BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO TEXNALOGIYA FAKULTETI ORGANIK VA ANORGANIK KIMYO KAFEDRASI KIMYO YO’NALISHI 2-BOSQICH MAGISTRANTI MAVLONOV JASURNING SLAYD NAMUNASI Mavzu: Oligo va polisaxaridlar, nomenklaturasi, tuzilishi vaxossalari - Gidroliz natijasida 2ta monosaxarid hosil qiluvchi uglevodlar disaxaridlar, bir necha monosaxarid hosil qiladiganlari esa
- oligosaxaridlar deyiladi. Tarkibidagi monosaxarid qoldiqlari bir necha o‘ntadan yuz minggacha boradigan uglevodlar polisaxaridlardir. Di- va oligosaxaridlar odatda yaxshi kristallanadi, suvda eriydi, shirin ta’mga va ma’lum molekulyar massaga ega boMadi.
- Tabiiy disaxaridlardan saxaroza (shakar qamish, shakar jo‘xori va qand lavlagida), maltoza (o‘stirilgan arpa qandida), laktoza (suida) va sellobioza umumiy formulaga ega. Ularning gidrolizi natijasida monosaxaridlar olinadi:
Di va oligosaxaridlarning hosil bo’lishi - Ikkita monosaxaridning kondensatsiyasidan disaxarid hosil bo‘ladi. Bunda monosaxaridlardan birining albatta glikozid (yarimatsetal) gidroksili qatnashadi. Kondensatsiyada qaysi gidroksil guruhlar qatnashganligiga ko‘ra disaxaridlar glikozid-glikozid (qaytarmaydigan) va glikozid-glyukoza (qaytaradigan) turlarga bo‘linadi.
Di va oligosaxaridlarning hosil bo’lishi - Saxaroza qaytarmaydigan, laktoza (sut shakari), maltoza va sellobioza qaytaradigan disaxaridlarga kiradi. Glikozid-glikozid bog‘iga ega disaxaridlar erkin glikozid gidroksiliga ega boMmaganligi sababli ochiq zanjirli karbonil shaklga o‘ta olmaydi (ozazon hosil qilmaydi) va metall oksidlarini (, ) qaytarmaydi, mutoratsiyaga uchramaydi:
- 1-[1-α-galaktopiranozido]-β-D-glyukopiranoza (laktoza)
4-[1-α-galaktopiranozido]-α-D-glyukopiranoza (maltoza) - 4-[1-α-galaktopiranozido]-β-D-glyukopiranoza (sellobioza)
- Qaytaradigan disaxaridlardagi erkin glikozid gidroksil guruhi eritmada aldegid shaklga o‘tadi va Cu2+ ionlarini qaytaradi, shuningdek, monosaxaridlarning boshqa reaksiyalariga ham kirishadi (mutoratsiyaga uchraydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |