Gausning to’g’ri burchakli koordinatalari sistemasini tushuntiring?
Download 328.42 Kb.
|
Geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teodolit yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoq punktlariga bog’lash qanday amalga oshiriladi
Teodolit yo‘llari.
Teodolit yo‘li yopiq (yopiq ko‘pburchak shaklida poligon) yoki ochiq (ochiq kesik chiziq shaklida) bo‘lishi mumkin. Ochiq teodolit yo‘llining boshi va oxirgi nuqtasi koordinatasi ma’lum bo‘lgan punktga bog‘lanishi kerak. Teodolit yo‘lini o‘tkazishda bajariladigan ishlarining tartibi: 1 .Kartografik materiallalar – karta, plan, profil, tayanch nuqtalarining planli va balandlik kataloglari, plan olinadigan joyning geografik tavsifi va ishning xomaki loyihasi o‘rganilib chiqiladi. 2. Geodezik planli va balandlik punktlarning joyda saqlanganligi, teodolit yo‘li qayrilish burchagi o‘rnini belgilashlarni o‘z ichiga olgan rekognossirovka bajariladi. Rekognossirovka natijalari yirik masshtabli karta yoki sxemaga tushiriladi. Teodolit yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoq punktlariga bog’lash qanday amalga oshiriladi? Uning tartibi quyidagicha: Teodolit yo‘li qayrilish nuqtalarini qoziqlar bilan mahkamlash. O‘rnatilgan qoziqda nuqtaning nomeri, ish bajargan tashkilotning nomi va yili ko‘rsatiladi; Teodolit yordamida burchaklarni o‘lchash. Gorizontal burchak bitta to‘liq usulda o‘lchanadi. Teodolit punkt ustiga 5-10 mm aniqlikda markazlashtiriladi; Tomonlar uzunligi 20 metrli po‘lat lentada to‘g‘ri va teskari yunalishda o‘lchanib va ularning o‘rtachasi maxsus jurnalga yoziladi. 12. 4. Tafsilotni planga olish Tafsilotlarni planga olish teodolit yo‘li punktlardan bajariladi. U har bir tafsilot nuqtalari va konturlari joylashishini ma’lum masshtabda planga tasvirlashni o‘z ichiga oladi. Koordinatalar usuli. Tafsilotlarni planga olish teodolit yo‘li tomoniga nisbatan bajariladi. Tafsilot nuqtalarining joylashishi to‘g‘ri burchakli koordinatalar bilan aniqlaydi. Bunda absissa o‘qi qilib yo‘l tomonning yo‘nalishi, ordinata o‘qi qilib yo‘l tomoniga perpendikular yo‘nalishi olinadi. Tafsilotlarni teodolit bilan planga olish usullari 12.1-shaklda abssissa o‘qi qilib 2-3 va 3-4 tomon qabul qilingan. Nuqtalar ni joylashinini aniqlash uchun o‘sha nuqtalardan 2-3 tomonga perpendikulyar o‘tkaziladi. 2 nuqtani koordinata boshi deb qabul qilib, undan perpendikular asosiga bo‘lgan kesma-abssissa va perpendikulyarning o‘zi – ordinata o‘lchanadi. Xuddi shunday qilib g nuqtaning joyi ham 3-4 tomonga nisbatan aniqlanadi. Ordinata usulida olingan nuqtalar teodolit yo‘li tomonlari bo‘yicha. CHiziqli kesishtirishi usuli. Nuqtaning joyi tomonlari o‘lchangan uchburchakning uchini aniqlashdek bajariladi. 12.1. SHaklda V va S nuqtalar 3-V, 3-S, 4-V, 4-S masofani 3-4 tomonga nisbatan o‘lchash orqali aniqlangan. Planda V va S nuqtalarni tasvirlash uchun 3V4 va 3S4 uchburchaklar tomonlarini plan olish masshtabida sirkul bilan o‘lchab qo‘yiladi. Burchak kesishtirish usuli. Bu usul asosan borib bo‘lmaydigan joylarni planga olishda qo‘llaniladi. Daryoning narigi qirg‘og‘ida joylashgan I, II, III, nuqtalarning o‘rnini aniqlash uchun, 4 va 5 nuqtalardan teodolit yo‘li tomoni va 4-I, 4-II, 4-III, 5-I, 5-II, 5-III yo‘nalishlar orasidagi gorizontal burchaklar o‘lchanadi. I, II, III, nuqtalarni planda tasvirlash uchun 4-5 tomonlardan transportir bilan 4-1, 5-1 yo‘nalishlar keshishadigan nuqta o‘rni aniqlanadi. Qutb usuli. Bu usuldi planga olish ham bir uchi qutb deb qabul qilingan tomonga nisbatan bajariladi. Planga olinayotgan nuqtaning joyi 2 ta kordinata orqali aniqladi – tomondan aniqlanayotgan nuqta yo‘nalishi orasidagi gorizontal burchak va qutbdan shu nuqtaga bo‘lgan masofa. Burchak qutbda o‘rnatilgan teodolit bilan, masofa o‘lchash lentasi yoki dalnomer orqali o‘lchanadi. 12.1 SHaklda a, v, s, nuqtalarning o‘rni 6Aa, 6Av, 6As burchaklar va Aa, Av. As tomonlar orqali aniqlanadi. Planda bu nuqtalar transportir va ko‘ndalang masshtab yordamida tushiriladi. Davlat geodezik tayanch punktlari qanday yaratiladi? Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan va planli koordinatasi yoki absolyut balandligi aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkt deyiladi. Bunday nuqtalar yig‘indisi geodezik tayanch shaxobchalarni tashkil etadi. Planli koordinatasi ma’lum bo‘lgan tayanch punktga, planli tayanch punkt, absolyut balandligi ma’lum bo‘lgan tayanch punktga esa balandlik tayanch punkt deyiladi. SHunga yarasha geodezik tayanch shaxobchalari planli va balandlik tayanch shaxobchalarga bo‘lindi. Geodezik tayanch shaxobchalari, davlat geodezik tayanch shaxobchalari, mahalliy geodezik tayanch shaxobchalari va plan olish tayanch shaxobchalariga bo‘lindi. Davlat geodezik tayanch shaxobchalari maxsus programma asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi va mudofaasiga turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni echishda ham davlat geodezik tayanch shaxobchalariga asoslanadi. Download 328.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling