Gausning to’g’ri burchakli koordinatalari sistemasini tushuntiring?
Download 328.42 Kb.
|
Geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistematik xato
- Tasodifiy xato
Qo‘pol xato asosan o‘lchash yoki hisoblash vaqtida yanglishish, bu ishni bajarayotgan kishining parishonxotirligi, charchaganligi, xamda ishga beparvolik bilan qarashi natijasida kelib chiqadi. Bir ob’ekt o‘rniga boshqani o‘lchab qo‘yish, hisoblash vaqtida yanglishish qo‘pol xatoga misol bo‘la oladi. Qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda o‘lchash va hisoblash ishlari qayta bajariladi.
Sistematik xato biror ob’ektni bir necha marta o‘lchaganda doimo bir xil ishora bilan bir xil miqdorda takrorlanaveradigan xatodir. Sistematik xatoning kelib chiqishiga o‘lchash asbobining etarli darajada aniq va to‘g‘ri bo‘lmasligi, o‘lchayotgan kishini shaxsiy xususiyatlari, tashqi muhitning ta’siri va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xatoni kamaytirish uchun har gal o‘lchash asbobi sinchiklab tekshiriladi va ma’lum o‘lchash usuli qo‘llaniladi. Agar asbob hamisha bir xil xato ko‘rsatadigan bo‘lsa, o‘lchash hamda hisoblash paytida asbobning xatosini e’tiborga olish va olingan natijalarga tegishlicha tuzatish kiritish, shu yo‘l bilan o‘lchash xatolarini sistematik xatodan iloji boricha xoli qilish zarur. Tasodifiy xato o‘lchash natijalaridagi qo‘pol va sistematik xatolar yo‘qotilgandan so‘ng qoladigan xatodir. O‘lchash paytida tasodifiy xato ro‘y berishi muqarrar: o‘lchash paytida uni e’tiborga olib bo‘lmaydi. Biror ob’ektning haqiqiy qiymati ma’lum bo‘lsa, bu ob’ektni o‘lchash paytida ro‘y bergan tasodifiy xatoni bilish uchun ob’ekt bir necha marta o‘lchanib, olingan natijalarni, ob’ektning haqiqiy qiymatidan ayirish kerak, shunda xar bir o‘lchashdagi tasodifiy xato kelib chiqadi. Trigonometrik nivelirlashda nisbiy balandlikni hisoblash formulasini keltiring? Trigonometrik nivelirlashda nisbiy balandlik nuqtalar oraligidagi yo‘nalishning qiya burchagini oichash orqali aniqlanadi. Nisbiy balandlikni aniqlash uchun A nuqtaga teodolit B nuqtaga tik qilib vexa yoki reyka o'rnatiladi Teodolit ko‘rish trubasidan vexaning uchidagi M nuqtaga qarab qiyalik burchagi nyu o‘lchanadi. Joydagi A va B nuqtalar orasidagi masofaning gorizontal proektsiyasi AB' = d bolsa MJN uchburchakdan quyidagini yozish mumkin: MN=h' =d tg v ,shaklda h+l=i+ h' bu formuladan h'ning o`rniga uning qiymatini qo`ysak h+l=d*tg(nyu)+I bundan h=d*tg(nyu)+i-l vexaning uzunligi I ruletka yordamida o‘lchanadi. Agar asbob balandligiga teng bo‘lgan kesma B nuqtaga o‘rnatilgan vexada oldindan belgilab qo‘yilsa va teodolit (texeometr) bilan vertical burchak o‘lchashda uning vizir nuri shu belgiga yo‘naltirilsa, bunday paytda i = I bo‘lganligidan nivelirlash formulasi quyidagi ko‘rinishda bo`ladi: h=d*tg(nyu) Nivelir asbobining vazifasi nimadan iborat va u qanday qisimlardan tashkil topgan? Nivelirlar aniqligiga qarab, texnikaviy, aniq va juda aniq nivelirlarga bo‘linadi. Nivelirlar qarash trubasining kattalashtirib ko‘rsatish darajasi, ko‘rish maydoni, adilak bo‘limining qiymati va boshqa xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. 1 1.6-shakl. N3 nivelirining tashqi ko‘rinishi va ob’ektivining ko‘rinishi: 1. Okulyar;. 2. Qarash trubasi; 3. Nishon 4. Ob’ektiv; 5. fokuslaydigan vint; 6. Yunaltiruvchi vint; 7. Aylana adilak; 8. Aylana adilakni tug‘rilash vinti; 9. Elevatsion vinti. Download 328.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling