G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari
Qushqo’nmas (Carthamnus turkestanicus M. Pop.)
Download 75.49 Kb.
|
доривор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shuvoq (Artemisia L.)
Qushqo’nmas (Carthamnus turkestanicus M. Pop.) qoqio’tdoshlar oylasidan, bo'yi 20— 70 sm ga yetadigan bir yillik o’simlik (43- rasm). Poyasi tik o’sadi. Barglari oq tukli, uchi tikanli. Qushqo’nmas iyun-iyul oylarida gullaydi, urug’i iyul-avgust oylarida pishadi. Uni ko’kligida mollar kam yeydi. Kuzda va qishda tikanlari yumshagach yoki boshqa o’simliklar bilan birga qushib maydalansa, xush ko’rib yeydi,
Shuvoq (Artemisia L.) cho’l, adir va tog’ mintaqalarida o’sadi. Shuvoq mollar, ayniqsa, qorakul qo’ylari kech kuz va qishda xush ko’rib yeydi. Tanasida yoqimsizroq hidli efir moyi bo’lganligi sababli, uni mollar bahor va yoz davomida uncha yemaydi. O’zbekistonning barcha joyida shuvoqni qishki hashak sifatida yig’ishtirib, har bir otarda yetarli miqdorda tayyorlab olinadi. Cho’l va adir mintaqasida o’sadigan shuvoq, ayniqsa kuz va qish faslida qorakul qo’ylari yaylovlarda yeydigan eng yaxshi oziq hisoblanadi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuvoq tarkibida oqsil va boshqa moddalar nixoyatda ko’p ekanligini ko’rsatdi. Masalan, O. I. Morozovning ta’kidlashicha, o’sish davrida shuvoqning ko’k poyasida 16,85% protein, 15,95% oq-sil, 4,94% yog, 39,06% azotsiz ekstraktiv moddalar va 12,68% kul bo’ladi. Shuvoq yaylovlarda va undan tayyorlangan hashak bilan boqilgan qorakul qo’ylaridan yuqori sifatli qorako’l terisi olish mumkin. Geolog M. Zokirov shuvoqning 1 t ko’lida 125 g gacha oltin, 0,03% mis borligini aniqlagan. Ayniqsa may oyida shuvoqning barg va tanasida oltin ko’p bo’lib, bu davrda 1 t shuvoq kulida 80—85 g oltin borligi aniqlangan; oktyabr oyining o’rtalariga kelib esa uning miqdori kamayib, atigi 4—8 g ni tashkil etadi. Xalq orasida «shuvoq— oltinga guvoh» degan maqolning asosli ekanligini bu narsa to’liq isbotlaydi. Ko’p hollarda ana shunday qimmatli oziqni ketmon bilan ayovsizlarcha chopib o’tin sifatida ishlatilishini Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining yaylovlarida ko’plab uchratish mumkin. Gap shundaki, ketmon bilan chopilgan shuvoq qayta ko’karmaydi. Shu sababli yaylovlardagi katta-katta maydonlarda shuvoq butunlay yuqolib bormoqda. Cho’l yaqin bo’lgan ba’zi qishloq va ovullarning 8—10 km li yon atrofida bir tup ham shuvoq qolmagan. Bunday o’simliklardan sifatli yem-xashak tayyorlash va shuvoqlarni qayta ko’karib chiqishini ta’minlash maqsadida maxsus hashak o’radigan mashinalardan keng foydalanish zarur. Download 75.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling