G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Download 75.49 Kb.
bet3/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
доривор

Ishning maqsadi:
G’arbiy zarafshon tog’lari hisoblangan Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larining foydali o’simliklari, ularning kimyoviy tarkibi, biologik xususiyatlari va tarqalishini ekspeditsiyalar uyushtirish orqali o’rganish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun biz quyidagi vazifalarni bajardik.


Ishning vazifalari:
-Tadqiqot ishlari davomida Ziyovuddin-Zirabuloq tog’lariga maqsadli ekspeditsiyalar uyushtirish.
- Ekspeditsiyalar davomida turli foydali o’simlik turlaridan gerbariy materiali to’plash, hamda fotosuratga olish.
- Gerbariylardan dorivor, em-xashak, oziq-ovqat, vitaminli, ziravor, soponli, zaharli, oshlovchi, efir moyli va boshqa xususiyatli o’simliklarni ajratish.
- Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larini foydali o’simliklari xozirgi xolatini o’rganish va ularni muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.

Ishning ilmiy yangiligi:
Ziyovuddin-Zirabuloq tog’lari florasida foydali o’simliklarning sistemaga solish, ularning foydalanish sohalari bo’yicha tartiblashtirish ham bu o’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga birinchi marta kompleks yondashilmoqda.


Ishning ilmiy ahamiyati:
Magistrlik dissertatsiyasida keltirilgan Ziyovuddin-Zirabuloq tog’laridagi foydali o’simliklar florasi haqida ma’lumotlar Zarafshon tog’lari florasini qayta tuzishda va uni boyitishda manba bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari foydali o’simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar to’plangan bo’lib, undan bu o’simliklar to’g’risida batafsil ma’lumot olish imkonyatini beradi.


Ishning amaliy ahamiyati:
Magistrlik dissertatsiyasidagi ma’lumotlar, savollar va fotosuratlardan maxalliy aholi, tabiiylik bilan shug’ullanuvchi shaxslar va dorivor, efir moyli, soponinli o’simliklari xom-ashyolarini yig’ish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun foydali manba bo’lish mumkin.
Bulardan tashqari foydali o’simliklar, ulardan foydalanish yo’llari, ularning tarqalishi kabi ma’lumotlardan biologiya yo’nalish talabalari uchun maxalliy o’simliklar va o’simlik geografiyasi o’quv predmetlarida ham keng foydalanish mumkin.



  1. Download 75.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling