Gʻazallar

Download 399.55 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi399.55 Kb.
#1588392
1   2   3   4   5   6   7   8

Dastlabki «bore» «yana bir marta» ma’nosini anglatadi. Uning yonidagi «boray»ni izohlash shart emas, u harakat ma’nosini bildirib kelmoqda.Keyingi misradagi «borib» ham ravishdosh shaklidagi fe’ldir. Shu misradagi «bor»ning ma’nosi esa bitta emas. Dastlab uning «bor, mavjud» ma’nosi xotirga keladi. Shunday bayt ma’nosi «eshigiga borib uning bor-yo‘qligini, uyda mavjud yoki mavjud emasligini bilmadim» tarzida izohlanadi.Birinchi misradagi ma’no ham bu yerda takrorlanmoqda. Unga ko‘ra, «eshigiga borib yana bir bor (marta) topmadim» mazmuni oydinlashadi. «Bor»ning «yuk» ma’nosi ham bor. Unda bu so‘z ko‘chma ma’noda «natija» mazmunini anglatadi. Nihoyat, mazkur so‘zning «ruxsat», «ijozat» ma’nosiga ham egaligini eslash joiz. Shunda keyingi misrani «eshigiga necha marta borgan bo‘lsam ham, (kirish uchun) ijozat ololmadim» tarzida izohlash o‘rinlidir.

Oxirgi bayt – maqta butun g‘azal uchun yakun va xulosa vazifasini ado etmoqda. Lirik qahramon o‘zini yolg‘iz va yakka sezadi. Bu holatga ko‘nikish zarurligiga o‘z-o‘zicha undov ham mavjud. Bu undovni asoslash uchun dalil ham bor: lirik qahramon butun jahonni izlab ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘ziga munosib yorni topgani yo‘q.Bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko‘ringan bu g‘azal mazmuniga teranroq nazar tashlanadigan bo‘lsa, uning mag‘iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish qiyin kechmaydi. Oshiqning o‘z yoridan shikoyati bahonasida lirik qahramonning o‘z zamoni va zamondoshlariga bo‘lgan munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg‘onadi. Bu she’rning tabiati, she’r tabiatidan shoirona foydalana olishning samarasidir.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling