Gaz xromatografiyasi
Gaz xromatografiyasida miqdor analiz
Download 135.04 Kb.
|
gaz
Gaz xromatografiyasida miqdor analiz.
Differensial detektorlar ishlatilganda, miqdoriy analizning asosini xromatogrammalarning balandligi (h) yoki yuzasi (S) yoki tashkil yetadi. Analiz tarkibiga kiruvchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo’lganligi uchun detektorlar ularni har xil sezadi. Olingan natijalarning haqiqatga to’g’ri kelishi uchun miqdoriy analizning 3 xil turi mavjud. 1. Ichki normallash usuli. Bu usulda aralashma tarkibidagi barcha komponentlarni detektor sezishi kerak. Eng oddiy holatda har bir komponentning miqdori quyidagi tenglama bilan topiladi. (1) Agar detektor sezgirligi har bir komponent uchun har xil bo’lsa, u holatda (2) tenglama bilan topiladi. fi-to’g’rilovchi koyeffisiyent. (3) fi ni topish uchun aralashma tarkibidagi har modda bilan standart modda aralashmalari tayyorlanadi va (3) tenglama yordamida aniqlanadi. 2. Ichki standartlash usuli. Bu usul bilan aniqlashda hisoblash usuli yoki grafik usuldan foydalanamiz. a) Hisoblash usuli. Q-namuna massasi, Mst-qo’shilgan standart moda massasi. Dastavval tuzatish koyeffisiyenti topiladi: buning uchun aralashma analitik tarozida tortib olinadi va uning ustiga aniq massaga ega bo’lgan standart modda qo’shiladi. Standart modda arashma tarkibiga kirmaydigan va xromatogrammada alohida chiqadigan modda tashlanadi. b) Grafik usul. Bu usulda asosiy komponent massa ulushi ortib borayotgan aralashma tayyorlanadi va bu aralashmaga bir xil massaga ega bo’lgan standart modda qo’shiladi va xromatogrammalar olinadi. Olingan xromatogrammalar natijasiga ko’ra grafik tuziladi. 3. Absolyut kalibrovkalash usuli. Ushbu metod bilan ishlashda xromatografga yuboriladigan modda massasi (mi) yoki hajmi (Vi) bilan ishlayotgan xromatogramma yuzasi o’rtasidagi bog’liqlik grafigi olinadi. Detektorning sezgirligi turlicha bo’lganligi uchun bu bog’liqlik turli burchak ostida bo’ladi. Burchak koyeffisiyenti Ki hisoblab topiladi va i moddaning namunadagi miqdori quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Si – xromatogrammadagi i komponent xromatografik cho’qqi yuzasi, q – namuna qiymati (ml-gaz moddalar uchun, mkl-suyuq moddalar uchun). Bu usulda bajariladigan tajribaviy ishlarda namunaning yuborish miqdori aniq bo’lishi kerak. Xromatografik jarayoni aniq bir xil sharoitda olib borilishi kerak. Download 135.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling