Gaz alangasi bilan eritib qoplash texnologiyasi va jihozlari
Download 0.77 Mb.
|
GAZ ALANGASI BILAN ERITIB QOPLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI 2
GAZ ALANGASI BILAN ERITIB QOPLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI 2.10.1. Eritib qoplash m ateriallari Eritib qoplash uchun quyidagi materiallar ishlatiladi: donador va kukunsimon eritib qoplanadigan aralashmalar, simlar ko'rinishidagi qattiq quyma qotishmalar, kukun sim, flyuslar. E ritib qoplash uchun quyilgan chiviqlar. Eritib qoplashda yeyilishga chidamli qatlam hosil qilish uchun ГОСТ 21449-75 bo‘yicha quyilgan chiviqlar ishlatiladi. Ular kimyoviy tarkibiga nisbatan 5 ta rusumga bo‘linadi: Пр-С27, Пр-C l, Пр-С2, Пр-ВЗК va Пр-ВЗК-Р. Diametrlariga nisbatan 4 mm diametrli chiviqlar uzunligi 300 va 350 mm; 5 va 6 mm diametrli chiviqlar uzunligi 350 va 400 mm; 8 mm diametrli chiviqlar uzunligi 450 va 500 mm ishlab chiqariladi. Donador va quyma qattiq qotishm alar. Eritib qoplashda detallarda yeyilishga chidamli qatlamlar hosil qilish uchun C-2M, ФБХ6-2, БХ va КБХ ГОСТ 11546-75 bo‘yicha rusumli kukunlar mexanik aralashmalaridan foydalaniladi. Stalinit (C-2M) — sanoatda keng ishlatiladigan arzon qotishma bo‘lib, tuyilgan ferroxrom, ferromarganets, cho‘yan qirindi va neft koksi aralashmasidan iborat. Stalinitning kimyoviy tarkibi quyidagicha: xrom 24 - 26%, marganets 6 - 8,5%, uglerod 7 — 10%, kremniy 3% gacha, oltingugurt 0,5% gacha, fosfor 0,5% gacha, qolganlari temir. Stalinit bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 54 HRCni tashkil etadi. Borid aralashmada (БХ) 50% xrom boridlari va 50% temir kukuni bo‘ladi. Qoplangan mo‘rt qatlam hosil qiladi. Abraziv yeyilish sharoitlarida ishlaydigan detallami qoplashda qo‘llaniladi. Borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 63 HRCni tashkil etadi. Karbid-boridli aralashma (КБХ) 5% xrom karbidi, 5% xrom boridi, 30% temir kukuni, 60% ferroxromni tashkil etadi. Karbid-borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 60 HRCni tashkil etadi. 344 Qattiq quyma qotishmalarning erish harorati 1260-1300°C bo‘lib, xrom karbidlarining kobaltdagi (stellitlar) yoki nikel va temirdagi (sormaytlar) qattiq eritmasidan iborat. Temir asosdagi qotishmalar nikel va kobalt asosidagi qotishmalarga qaraganda ancha mo‘rt, lekin arzon bo‘ladi. Sormaytda 25 - 31% xrom, 3 — 5% nikel, 2 ,5 -3 % uglerod, 2,8 -3 ,5 % kremniy, 1,5% gacha marganets, qolgani temir. Stellitlar sormaytlarga nisbatan ancha qovushqoq, korroziyaga chidamli, erib qoplanish xossalari esa yaxshi bo‘ladi. Quyma qotishmalar metallni qirqishda ishlatiladigan asboblar va pichoqlami, shtamplami, domna pechlaridagi yuklash tuzilmalarining konuslarini va shu singari boshqa detallarni qoplashda ishlatiladi. ГОСТ 21448-75 bo‘yicha ПГ-С27, ПГ-C l, ПГ-УС25, ПГФБХ6-2, ПГ-АН1 temir asosida va ПГ-СР2, ПГ-СРЗ, ПГСР-4 nikel asosida yeyilishga chidamli kukunlar ishlab chiqariladi. 2.10.2. Eritib qoplash texnologiyasi Gaz-kislorod alangasi asosan quyma qattiq qotishmalar (stellitlar, sormaytlar) bilan eritib qoplash uchun qoMlaniladi. Odatda, stellitlar (xrom-kobaltli qotishmalar, masalan, B3K rusumli; ularning issiqbardoshligi yuqori, 1000°C gacha haroratda yeyilishga qarshiligi katta boMadi) yuqori haroratlarda, sormaytlar esa past haroratlarda ishlaydigan buyumlar uchun ishlatiladi. Bu ashyolar bilan eritib qoplash jarayonida flyuslardan foydalaniladi. Stellit bilan eritib qoplashda 20% qizdirilgan bura, 68% borat kislota va 12% plavik shpatdan iborat flyus ishlatiladi. Sormaytni eritib qoplash uchun flyus 50% burn, 47% soda bikarbonati va 3% qumtuproqdan hosil qilinadi. Detal nihoyatda yeyilgan boMsa, gaz yordamida qattiq qotishmani eritib qoplashdan oldin awalgi shakliga keltirish uchun kam uglerodli sim eritib qoplanadi. Bundan keyin eritib qoplangan joy shlaklardan tozalanadi, so‘ngra ariqcha o‘yiladi, sormaytni eritib qoplashda ariqcha chuqurligi: yeyilishga ishlaydigan detallar uchun 1,5-2,5 mm, asbobning qirquvchi tigM uchun 0,5-1,5 mm, zarb kuchlanishlar ta’sirida boMadigan asbob uchun ko‘pi bilan 0,5 mm ga teng boMishi kerak. Metallaming qizigan holatida ishlashda ishlatiladigan asboblar uchun ariqcha ikki baravar chuqur o‘yiladi. 0 ‘yiqning chuqurligi eritib 345 qoplash ish qatlamining qalinligini belgilab beradi. Faskalaming o‘tkir qirralarini yumaloqlashtirish kerak. Faskaning eni 5 - 10 mm olinadi. Eritib qoplanadigan yuza pastki holatda boiishi kerak. Uchlik quwati qoplanadigan joy metallining qalinligiga qarab tanlanadi. Alangada atsetilen gazi salgina ortiqcha bo‘lishi lozim. Kichik o‘lchamli detallar eritib qoplanadigan detalni qo‘shimcha qizdirmasdan, gaz-kislorod alangasida eritib qoplanadi. Yirik gabaritli buyumlar oldindan yoki jarayon davomida 500 -700°C gacha qizdiriladi. Payvandlashga o‘xshash chap va o‘ng usulda eritib qoplash ham qo‘llaniladi. Naychasimon ashyolar bilan gaz-kislorod alangasida eritib qoplash ham qullaniladi. Eritib qoplanadigan naychasimon ashyolar quyidagilardan, tashkil topgan; yeyilishga chidamli turli ashyolari bor volfram karbid aralashmasi bilan to‘lg‘azilgan poiat yoki nikel naychalardan iborat. Volfram karbidi zarralaridan foydalanilganda suyuqlantirilgan qoplama qattiqligi 85 HRC ni tashkil qiladi. Kukun qotishmalar bilan gaz-kislorod yordamida eritib qoplash oldin kam qo‘llanilar edi, chunki gorelka alangasi kukunni to‘zitib yuborar edi. Hozir alanga yordamida eritib qoplash uchun alanga to‘zita olmaydigan ПГ-ХН80СР-2, ПГ-ХН80СР-3 va boshqa kukunlar ishlatiladi. Eritib qoplash ГАЛ-2-69 gorelkasi bilan bajariladi. Bitta o‘tishda ko‘pi bilan 1 mm qalinlikdagi qatlam surtiladi. Unumdorligi jihatidan gaz alangasida kukun bilan eritib qoplash jarayoni chiviq ashyolar bilan eritib qoplashdan qolishmaydi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling