Gaz turbina qurilmalaridagi moyni havoli sovutish texnologiyasi


Download 336.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.08.2023
Hajmi336.4 Kb.
#1670696
  1   2
Bog'liq
gaz-turbina-qurilmalaridagi-moyni-havoli-sovutish-texnologiyasi



Gaz turbina qurilmalaridagi moyni havoli sovutish 
texnologiyasi 
Bobomurod Rustamovich Rahimov 
Shahzod Roziq o’g’li Hakimov 
Buxoro muxandislik-texnologiya instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada gaz turbina moylarini havoli sovitish 
texnologiyasi o’rganilgan. Gaz turbina qurilmalaridagi moyni havo orqali 
temperaturasini pasaytirish hamda energiya samaradorligini oshirish tavsiya etiladi. 
Bu 
jarayonda 
moyning 
temperaturasi 
pasayadi, 
energiyaning 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarni oshiradi. 
Kalit so’zlar: Kompressor stansiyalar, gaz turbina, havoli sovitgich, agregat, 
moy, klapan, rotor, turbodetander, elektrodvigatel 
Air cooling technology of oil in gas turbine devices 
Bobomurod Rustamovich Rakhimov 
Shakhzod Khakimov 
Buxoro Engineering-Technological Institute 
 
Abstract: The technology of air cooling of gas turbine oils is studied in this 
article. It is recommended to reduce the temperature of oil in gas turbine devices by 
air and increase energy efficiency. In this process, the temperature of the oil 
decreases, and the economic indicators of energy increase. 
Keywords: Compressor stations, gas turbine, air cooler, unit, oil, valve, rotor, 
turbo expander, electric engine 
Kompressor stansiyalarning asosiy texnologik jihozi gaz so’rib chiqaruvchi 
agregat bo’lib, u gazning magistral gaz quvuri bo’ylab harakatining kerakli rejimini 
ta.minlaydi. Kompressor stansiyalarning yordamchi jihozlarini nasos stansiyalardagi 
kabi ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. gaz so’rib chiqarish agregatlarining normal ishini ta’minlovchi jihozlar; 
2. xizmatdagi obyektlar jihozlari. 
Birinchi guruhdagi jihozlarga gazni chang va suv tomchilaridan tozalash 
qurilmalari, gaz markazdan qochma nagnetatellaridan chiqqandan so’ng uni sovitish 
uchun jihozlar; gaz so’rib chiqarish agregatlarini boshqarish va uni asrash tizimlari 
jihozlari kiradi. Kompressor stansiyalarga xizmat ko’rsatuvchi yordamchi jihozlarga 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
478


suv ta.minoti, kanalizatsiya, aloqa, telemexanika va energiya ta.minoti tizimlarining 
jihozlari kiradi. 
Kompressor stansiyalarning gaz so’rib chiqarish agregati markazdan qochma 
nagnetateli va yuritmadan iborat. Yuritma sifatida gaz turbinalar va elektr 
dvigatellardan foydalaniladi. Gaz turbinalari eng ko’p tarqalgan. Bunga ularning 
qator afzalliklari sabab: turbinani sovuq holidan kam vaqt oralig’ida chiqarish (15-30 
min) gazomotokompressorlarga qaraganda gabarit va massasining kichikligi, foydali 
ish koeffitsiyentining yuqoriligi (30% gacha), konstruksiyasining sodda va 
ishonchliligi, bir agregatning o’zi katta quvvatga egaligi, sezilarli vibratsiyaning 
mavjud emasligi, energiyaning tashqi manbalariga bog’liqmasligi va h.k. Gaz so’rib 
chiqaruvchi agregati nagnetateli markazdan qochma kompressor bo’lib, u yuqori 
unumdorligi (80 mln m
3
/sutkagacha yoki 30 mlrd m
3
/sutkagacha) va yuqori siqish 
darajasi (bir pog’onalilari uchun 1,22- 1,25 va ikki pog’onalilari uchun 1,45-1,5) ga 
ega. Bir pog’onali markazdan qochma nagnetateli quyma korpusdan tashkil topgan. 
Korpus ichida esa yo’naltiruvchi apparat joylashtirilgan. 
Yo’naltiruvchi apparat ichida rotor valga konsol tarzda o’rnatilgan ishchi 
g’ildirak aylanma harakatda bo’ladi. Ishchi g’ildirakka gaz rotor o’qi bo’yicha (o’qiy) 
yoki tangensial keltiriladi. Gaz ishchi g’ildirak kuraklariga tushgach, periferiya 
bo’shlig’iga yuboriladi , nagnetatel kollektori orqali siqiladi va itarib chiqariladi. Ikki 
pogonali siqish nagnetatelining ketma-ket birlashtirilgan ikkita pog’onaga egaligi 
bilan ajralib turadi. Siqishning har bir pog’onasi yo’naltiruvchi apparat va ishchi 
g’ildirak (rotor) dan tashkil topgan. Ishchi g’ildirakning ikkalasi ham bir valga 
o’rnatilgan. Ikki pog’onali nagnetatellarni qo’llash bir gaz so’rib chiqarish agregatida 
siqish darajasini 1,5 marta oshirishga, kompressor stansiyalarda gaz so’rib chiqarish 
agregatlari sonini kamaytirishga, agregatlar quvurlarini ulash tizimini anchagina 
soddalashtirishga imkon yaratadi. Gaz turbina yoki elektr dvigatellarni markazdan 
qochma nagnetateli bilan birlashtirish (ulash) kuchaytiruvchi reduktor (elektr yuritma 
uchun majburiy va gaz turbinalarining ayrim turlari uchun) yoki bevosita mufta orqali 
amalga oshiriladi. Nagnetatellar yuritmasi elektr dvigatellarining katta qismi 3000 
ayl/min aylanish chastotasi (rotor) ga, nagnetatel rotori esa 4600 dan 7900 ayl/min 
gacha bo’lgan aylanish chastotasiga ega bo’lganligi sababli oraliq kuchaytirish 
reduktorlari qo’llaniladi. 
Gaz turbina birlamchi dvigatel bo’lib, uning ishchi organi (rotori) aylanma 
harakat qiladi, unga tashqaridan keltirilayotgan ishchi jism (gazlarning yonishi) 
kinetik energiyasi mexanik ishga (rotor aylanishi) aylanadi. Gaz energiyasini 
ko’paytirish uchun uni siqish kerak va maxsus yonish kameralarida havo bilan 
aralashmada yonishi hisobiga amalga oshiriladi. Gaz turbina, uning xizmatidagi 
mexanizm va uskunalar bilan birga gaz turbina qurilmasini tashkil qiladi. U esa 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
479


nagnetatel bilan (kerak bo’lsa, reduktor bilan) birga gaz so’rib chiqarish agregatini 
tashkil qiladi. 
Kompressor stansiyalar gaz so’rib chiqarish agregatlarining to’xtovsiz ishlashi 
uchun moylash tizimi, mahkamlagichlar, tartibga solish va asrash choralari muhim 
ahamiyatga ega. Moy turli bosim ostida uzatiladi. Podshibniklarning ishonchli 
ishlashi uchun moy bosimi 0,15-0,16 MPa oralig.ida bo’lishi kerak. 
Gaz so’rish agregati xizmatidagi tizimlarning eng murakkabi gaz so’rish 
agregatini tartibga solish va xavfsizligini ta’minlash tizimidir. Ushbu tizim quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: gaz so’rish agregatini ishga tushirish va uni to’xtatish; gaz 
so’rish agregati ishini o’rnatilgan rejimda normal holatda ushlash; gaz so’rish 
agregati ishini xarakterlovchi turli fizik parametrlar (gaz bosimi, yonish mahsulotlari 
harorati, yuqori bosimli quvur o’tkazgich va past bosimli quvur o’tkazgich rotorining 
aylanish chastotasi) ni o’lchash; avariya xavfi yuzaga kelganda gaz so’rish 
agregatining xavfsizligini ta’minlash choralarini amalga oshirish; ishga tushirish 
turbinasi (turbodetander) orqali boshqarish va ishga tushirish turbinasining 
xavfsizligini ta’minlash; gaz so’rish agregatini masofadan turib distansion 
boshqarish. 
Gaz so’rish agregatining markazdan qochma nagnetateliga kelib tushayotgan 
gaz mexanik aralashma, namlik va kondensatdan tozalanishi kerak. Gazda mexanik 
aralashmalarning mavjudligi markazdan qochma nagnetatelining ishdan chiqishiga 
sabab bo’ladi. Markazdan qochma nagnetatelidagi gazning siqilishidan keyin uning 
harorati 50-80°C gacha oshadi. Gazning bunday harorati uning gaz quvuri bo’ylab 
sarfini kamaytirishi va kompressor stansiyalararo gaz quvurlar uchastkasida 
haroratlar farqini uzaga keltirishi mumkin.
Quvur ko’ndalang uzunligi bo’yicha sezilarli haroratlar farqi harorat 
kuchlanishini va quvur deformatsiyasini yuzaga keltiradi. Shuning uchun siqilishdan 
so’ng gaz magistral gaz quvuri bo’ylab uzatishdan avval, albatta 5-15°C gacha 
sovitilishi kerak. Bu maxsus gaz sovitish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
GTN-16 gaz turbinasi bloki uchun oraliq issiqlik tashuvchisi va havo sovutgichli 
moyni sovutish tizimining namunasi shaklda ko’rsatilgan. (1-rasm) Aylanib o’tish 
klapanining rolini ta’kidlash kerak - u moy temperaturasini pasaytirishga hojat 
qoldirmasdan, moyning bir qismini moy sovutgichidan aralashtirishga va undan 
keyin toza sovuq moy bo’linmasiga aylanib o’tishga xizmat qiladi. Ushbu sxema 
havo sovutgichni boshqarish elementlari bilan birgalikda moy haroratini 
boshqarishning juda ilg’or usullaridan foydalanishga imkon beradi. 
Taqdim etilgan tizimning qisqacha texnik tavsiflari: moy turi - UT30 (issiq 
iqlimi bo’lgan hududlarda foydalanish uchun yopishqoqligi yuqori bo’lgan moy); 
oraliq sovutish suvi - antifriz; moy sovutgichi orqali moy iste’moli 100 m
3
/soat; 
oraliq issiqlik tashuvchining iste’moli 100 m
3
/soat; moy sovutgichga kirish joyidagi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
480


moy harorati 73,3°C, chiqish joyida - 60°C; havo sovutgichiga kirish joyidagi oraliq 
issiqlik tashuvchining harorati 56°C, chiqish joyida 50°C; moy sovutgichining kerakli 
issiqlik almashinuvi yuzasi 157 m

1-rasm. GTN-16 gaz turbinali zavodining oraliq issiqlik tashuvchisi va havo sovutish 
bilan moyni sovutish tizimining sxemasi. 
1-moy bakining ramkasi, 2-injektor, 3-moy sovutgich nasosi, 4-yog’ sovutgichi, 5-
mikser, 6-aylanma klapan, 7-oraliq konturli sovutish suvi tanki, 8-oraliq konturli 
sovutish suvi nasosi, 9-havo sovutgichi 
2-rasm. Havoli sovitgich 1AVG-160 ning sxemasi 
1-Metall konstruksiya, 2-Seksiya, 3-Ventilyator, 4- Elektrodvigatel, 5-Havoni 
namlashtirish, 6- Jalyuzi 
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodini tez suratlarda oshirishimiz uchun eng 
samarali texnika va texnologiyalarni qo’llashimiz zarur. Bu muammolarni yechish 
usullaridan biri yangi yuqori samarali jihoz va uskunalarni yaratish hisoblanadi. Gaz 
turbina moylarini havoli sovitish usulini qo’llab energiyani tejash va xavfsiz ussullar 
qatoriga kiradi 

Download 336.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling