G’arbiy qozog’iston iqtisodiy rayoni


Download 24.55 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi24.55 Kb.
#1724491
Bog'liq
G’ARBIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI


G’ARBIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI
Reja:



  1. G`arbiy Qozog`istonning geografik o`rni, chegaralari, maydoni.

  2. Tabiiy sharoiti va resurslari.

  3. Sanoati.

  4. Qishloq xo`jaligi.

  5. Shaharlari.

G’arbiy Qozog’iston. Aktuba, Atirau, Mangistov va G’arbiy Qozog’iston viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydono 729 ming km kv.Aholisi 2124 ming kishi.


G;arbiy Qozog’iston Respublika xalq xo’jaligida neft, gaz, xrom va nikel rudalarini qazib olish rivojlantirganligi bilan ajralib turadi.Bundan tashqari rayonda neft va gazni qayta ishlash, neft sanoati uchun kerakli asbob-uskunalar ishlab chiqarish,mineral o’g’itlar va agrosanoat majmuasi ham rivojlanganligi bilan ham ajralib turadi.
Geografik o’rni,tabiiy sharoiti va resurslari.Maydoninig kattaligi jihatidan G’arbiy Qozog’iston Respublikada birinchi o’rinni egalaydi.U Respublikaning G’arbiy Rossiya bilan chegaradosh qismida joylashgan.Iqlimi quruq va keskin kontinental.Rayonning asosiy qismi cho’l va chala cho’llardan iborat.
G’arbiy Qozog’iston iqtisodiy geografik o’rnining xususiyati shundan iborat.Bu yerda Emba va Mang’istov neft zahiralariga boy konlar joylashgan.Kampirsoy massivi Aqtuba nohiyasidagi xrom va nikel rudalariga boy hisoblanadi.Bunday foydali qazilmalarning joylanishi iqtisodiy rayon ixtisosolashuvini belgilaydi.Iqtisodiy rayon xo’jaligida og’ir sanoat yetakchi o’rinni egallaydi.Iqtisodiy rayon rivojlanishida uning Rossiya Federatsuyasi Ural, Volgabo’yi iqtisopdiy rayonlarga yaqinligi ham katta rol o’ynaydi.Iqtisodiy rayon janubda qadimdan neft sanoati yaxshi rivojlangan.Kavkazorti rayoni bilan ham kunlidir. Ushbu iqtisodiy rayonlar bilan G’arbiy Qozog’istonni temir yo’l va suv yo’llari bialn bog’langan.
G’arbiy Qozog’iston 50% dan ortiq tirli xildagi rudali va rudali bo’lmagan qazilma bo’yliklarining mingdan ortiq konlari topilgan.Shularning ichida asosiylari neft vagaz konlarini tahshkil qiladi.Ushbu konlar asosiy Kasbiybo’yi tekisligida va Mang’istov orolida joylashgan.Iqtisodiy rayondagi Mug’ojir tog’lari xrom.nikel,temir,marganes,fosforitlarga boy. Umumiy sirt esa gips,ohaktosh va yonuvchi slanesga boy.
Iqtisodiy rayonda atmosfera yog’inlari kam tushadi va Aqtuba G’arbiy Qozog’istonda yog’inlar miqdori 300 mln,janubda 200mlnni tashkil qiladi.Yog’ingarchilikning kamligi dehqonchilikda sun’iy sug’orihsh asosida amalga oshirishni taqozo qiladi.Iqtisodiy rayonning eng chekka shimoliy qismida qora va kashtan tuproqlar tarqalgan,janubiy qismida esa to’q tusli kashtan va bo’z tuproqlar tarqalgan.
G’arbiy Qozog’istonda daryolar kam.Mangistov yarim oroli,Ustyurt platosida katta va kichik bo’rsiq qumlarida umuman daryolar yo’q.Shu sababli iqtisodiy rayonda suv ta’minoti muhim ahamiyatga ega.Shu sababli Emba neft havzasini suv bilan ta’minlash maqsadida Ural daryosidan 600km uzunlikdagi suv quvurlar tortilgan.Mangistov yarim orolida suvni chuchuklashtirib beradigan AES qurilgan.Bundan tashqari iqtisodiy rayon suv ta’minotini yaxshiklash uchun yer osti suvidan foydalaniladi.
Keyingi yillarda G’arbiy Qozog’iston sanoatining jadal sur’atlarda rivojlanishi va dehqonchilikni uncha yaxshi rivojlanmaganligi tufayli aholi salmog’ida shahar aholisining salmog’i kattadir.Iqtisodiy rayonda respublika umumiy aholisining 12,5% i joylashgan.Aholining o’rtacha zichligi 1kv kmga 2,7 kishini tashkil qiladi va u respublika aholisining o’rtacha zichligidn ancha past.Aholi Shimoliy Qozog’istonning dasht zonasi va Ural vodiysida ancha zich.Iqtisodiy rayoning janubiy qismi ya’ni Aktuba va Atirau viloyatlarida aholi siyrak.Mang’istov yarim orolida keyingi 3-4 yillikda neft va gaz konlarining ishga tushirilishi bilan aholi soni ancha ortdi.Ustyurt platosida hozirgi vaqtda aholi ancha siyrak.G’arbiy Qozog’istonda shahar aholisi 50%ni tashkil qiladi.Atirau va Mang’istov viloyatlarida shahar aholisining salmog’i katta.Revolyutsiyadan keyingi yillarda Ural, Atirau,Aktuba shaharlarining aholisi ancha ko’paygan.Aholi tarkibida 50% aholi qozoqlardan tashkil topgan.Qozoqlar ayniqsa iqtisodiy rayoninig janubiy qismida keng tarqalgan.Iqtisodiy rayonning shimolida qozoqlar birgalikda ruslar,tatar,Ural daryosining quyi qismida koreyslar yashaydi.
Revolyutsiyadan keyingi G’arbiy Qozog’iston xo’jaligida eng asosiy masala umumtabiiy zahiralarining ishga solishdan iborat edi.Shu munosabat bilan iqtisodiy rayonda transport tarmoqlari ya’ni quvur transporti o/tkazildi.Avtomobil yo’llari qurib ishga tushirildi.Ular iqtisodiy rayonini Ural bilan bog’laydi.Atiraudan Astraxanga qadar va Mang’istov yarim oroliga temir yo’llar o’tkazildi.Iqtisodiy rayonda tog’-kon sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi.
Hozirgi kunda iqtisodiy rayon xo’haligida neft-gaz kimyosi va baliqni qayta ishlab chiqarish majmualari xususiy o’rinni egallaydi:Tog’-kimyo va elektro-metallurgiya ishlab chiqarish majmualari uncha kuchli rivojlanmagan,agrosanoat majmuasi yanada sust rivojlangan.
G’arbiy Qozog’istonda neft va gaz,kimyo majmuasi neftva neft bilan chiquvchi gazni Emba daryosi havzasida va Mang’istov yarim orolida qazib olish,Atirauda polietilen ishlab chiqarish yangi Uzen va Tengizda
Gazni qayta ishlash tarmoqlari tashkil topgan.Neft,gaz,kimyo mahsulotlari asosida Oqtov shahrida plastmassa zavodi ishlab turibdi.
Atirau va Aktubinsk shaharlarida neftni qazib olish uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlamoqda.G'arbiy Qozog'istondagi barcha baliqni qayta ishlash majmuasi Ural daryosining quyilish qismi va Kaspiy dengizining shimoliy qismida mujassamlashgan.Bu yerda asosan losossimon baliqlar(osorta) ovlanadi.Baliqni qayta ishlash sanoatida eng kattasi Atirau baliq kombinati bo'lib,u baliqchi shahrida joylashgan.
G'arbiy Qozog'istonda to'rtta sanoat tuguni tarkib topgan.
Bular Atirau-Emba,Mangistau,Aktubinsk va Uralsk.Atirau-Emba sanoat tugunining bu neft va baliq sanoati hamda ushbu tarmoqlarga xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmoqlaridan iborat.
Uralskiy sanoat tuguni asosan qishloq xo'jaligini qayta ishlash asosiy sanoat korxonalari Uralsk shahrida joylashgan.Bu yerda kayingi yillarda Qorachig'anoq rayonida gaz qazib olish amalga oshirildi.Iqtisodiy rayon agrosanoat majmuasida chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi.Chunki iqtisodiy rayonning 92% maydoni yaylovlardan iborat.Eng yaxshi yozgi yaylovlar iqtisodiy rayon shimolida joylahsgan.Qishgi yil davomida foydalanish mumkin bo'lgan yaylovlar iqtisodiy rayonning janubiy qismida joylahsgan.
G'arbiy Qozog'iston chorvachilgida yetakchi tarmoq qo'ychilikdan iborat.Qo'ychilik asosan dag'al junli va go'sht jun yo'nalishidagi tarmoqlardan iborat.Iqtisodiy rayon shimolida go'sht-sut xarakteridagiqoramolchilik rivojlanganIqtisodiy rayonning barcha qismida tuyachilik bilan yilqichilik rivojlangan.
G'arbiy Qozog'istonda qirqdan ortiq shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlar mavjud.Bu yerdagi shaharlarning asosiy qismi foydali qazilmalarning asosiyAtirau va Mavg'istov viloyatlaridagi neftni qazib olish asosida tarkib topgan.Iqtisodiy rayondagi 4 viloyat markazidan 3 tasi daryo yoqasida tarkib topgan bo'lsa,bittasi Kaspiy sohilida tarkib topgan. Iqtisodiy rayondagi eng katta shaharlardan biri Aktubinsk(253 ming aholi yashaydi)shahridir.U Aktuba viloyatining markazi bo'lib,Ili daryosi yoqasida tarkib topgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida shaharda po'lat qotishmalari eritadigan zavod qurib ishga tushirildi.G'arbdan ko'chirib keltirish asosida rentgen asboblari ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.Urushdan keyingi yillarda neft qazib olish uchun kerakli asbob-uskunalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Atirau(40 ming aholi yashaydi)-Qozog'istondagi qadimgi shaharlardan biri.U 1615 yilda tarkib topgan.revolyutsiyadan keyin shaharga temir yo'l o'tkazildi.Hozirgi kunda shahar Emba havzasidan neftni qazib olish markazlaridan biriga aylandi.Shahar Respublikadagi dastlabki neftni qayta ishlash zavodi qurib ishga tushirildi.Bundan tashqari shaharda neft sanoatiuchun kerakli asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan,baliq konservalari tayyorlaydigan kombinat,kemani ta'minlaydigan zavod,go'sht va non kombinatlari ishlab turibdi.Atirau bu Kasbiy dengizidagi port shahri hisoblanadi.
Uralsk 200 ming aholi yashaydi.G'arbiy Qozog'iston viloyatining markazi .Ural daryosining o'ng sohilida joylashgan.Uralsk respublidagi qadimgi shaharlardan biri bo'lib, 1613-1622 yillarda tarkib topgan.1775 yilda Pugachyov qo'zg'oloni bostirilgandan keyin Ekaterinbura Iining farmoyishi asosida shahar Uralsk deb atala boshladi.undan oldin shaharni Yaik shaharchasi deb atalgan.
Oqtov (159 ming aholi yashaydi) Mang'istau viloyati markazi.Mang'istau yarim orolida tarkib topgan.Shahardan uncha uzoq bo'lmaganjoyda gaz asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi, AES(suvni chuhcuklashtirib beradigan moslama bilan birgalikda)tish pastasi ishlab chiqaradigan korxonalar qurilgan.1992 yildan boshlab bu yerdan neftni qayta ishlash zavodi qurildi.


A D A B I Y O T L A R R O` Y X A T I



  1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.

  2. I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.

  3. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.

  4. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.

  5. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.

  6. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma’ruzalar matni). Samarqand – 2001.

  7. G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003.

  8. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000.

  9. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999.

  10. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003.

  11. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998.

  12. I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.

  13. Kalonov B.H. O`RTA OSIYO IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI» FANIDAN MA’RUZALAR MATN

  14. www. Ziyonet.uz

  15. www.NUR.uz

Download 24.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling