SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 3
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 593
GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI
Jamshidbek Alisherovich
Umarov
Buxoro muhandislik-
texnologiya
instituti
Murodillo Zoirovich
Komilov
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti
Saidjon Abdusalimovich
G’aybullayev
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada muayyan tavsif va tasnifli kondensatlarga misollar
keltirilgan holda gaz
kondensatining tarkibi, tasnifi va tavsiflari hamda ularning sifatiga qo’yilgan talablar
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: tabiiy gaz, gaz kondensati, beqaror
kondensat, barqaror kondensat.
CLASSIFICATION AND COMPOSITE CHARACTERISTICS OF GAS
CONDENSATE
ABSTRACT
The article discusses the composition, classification
and characteristics of gas
condensate, as well as the requirements for their quality, with examples of specific
descriptions and classifications of condensates.
Key words: natural gas, gas condensate, unstable condensate, stable condensate.
KIRISH
O’zbekistonning yoqilg’i energetika sohasidagi ishlab chiqarish quvvatlarini
chuqur modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi
islohotlari uglevodorod xomashyosini chuqur qayta
ishlash negizida eksportga
yo’naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va ularning
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Dunyo miqyosida motor yoqilg’isiga va uning sifatiga bo’lgan talabning doimiy
oshishi hamda ekologik talablarning tobora qat’iylashib borishi neftni qayta ishlash
sxemasini ixchamlashtirish
va takomillashtirishni, texnik-texnologik qayta jihozlash,
modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda.
Qatlam gazini separatsiyalashda bosimning kamayishi natijasida gazdan
ajraladigan suyuq uglevodorod
fazasi kondensat sanalib, qatlam sharoitida
kondensatning barcha komponentlari gazda erigan holda bo’ladi.
Gazdan ajratib olingan kondensatlar tarkibidagi komponentlarga ko’ra beqaror va
barqaror kondensatlarga bo’linadi.