Gʻazallar
Download 399.55 Kb.
|
Gap bo‘laklarining bunday holdagi bir xil takrori ritmda o‘ziga xos mayin va bosiq bir to‘lqinni yuzaga keltirgan. Dastlab chiqish kelishigidagi ot, so‘ng o‘zlik olmoshi, undan keyini izofali birikma, nihoyat fe’lning har ikki misrada bir xil tartibda kelishining o‘zi ham ohangdorlikni, musiqiylikni, oxir-oqibat ko‘ngillarga huzur beradigan ta’sirchanlikni hosil qilmoqda.Adabiyotshunoslikda bu hodisa ritmik-sintaktik parallelizm nomi bilan yuritiladi.Jon va ko‘ngil bilan bog‘liq tavsif keyingi baytda ham davom etadi. Endi jon «dilafgor», ko‘ngil esa «giriftor» dilzida tasvirlanadi. «Dilafgor»ning ma’nosi «dili xasta, dili vayron, dili haddan tashqari musibat chekkan» demakdir. «Giriftor» esa biror narsaga duch kelgan, yo‘liqqan, asir-u mubtalo bo‘lgan, band bo‘lgan ma’nosiga ega. Demak, oshiqning joni kabi qiynalgan, azob chekkan o‘zga jon yo‘q, aniqrog‘i, oshiq ayni shunday jon (egasi)ni ko‘rmagan. Oshiqning ko‘ngli ham bu borada yagona, boshqa birorta ko‘ngil uniki kabi giriftor emas.Oshiq uchun ma’shuqaning borlig‘i to‘laligicha sehrli va jozibador. Bu o‘rinda ma’shuqaning ko‘zlari tavsif manbayi bo‘lgan. Ko‘zning sifati «usruk». Uning ma’nosi «mast»dir. So‘zning ko‘chma ma’noda ekanligi aniq. Ko‘zning mastligi uning go‘zalligiga ishora. Bu ko‘zning harakatlariga, harakatchanligiga berilgan shoirona baho, xolos. Tabiiyki, bunday go‘zal ko‘zga ko‘ngil mubtalo bo‘ladi.Keyingi baytda «bu telbani» ifodasi bor. Bir qarashda u so‘zlovchi – lirik qahramonni nazarda tutayotganday bo‘ladi. Matnda shu ma’no ham bor. Ayni chog‘da bu ifodaning «ko‘ngil» bilan ham aloqadorligini sezish qiyin emas. Mast ko‘zga mubtalo bo‘lgan ko‘ngilning telba bo‘lishi mantiqan to‘g‘ridir. Shunga ko‘ra, «hushyor topmadim» ifodasi ham ikki ma’noda tovlanadi. Uning bir ma’nosi lirik qahramonning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa bir ma’nosi oʻz bilan chambarchas aloqadordir.Oshiq uchun ma’shuqaning borlig‘i to‘laligicha sehrli va jozibador. Bu o‘rinda ma’shuqaning ko‘zlari tavsif manbayi bo‘lgan. Ko‘zning sifati «usruk». Uning ma’nosi «mast»dir. So‘zning ko‘chma ma’noda ekanligi aniq. Ko‘zning mastligi uning go‘zalligiga ishora. Bu ko‘zning harakatlariga, harakatchanligiga berilgan shoirona baho, xolos. Tabiiyki, bunday go‘zal ko‘zga ko‘ngil mubtalo bo‘ladi.Keyingi baytda «bu telbani» ifodasi bor. Bir qarashda u so‘zlovchi – lirik qahramonni nazarda tutayotganday bo‘ladi. Matnda shu ma’no ham bor. Ayni chog‘da bu ifodaning «ko‘ngil» bilan ham aloqadorligini sezish qiyin emas. Mast ko‘zga mubtalo bo‘lgan ko‘ngilning telba bo‘lishi mantiqan to‘g‘ridir. Shunga ko‘ra, «hushyor topmadim» ifodasi ham ikki ma’noda tovlanadi. Uning bir ma’nosi lirik qahramonning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa bir ma’nosi oʻz bilan chambarchas aloqadordir.Download 399.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling