Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos»
“o‘rgatuvchi”, «didasko» – “o‘rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari
(ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, na-
tijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammola-
ri)ni o‘rganuvchi fan.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday na-
zariyaning asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etish-
ga qo‘yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayo-
nining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki hola-
tini belgilovchi qarashlari.
Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faol-
lik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |