Gaz xromatografiyasi
Download 135.04 Kb.
|
gaz
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Kimyo Fakulteti Kimyo yo‘nalishi Analitik kimyo kafedrasi magistranti Xudoyqulov J ning Gaz Xromatografiyasi mavzusida taqdimoti Samarqand 2022 GAZ XROMATOGRAFIYASI Gaz xromatografiyasining nazariy asoslari va asosiy parametrlari, ushlab qoluvchi hajmi. Gaz xromatografiyasi uchun asboblar. Namunani qadoqlash, ajratish kalonkalari. Stasionar suyuq faza va ularga qo’yiladigan talablar.. Detektorlar va ularga qo’yiladigan talablar. Termokonduktometrik, alangali ionizasion detektor. Gaz xromatografik analiz xromatogrammasini rasshifrovka qilish. Gaz xromatografiyasida sifat va miqdor analiz. Gaz xromatografiyasining qo’llanilish imkoniyatlari. Hozirgi paytda eng muhim xromatografiya usullari gaz-qattiq modda xromatografiyasi gaz-adsorbsion xromatografiya (GAX, bunda qo’zg’almas faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi) va gaz-suyuqlik xro matografiyasidir (GSX, bunda qattiq sorbent donachalari yuzasidagi suyuqlik pardasi qo’zg’almas faza bo’ladi). Gaz xromatografiyasi tekshiriluvchi aralashmaning tarkibiy qismlari (komponentlari) gaz faza bilan qattiq yoki suyuq fazalar orasida taqsimlanadi. Gaz xromatografiyasida harakatchan fazani gaz yoki bug’ tashkil qiladi. Gaz xromatografiyasini o’tkazishda ma’lum temperaturagacha qizdirilgan tashuvchi gaz oqimiga analiz qilinadigan namuna kiritiladi. Namuna tarkibidagi moddalar tashuvchi gaz oqimida bug’lanib, termostatlangan, qo’zg’almas fazali (adsorbentli) kolonkaga kiradi. Kolonkadagi adsorbentda gazsimon moddalar aralashmasining ko’p marta takrorlanuvchi adsorbsiya va desorbsiya (yoki suyuqlik pardasida erish va ajralib chiqish) jarayonlari sodir bo’ladi. Bunda murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarga ajratilishi tekshiriluvchi moddalarning fazalar orasida taqsimlanish koeffisiyenti yoki adsorbsilanish koeffisiyenti bilan aniqlanadi. Kolonkadan chiqishda aralashma alohida moddalarga ajralib, gaz oqimi bilan birga detektorga kiradi. Download 135.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling