘zning yoki jumlaning matndagi zohiriy ma’nosini emas, aksariyat holda botiniy ma’nosini nazarda tutadi. Bu holat har qanday matnda, xususan, she’riy nutq asosiga qurilgan asarlarda va tasavvufiy talqindagi ramz va ishoralarga boy matnlarda uchraydi.
Intertekstuallik (fransuzcha: intertextuality; so‘zma-so‘z ma’no-si: matnlarorasi) – badiiy matnning ichki aloqadorligi bo‘lib, u tashqi hayot voqealariga emas, balki matnning o‘ziga va boshqa matn-larga munosabatidir. Intertekstuallik hodisasi strukturalizm (R.Bart)26 va uning asosidagi poststrukturalizm istilohi sifati-da maydonga chiqqan. Yu.Kristevaning yozishicha, har qanday matn ko‘chirmalar (keng ma’nodagi) mozaikasini eslatadi va qandaydir boshqa bir matnning transformatsiyasi kabi xotirada saqlanadi. Shuning uchun (M.Baxtindagi – H.B.) intersub’ektivlik o‘rniga intertekstuallik tushunchasini kiritish lozim. Chunki “adabiy so‘z” – matn maydonlarining tutashuv joyi, turli xil yozuvlar dialogidir”27.
So‘nggi ikki asar bo‘sag‘asida eng ko‘p munozaralar ob’ektiga aylangan hodisa intertekstuallikni «anonim formulalarda umumiy maydonda» uchraydigan matn tarkibida kelgan avvalgi asarlarning ma’lum qismi (a’zosi), ular “qo‘shtirnoqsiz kelti-rilgan, ongsiz yoki avtomatik tarzda ishlatilgan matn» a’zolari-dir, kabi tushuntirish kengaygan.28 Intertekstuallikning bunday ma’no jihatdan kengayishini asoslagan J.Kuddon “u matnlar orasidagi (adaptatsiya, tarjima, taqlid, allyuziya, plagiat, parodiya) turli xil ko‘plab aloqalar” deb tushuntiradi va strukturalizm bo‘yicha, matn – bu tizim, bunda til reallikka emas, balki o‘sha matn ichiga va uning obrazlariga munosabatdir” degan fikrni yoqlaydi29.
Ko‘rinadiki, zamonaviy filologik tadqiqotlarda u xoh sof lingvistik yo‘nalishda bo‘lsin yoki lingvopoetik hamda sistem-struktur mohiyat kasb etsin yohud antropotsentik mazmunda talqin etilsin; adabiyotshunoslikda esa matnga munosabatda formal- struktural, “yangi tanqid” va narratologik yo‘nalishlarda munosabatda bo‘linganida tizimli tahlil yuzaga chiqadi va o‘z imkoniyatlarining kengligini namoyish etadi.


1 Boltaboev H. Adabiyot ensiklopediyasi. 1-jild. T.: MUMTOZ SOʻZ, 2015. B. 190.

2 Benvenist E. Obщaya lingvistika. M., 1974. S.58.

3 Maslova V.A. Lingvokulturologiya. M.: Academia, 2001. C.5; Xomutova T.N. Nauchnыe para-digmы v lingvistike / Vestnik Chelyabinskogo gosuniversiteta, 2009. №35 (173). Filologiya, Iskusstvovedenie. Vыp.37. S.144.

4 Mahmudov N. Til tilsimi tadqiqi. T.: MUMTOZ SOʻZ, 2017. B.51.

5 Bu haqda qarang: Boltaboev H. Badiiy matnga asoslangan konsepsiyalarning adabiyot nazariyasidagi o‘rni / Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligining yangilanish tamoyillari / Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. T., 2016. B. 177-183.

6 Vvedenie v literaturovedenie. Xrestomatiya.

7 Baxtin M.M. K metodologii gumanitarnыx nauk / Baxtin M.M. Estetika slovesnogo tvorchestva. M., 1986. S. 388.

8 Xalizev V.E. Teoriya literaturы. Izd. 4. M.: Vыsshaya shkola, 2005. S.254.

9 Bolshoy ensiklopedichesky slovar: Yazыkoznanie / Pod red. V.N.Yarsevoy. M.: BRE (Bolshaya Rossiyskaya ensiklopediya), 1998. S. 507.

10 Valérie Susana et Corroyer Grégory. Philosophie du langage de la communication. Ed.: Université Paris, 2001 pour la Revue Formules.

11 Shulardan kelib chiqib, badiiy matnning xususiyatlari va uni o‘rganuvchi fanning vazifalari belgilanadi: Bu haqda qarang. Boltaboev H. Adabiyot ensiklopediyasi. T.: MUMTOZ SOʻZ, 2015. B. 192-194.

12 Qarang: Dolinin K.A. Interpretatsiya teksta (Fransuzkiy yazыk). M., 1983.

13 Borev Yu. Slovar terminov tekstologii i geneticheskoy kritiki. M., 2011. S.140.

14 Lotman Yu.M. Analiz poeticheskogo teksta. L., 1970. S.24-25.

15 Brokgauz F.A., Yefron I.A. Ensiklopedicheskiy slovar / Sovremennaya versiya. M.: EKSMO, 2007. S.705.

16 Stebleva I.V. Poetika drevnetyurkskoy literaturы i yee transformatsiya v ranneklassicheskiy preriod. M.: Nauka, 1976. S.6.

17 Xalizev V.E. Teoriya literaturы. S.261-272.

18 Baxtin M.M. Problema teksta v lingvistike, filologii i drugix gumanitarnыx naukax / Estetika slovesnogo tvorchestva. M.: Iskusstvo, 1986. S. 292.

19 Eyxenbaum B.M. O literature: Rabotы raznыx let. M., 1987. S.419.

20 Baxtin M.M. Problema teksta v lingvistike, filologii i drugix gumanitarnыx naukax / Estetika slovesnogo tvorchestva. M.: Iskusstvo, 1986. S. 297 (Maqolaning o‘zbekcha tarjimasi uchun qarang: M.Baxtin. Tilshunoslik, filologiya va boshqa gumanitar fanlarda matn muammosi. H.Boltaboev tarj. // Filologiya masalalari. 2016. 4-son.

21 Borev Yu.B. Ensiklopedicheskiy slovar estetiki i teorii literaturы. M., 2008. Elektronnaya versiya. P-42.

22 Vinogradov V.V. Poetika i yee otnoshenie k lingvistike i teorii literaturы / Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. M., 1963. S.164-200.

23 Guddon J.A. A Dictionary of Literary Terms. N.-Y., 1972.

24 Benac H.V. Nouveau Vocabulaire de la Dissertation et des Etudes Litteraires. Paris, 1982.

25 Literaturnыy ensiklopedicheskiy slovar / Pod red. V.M.Kojevnikova i P.A.Nikolaeva. M.: SE, 1987. S.165.

26 Bart R. Izbrannыe rabotы. Semiotika.Poetika. M., 1989. S. 428.

27 Kristeva Yu. Baxtin, slovo, dialog, roman (1967) // Fransuzkaya semiotika. Ot strukturalizma k poststrukturalizmu. M., 2000. S. 429.

28 Sovremennoe zarubejnoe literaturovedenie: Ensiklopedicheskiy spravochnik. M., 1979. S. 281.

29 Guddon J.A. A Dictionary of Literary Terms. N.-Y., 1972.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling