Gʻazallar

Download 399.55 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi399.55 Kb.
#1588392
1   2   3   4   5   6   7   8

Dastlabki misrada gul yorning yuziga tavsif tarzida keltirilgan edi. Keyingi misrada u to‘g‘ridan to‘g‘ri yorning o‘zini ifodalaydi. Yor (gul) sarvga o‘xshaydi. Bu yerda yorning tik va baland qomati e’tiborga olingan. Odatda, mumtoz adabiyotimizda yorning yosh, tik va go‘zal qomati sarvga nisbat beriladi. Biroq ulardan farqli tarzda shoir sarvning «sarkash»ligiga, ya’ni uning itoatsizligi, o‘jarligiga urg‘u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritmoqda.Bu bejiz emas. Lirik qahramon «xazon yaprog‘i»ni yana bir marta eslatyapti. Endi u «bargi xazon» ko‘rinishida kel-moqda. Birinchi baytda xazonning rangi alohida e’tiborda edi. Bu baytda uning harakati, shitirlashi (ehtimolki, «shi-virlashi»), daraxtning tepasidagi emas, balki pastga, yerga tushgan holati nazarda tutilgan. Shoir xazonning shitirlashi (shivirlashi) va oshiqning yolvorishida ichki bir uyg‘unlikni ko‘radi.

Xazon yaprog‘i uchinchi baytda ham yana bir marta ishlatiladi. Xazon yaprog‘ini bog‘da shamol uchirib tashqariga olib ketadi. Shoirning nazarida umr bog‘ga o‘xshaydi (dahr bog‘i). Xazonning daraxt va bog‘lardan uzilib chetga chiqishi bilan insonning olam uyidan (dahr bog‘idan) ketishi o‘rtasida ham yaqinlik bor. Bu yerda ma’shuqaga bildirilayotgan tilak ham e’tiborli. Har qanday holda ham u go‘zal va xushnud bo‘lishi kerak («Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol»).Navbatdagi baytda oldingi mantiqiy izchillik yana davom etadi. Oshiq yana o‘z uzvlarini xazonga o‘xshatishdan charchamaydi. Endi unga qon yoshim va sorig‘ yuzim ifodalari qo‘shiladi.Siz kuz paytidagi daraxt barglarini, ayniqsa, yerda yotgan xazonlarni ko‘rganmisiz? Ulardagi sariq va qizil ranglar jilvasiga e’tibor berganmisiz? Bobur ayni mana shu holatlarni nazarda tutgan holda ko‘z yoshini ham, o‘z yuzini ham xazonga o‘xshatmoqda.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling