G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Download 75.49 Kb.
bet20/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
доривор

Qo’g’a (Tupha latifolia I.) to’zgoqdoshlar oilasiga mansub, bo’yi 180 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t. Qo’g’aning ildizpoyasi kraxmalga juda boy bo’lib, undan un sifatida foydalanish mumkin. Turli ta­omlar tayyorlashda ishlatsa ham bo’ladi. Qo’g’aning to’pgullari bilan har xil yara (ayniqsa yiringli yara)larni davolash mumkin. O’simlikning ildizpoyasida 7% kletchatka, 54% krax­mal, 11,5% qand, ko’p miqdorda mineral tuzlar bor. Bargida 210 mg% va yosh poyasida 100 mg% S vitamin bo’ladi.

Aznur piyoz ( A. stipitatum Vved .) Anzur piyozi fitonsidlik xususiyatiga ega; uning piyozidan tayyorlangan salat va konservalar ishtahani ochadi, oshqozonning ovqat hazm qilish qobiliyatini yaxshilaydi."Tabiiy holda usuvchi anzur qiyozlariean hozirgi vaqtda Samarkand, Shahrisabz hamda Leninobod konserva zavodlari konservalar tayyorlanmoqda. Ammo iste’mol qilganda ularni yyldan-yilga ko’pay-tirish sharti bilan foydalanish zarur. Anzur piyozining tarkibida turli xil kimyoviy moddalar, ayniqsa,!efir moyi, glyukozid, protein, kraxmal, qand moddalari hamda vitamin A, B2 va 43 mg% S vitamin bor. Bu o’simlikning foydali xususiyatlarini hamda axrli talabini nazarda tutib, uni urug’idan yoki yon piyozchalaridan tog’ oldidagi bo’sh yerlarda ko’paytirish maqsadga muvofiqdir.

Kovar (Sapparis spinosa L) kovardoshlar oilasiga mansub, yotib o’suvchi, bo’yi 2,5 ga yetadigan, poyasi dumaloq, chiziqli, tuksiz yoki siyrak oq tukchalar bilan qoplangan ko’p yillik o’simlikdir. Urug’idan yoq olish mumkin. Mahalliy aholi kovar mevasi bilan turli kasalliklarni, jumladan, milk va tish og’riqlarini davolaydilar. Kovar mevasi glyukozid, rutin, 12% qand moddasi, pek­tin kislota achchiq modda, mineral tuzlar hamda ko’p miqdorda, ya’ni 56,6 mg% S vitamin, R provitamin, danagida esa 36% yog’ bo’ladi. Ildizida kapparidin alkaloidi bor.

Ismaloq (Spinacia turkestanica Iljin) sho’radoshlar oilasidan bo’lgan juda qimmatbaho vitaminli bir yillik o’simlikdir. Ismaloq sabzavot o’simliklar gruppasiga kirib, juda ham vitaminlarga hamda mineral tuzlarga boydir. Mahalliy aholi ismaloqning barg va barra novdalaridan turli xil lazzatli taomlar (somsa, chuchvara, buchak ko’kat shurva) tayyorlab iste’mol qiladilar. Undan konservalar tayyorlashda ham foydalansa bo’ladi. Bu o’simlik ko’proq iste’mol qilinsa, organizmdagi ortiqcha suvlarni tezroq chiqarib yuboradi. Uning barglari hamda barra novdalarining 100 da 75—80 mg S, 2—2,5 mg B, 4—6 mg Ye, 3—5 mg Q 1,5 mg D, A va V, vitaminlari, 2—9 mg karotin moddasi, mineral tuzlardan: 50—60 mg kalsiy, 680—750 mg kaliy, 51 mg fosfor, 28—30 mg temir moddasi hamda yashil bo’yoq moddalari bo’ladi.


Download 75.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling