Garmonoidlar haqida tushuncha


Download 290.4 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi290.4 Kb.
#1263096
Bog'liq
Prostaglandinlar





Reja:

1. Garmonoidlar haqida tushuncha.


2. Prostaglandinlar haqida tushuncha va ularning biologik ahamiyati.
3. Garmonlar haqida tushuncha va ularning biologik ahamiyati.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Garmonoidlar haqida tushuncha.
Gormonoidlar paragormonlar, kimyoviy tuzilishida heterojen, metabolizmga va organizmdagi ko'plab fiziologik jarayonlarga ta'sir qiluvchi biologik faol moddalar. Ular, qoida tariqasida, gormonlar kabi endokrin bezlarda emas, balki boshqa to'qimalar va organlarda hosil bo'ladi. Garmonoidlarning biologik taʼsiri qisqa muddatli boʻladi, chunki ular toʻqima oqsillari bilan parchalanadi yoki bogʻlanadi.
Garmonoidlarga atsetilxolin, baʼzi prekursorlar va adrenalin transformatsiyasi mahsulotlari, toʻqima gormonlari yoki gistogormonlar (Gastrin, Geparin, Sekretin va boshqalar) Gistamin, Serotonin va baʼzilari kiradi. Bu gormonoidlarga kiruvchi atsetilxolin bilan tanishamiz
Atsetilxolin (Acetylcholinum) — СH3CO2CH2CH2N(СH3)3. Yuksak fiziologik taʼsirga ega biologik amin, xolinning atsetat efiri, rangsiz organik modda, mediatorlardan biri. Nervda va neyromuskullar sinapsida hosil boʻladi. Kimyoviy toza Atsetilxolin asosan tuz holida uchraydi. Havoda turishi bilan namlanib suyuqlanadi. Suv, spirt va xloroformda yaxshi eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarning toʻqimalarida boʻladi. Nerv sistemasi faoliyatida katta oʻrin tutadi. Atsetilxolinning biologik funksiyasi nerv uchlaridan impulsni muskullarga va sinapelarda qoʻzgʻalishni oʻtkazish bilan bogʻliq. U doimo nerv uchlarida sintezlanib, impuls oʻtkazilgach atsetil xolinesteraza fermenti taʼsirida parchalanadi. Atsetilxolin xolinergik neyrotransmitter sifatida taʼsir koʻrsatadi, muskullar qisqarishini qoʻzgʻatadi. Hayvonlar organizmiga
Atsetilxolin kiritilsa, yurak urishi susayadi, qon bosimi pasayadi, meʼda va ichak faoliyati tezlashadi. Atsetilxolin baʼzi tomir kasalliklarida, miya tomirlari spazmi, oyoq-qoʻl tomirlari emboliyasi, shuningdek paroksizmal taxikardiyada qoʻllaniladi.
Gormonoidlar (gr. eidos turlari) aks holda, paragormonlar biologik faol moddalar bo'lib, ular gormonlar kabi organizmdagi ko'plab fiziologik jarayonlarga ta'sir qiladi, lekin ulardan farqli o'laroq, ichki sekretsiya bezlarida emas, balki boshqa organlar va to'qimalarda hosil bo'ladi; gormonoidlarga sekretin, gistamin kiradi.
2.Prostaglandinlar haqida tushuncha va ularning turlari. Prostaglandinlar –gormonsimon ta’sir etadigan C20 - poliеnli yog’ kislotalari hosilalari bo’lib, siklopеntеn halqasini saqlaydilar. Eritrositlardan tashqari hamma to’qima va hujayralarda hosil bo’ladi. 
Yashash muddati juda qisqa, ta’sir etayotgan to’qimani o’zida sintezlanadi – To’qima gormonlaridir. 
Tarkibiga qarab prostaglandinlar bir necha tipga bo’linadi; A,B,C,D,E,F,G,H.
Prostaglandinlarning har bir tipi bir nechta seriyaga bo’linadi (PGE1, PGE2, PGE3) – qo’shbog’lar soniga qarab. Bundan tashqari OH–gruppani va siklopentan halqasini orientatsiyasiga qarab α, β- idekslari kiritiladi
(PGE2α).Tabiiy prostoglandinlar α – konfiguratsiyaga ega.
Prostaglandinlarni sintezi uchun boshlang’ich modda bo’lib C 20:3 (gomo γ-linol ), C 20:4 - araxidon kislota, C 20:5 - ekozopentayen kislotasi ishlatiladi. Bu kislotalar ovqat bilan kiradigan linol kislotasidan hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan hamma prostoglandinlar bir necha soniyadan 20 daqiqagacha yashaydi. Undan keyin inaktivatsiyaga ucharab siydik bilan chiqib ketadilar.


3. Garmonlar. Gormonlar (qadimgi yunoncha:- hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi.Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy


Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun
Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi.Garmonlar oramizda turli xil vazifalarni bajaradi va taʼsir koʻrsatadi. Masalan
Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon bezda.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga
Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi
Boshqalari (qalqonsimon bez Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga
taʼsir koʻrsatadi.
Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi.
Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi,
Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi,
Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar) Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi

Xulosa:
Xulosamizni ham gormonlar bilan tugatamiz . Chunki garmonlar oramizda turli xil vazifalarni bajarad. Gamonlar turli xil tabiatdagi molekulalar bo'lib, ular sekretor yoki ichki sekretsiya bezlarida hosil bo'ladi. Asab tizimi bilan birgalikda ular biz kabi harakat qilish, his qilish va fikrlash uchun javobgardir.


Gormonlarning har xil turlari qon tomirlarida yoki ular aylanib yuradigan hujayralararo bo'shliqda ajralib chiqadi yoki ular harakat qilayotgan maqsad organlar yoki to'qimalarga etib borguncha ba'zi oqsillar bilan bog'lanadi. Gormonlar kimyoviy xabarchilar guruhiga kiradi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sobirova R.A Biokimyo.
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Prostaglandin.
3.https://www.ncbi.nlm.nih.gov/m/pubmed/458974
4.https://www.medicinenet.com/script/main/art.asp?articlekey=16461.
Download 290.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling