Gʻazallar
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo
Download 399.55 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,Nechaki borib eshigiga bor topmadim.Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, menIstab jahonni muncha qilib yor topmadimG‘azalning dastlabki bayti – matla’sida oshiq ko‘ngilning dil iztiroblari aks etgan. Unda jon va ko‘ngil timsollari orqali inson ruhiyatidagi nozik tebranishlar o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Baytning har ikki misrasida bir-biriga uyg‘un bo‘lgan hodisalar tilga olingan. Oshiq vafodor yorni izlaydi, istaydi, biroq bu harakatlar samarasiz. Ko‘ngil eng aziz, eng muqaddas sirlar bilan o‘rtoqlasha oladigan mahramni, do‘stni izlaydi, unga talpinadi, biroq uni topa olmaydi. E’tibor berilsa, bu yerdagi gaplarning sintaktik tuzilishida ham o‘xshashliklar bor:G‘azalning dastlabki bayti – matla’sida oshiq ko‘ngilning dil iztiroblari aks etgan. Unda jon va ko‘ngil timsollari orqali inson ruhiyatidagi nozik tebranishlar o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Baytning har ikki misrasida bir-biriga uyg‘un bo‘lgan hodisalar tilga olingan. Oshiq vafodor yorni izlaydi, istaydi, biroq bu harakatlar samarasiz. Ko‘ngil eng aziz, eng muqaddas sirlar bilan o‘rtoqlasha oladigan mahramni, do‘stni izlaydi, unga talpinadi, biroq uni topa olmaydi. E’tibor berilsa, bu yerdagi gaplarning sintaktik tuzilishida ham o‘xshashliklar bor:to‘ldiruvchi aniqlovchi to‘ldiruvchi kesimJonimdan o‘zga yori vafodor topmadim,to‘ldiruvchi aniqlovchi to‘ldiruvchi kesimKoʻnglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.Gap bo‘laklarining bunday holdagi bir xil takrori ritmda o‘ziga xos mayin va bosiq bir to‘lqinni yuzaga keltirgan. Dastlab chiqish kelishigidagi ot, so‘ng o‘zlik olmoshi, undan keyini izofali birikma, nihoyat fe’lning har ikki misrada bir xil tartibda kelishining o‘zi ham ohangdorlikni, musiqiylikni, oxir-oqibat ko‘ngillarga huzur beradigan ta’sirchanlikni hosil qilmoqda.Adabiyotshunoslikda bu hodisa ritmik-sintaktik parallelizm nomi bilan yuritiladi.Jon va ko‘ngil bilan bog‘liq tavsif keyingi baytda ham davom etadi. Endi jon «dilafgor», ko‘ngil esa «giriftor» dilzida tasvirlanadi. «Dilafgor»ning ma’nosi «dili xasta, dili vayron, dili haddan tashqari musibat chekkan» demakdir. «Giriftor» esa biror narsaga duch kelgan, yo‘liqqan, asir-u mubtalo bo‘lgan, band bo‘lgan ma’nosiga ega. Demak, oshiqning joni kabi qiynalgan, azob chekkan o‘zga jon yo‘q, aniqrog‘i, oshiq ayni shunday jon (egasi)ni ko‘rmagan. Oshiqning ko‘ngli ham bu borada yagona, boshqa birorta ko‘ngil uniki kabi giriftor emas.Download 399.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling