G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari
ТАВСИЯЛАР ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
Download 75.49 Kb.
|
доривор
ТАВСИЯЛАР
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ KIRISH. Mavzuning dolzarbligi . Biror xududning flora tarkibini o’rganish undan kelajakda insonlar ehtiyoji uchun asqotadigan xom ashyolar zahiralarini yaratish imkoniyatlarini beradi. Olimlarning guvohlik berishicha odamlar jamoa bo’lib yashay boshlashi bilan, tabiiy holda o’suvchi o’simliklardan foydalanib kelganlar. Oziq-ovqat va dori-darmon ko’p bo’ladigan joylarga kishilar makon qurishgan, bu joylarni, bu o’simliklarni boshqa guruhlarda, hayvonlarda muhofaza qilganlar. Ma’lumki, hozirda keng foydalanlaniladigan 300 dan ortiq madaniy o’simliklarimizning yovvoyi ajdodlari tabiatda ma’lum muqdorda uchraydi. Akademik I.V. Vavilov ko’plab madaniy o’simliklarni kelib chiqish markazlarini o’rganishga bel bog’lagan. U tomonidan avval 9 ta keyinchalik 12 ta genetik markazlar aniqlandi. Bu biologiya, genetika, selektsiya sohalarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O’rta Osiyo mintaqasi ham ko’plab foydali o’simliklarining makoni, vatani hisoblanadi. O’rta Osiyoning buyuk mutafakkir olimlari Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar o’zlari yashagan vaqtlardagi kasalliklarini davolash maqsadida o’zlari yashab turgan joydan va chet mamlakatlarda keltirilgan o’simlik turlaridan dori vositalar tayyorlagan. Ularning tuzilishi, o’sish muhiti, joylari, qachon qaysi vegetatsiya boshida yig’ish kerakligi, qanday usullar bilan quritish lozimligi hamda qachon, qaysi kasaliklarda foydalanish mumkinligi aniq yoritib berilgan. Bu ikki allomaning “Saydana” va “Tib qonunlari” asarlari juda ko’p jihatlardan bir-biriga to’g’ri keladi va bir-birini to’ldiradi. Zarafshon daryosi havzasi yuksak o’simliklar florasi va o’simliklar qoplamini o’rgangan Akademik Q.Z. Zokirov [15.16.] bu joydan 2588 tur yuksak o’simlik turlarini o’sishini ta’kidlab o’tdi. Bu turlar orasida xalq xo’jaligining turli jabhalarida foydalanilgan: dorivor, oziq-ovqat, em-xashak, efir-moyli, kouchuk beruvchi, moy beruvchi, soponinli va boshqa xususiyatli turlari ko’pchilikni tashkil etadi. Respublikamiz olimlari tomonidan bu xududda uchraydi ko’plab har tomonlama foydali o’simlik turlari yaxshi o’rganilgan va bu vazifa hozirda ham susaygan emas. Zarafshon tog’larining g’arbiy qismining oxirlarida Zirabulon-Ziyovvuddin tog’lari bilan tugaydi. Bu tog’liklar o’zining iqlim sharoiti, geografiyasi, geologik xususiyatlari hamda flora-o’simlik qoplami bilan havzaning bashqa tog’liklaridan anchagina farq qiladi. Bu tog’liklarning florasidagi foydali o’simliklar botanik olimlar tomonidan anchagina kam bor ma’lumotlarga ham ko’p vaqt bo’lgan. Bundan tashqari bu hudud florasi va uning foydali o’simliklari keyingi yillardagi ahvoli, ekologiyasi, ulardan foydalanish masalalari haqida deyorli ma’lumotlar mavjud emas. Shularni hisobga olgan holda mavzu o’z vaqtida tanlangan va dolzarb xisoblanadi. Download 75.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling