Gaz xromatografiyasi
Gazo-xromatografik sifat tahlili
Download 135.04 Kb.
|
gaz
Gazo-xromatografik sifat tahlili.
Xromatografik sifat tahlili 2 xil usulda amalga oshadi: Tutilish parametrlari bo’yicha Boshqa analitik medodlar yordamida I. Tutilish parametrlari bo’yicha sifat analizi. Moddalarning absolyut yoki nisbiy tutilish vaqtlari ( ) yoki tutilish vaktlari (Vg va V0) sifat analizining asosi bo’ladi. Bir xil xromatografik analiz sharoitida etalon moddalar va aralashma komponentlari tutilish parametrlari taqqoslanib, sifat analizi amalga oshadi. Bundan tashqari analiz qilinayotgan aralashmaga etalon – tester moddalar qo’shiladi. Tutilish indekslari. Agar etalon moddalar mavjud bo’lmasa, unda Kovachning tutilish indekslaridan foydalaniladi. Bu yerda standart modda sifatida xromatogrammada aniqlanayotgan moddadan oldin va keyin chiqadigan to’yingan normal uglevodorod olinadi.
Jadvaldagi U qiymatlari bilan taqqoslaganda, albatta harakasiz faza nomi va eksperiment harorati ko’rsatilishi lozim. Masalan: degani, harakasiz faza skvalan, harorat 1000C ekanligini ko’rsatadi. Bundan tashqari xromatografik amaliyotda bitta gomologik qator uchun lg bog’liqlik sifat analizida qo’llaniladi II. Boshqa analitik metodlar yordamida. Xromatografik sifat analizi biron-bir sabab bilan xromatografda bajarishning iloji bo’lmasa, bu vaqtda boshqa analitik usullardan foydalanamiz. Xromatografdan chiqayotgan moddalarning miqdori nihoyatda kam bo’lganligi uchun boshqa analitik usullarni qo’llayotgan paytda eng sezgir usullardan foydalanamiz. Bunday usullarga IK-spektroskopiya va mass-spektroskopiya kiradi. Reaksion-xromatografik tahlil. Bu usulda turli xil reaksiyalarning ( o’rin olish, gidrogenlash, degidrogenlash, degidratlash, eterifikasiya va boshqalar ) xromatografik sistemaning turli qismlarida (kolonkagacha, kolonkadan keyin yoki kolonkaning o’zida) ishlatilishiga asoslangan. Bulardan eng ko’p tarqalganlari, xromatografik cho’qqilarning tahlil davrida birin-ketin yo’qotishdir. Tahlilning (xromatografik cho’qqining) biron-bir reagent tasir etgandan keyin bir-biriga taqqoslashish natijasida qaysi gruppalarning yo’qolganligini bilish mumkin. Reaksion gaz xromatografiyasining yana bir usuli, reaksiya natijasida hosil bo’lgan yangi moddalar hisobiga xromatografik cho’qqilarning yoki oldingi, yoki keyingi siljishi hisoblanadi. Download 135.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling