Polisaxaridlar - Polisaxarid molekulasini ko‘p sonli monosaxaridlarning kondensatsiya mahsuloti deb qarash mumkin. Uning makromolekulasida monosaxarid qoldiqlari O ko‘prikchalari orqali tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlar hosil qiladi. Bunda bitta monosaxaridning glikozid gidroksili boshqasining (odatda C4 va C6, kamdan-kam hollarda C3 dagi) spirt gidroksili bilan bog’lanadi.
O‘simlik polisaxaridlari asosan 1,4- va 1,6-glikozid bog‘lariga, hay von polisaxaridlari esa shunday bog‘lar bilan birga 1,2- va 1,3-glikozid bog‘lariga ham ega bo‘ladi. Makromolekulaning oxirida qaytaradigan monosaxarid qoldig‘i joylash- sa ham uning butun molekulaga nisbatan ulushi kamligi sababli polisaxaridlarda qaytarish xossasi juda kuchsiz namoyon bo’ladi. - Demak, poHsaxaridlardan sellyuloza, kraxmal tarkibidagi mono- saxaridlar glikozid-glyukoza bog'lari orqali bog‘langan bo’ladi. Shuning uchun ular poliglikozidlar hisoblanadi. Ular kislotalar va fermentlar ta’sirida nisbatan oddiyroq saxaridlarga, oxirida esa monosaxaridlargacha gidrolizlanadi:
- Polisaxaridlar hosil bo‘lishida pentozalar va geksozalar qatnashishi mumkin. Pentozalaming kondensatsiya. mahsulotlari pentozanlar (arabi- nozalardan arabanlar, ksilozalardan ksilanlar va h.), geksozalarniki esa geksozanlar (glyukoza - kraxmal, glikogen, sellyuloza asosini; fruktoza esa inulin asosini tashkil qiladi) deyiladi. Tuzilishiga ko‘ra polisaxaridlar chiziqli va tarmoqlangan turlarga bo’linadi.
- Chiziqli polisaxarid - xitin qisqichbaqasimonlar va hasharotlar qattiq terisining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning monomeri 2-N-atsetilamino-ß-D- glyukopiranozadir:
- Xitinni deatsetillab xitozan olinadi. Xitozan D-glyukozamin va N-atsetil- D-glyukozaminning sopolimeridir. Deatsetillash reaksiyasining samaradorligiga ko‘ra turli deatsetillanish sonidagi xitozanlar olinadi (80dan 90%gacha). Deatsetillanish soni xitozan molekulasidagi D- glyukozaminning %ini ko‘rsatadi. Masalan deatsetillanish 85% bo‘lsa, xitozan molekulasida o‘rtacha 85% D- glyukozamin va 15% N-atsetil- D-glyukozamin qoldiqlari boMadi. Xitozan makromolekulasida ko‘p sonli ozod aminoguruhlari borligi sababli u H+ ionlarini biriktirib, ortiqcha musbat zaryad to‘plashi mumkin. Shuning uchun xitozan kationit bo‘la oladi. Ozod aminoguruhlarning metallar bilan koordinatsion bog‘ hosil qilishi xitozanning xelat va kompleks hosil qilish xossalarini belgilaydi.
- Xitozan ko‘p miqdorda vodorod bogMarini hosil qiladi. Bu unga suvda eruvchan organik birikmalar, jumladan, toksinlami bog‘lash imkonini beradi. Vodorod bog‘larining ko‘pligi xitozanning suvda eruvchanligini kamaytiradi, chunki xitozan-xitozan vodorod bogMari xitozan-suv vodorod bog‘laridan ko‘ra mutahkam bo‘ladi. Xitozan organik kislotalarda (sirka, limon, oksalat, qahrabo) bo'kadi va eriydi. Shuningdek u erituvchi molekulalarini va erituvchi bilan birga bo'lgan muallaq moddalaming zarrachalarini mustahkam "ushlash” xossasiga ega. Erigan xitozanning sorbsion xossasi erimagan holatiga nisbatan yuqori bo’ladi. Xitozan to‘yingan uglevodorodlar, yogMar va yog‘da eruvchan moddalarni bog‘lash (gidrofob va molekulyar elak ta’sirlari) xossalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |