Gʻazallar
Download 399.55 Kb.
|
Oshiq ma’shuqadan ayrilib yashashni o‘z odatiga aylantirgan («xo‘y etmisham»), biroq bu odat ixtiyoriy emas, balki majburiydir, buning uchun ixtiyor oshiqning o‘zida emas. Ayni shu fikrni tasdiqlash uchun misrada ikkita so‘z xizmat qilyapti. Ulardan biri misra boshida («nochor»), ikkinchisi misra oxirida («netay») turibdi. Ammo oshiqning o‘zi tomonidan ixtiyoriy tarzda tanlangan bir harakati ham mavjud. Bu oshiqning o‘z ko‘ngil qo‘yganiga o‘zini nomunosib deb bilishidir («o‘zumni sazovor topmadim»). Mumtoz adabiyotimizdagi oshiq uchun xos bo‘lgan kamtarlik va kamsuqumlik bu yerda ham to‘laligicha namoyon bo‘lgan. Ammo u boshqalarni takrorlamagan holda, yangicha ohor bilan ko‘rsatib berilgan.Navbatdagi baytda so‘z o‘yinlari yanada kuchliroq va avjliroq darajada qo‘llangan. Bu yerda «bor» so‘zining ma’no tovlanishlari kishining zavqini uyg‘otadi.Oshiq ma’shuqadan ayrilib yashashni o‘z odatiga aylantirgan («xo‘y etmisham»), biroq bu odat ixtiyoriy emas, balki majburiydir, buning uchun ixtiyor oshiqning o‘zida emas. Ayni shu fikrni tasdiqlash uchun misrada ikkita so‘z xizmat qilyapti. Ulardan biri misra boshida («nochor»), ikkinchisi misra oxirida («netay») turibdi. Ammo oshiqning o‘zi tomonidan ixtiyoriy tarzda tanlangan bir harakati ham mavjud. Bu oshiqning o‘z ko‘ngil qo‘yganiga o‘zini nomunosib deb bilishidir («o‘zumni sazovor topmadim»). Mumtoz adabiyotimizdagi oshiq uchun xos bo‘lgan kamtarlik va kamsuqumlik bu yerda ham to‘laligicha namoyon bo‘lgan. Ammo u boshqalarni takrorlamagan holda, yangicha ohor bilan ko‘rsatib berilgan.Navbatdagi baytda so‘z o‘yinlari yanada kuchliroq va avjliroq darajada qo‘llangan. Bu yerda «bor» so‘zining ma’no tovlanishlari kishining zavqini uyg‘otadi.Dastlabki «bore» «yana bir marta» ma’nosini anglatadi. Uning yonidagi «boray»ni izohlash shart emas, u harakat ma’nosini bildirib kelmoqda.Keyingi misradagi «borib» ham ravishdosh shaklidagi fe’ldir. Shu misradagi «bor»ning ma’nosi esa bitta emas. Dastlab uning «bor, mavjud» ma’nosi xotirga keladi. Shunday bayt ma’nosi «eshigiga borib uning bor-yo‘qligini, uyda mavjud yoki mavjud emasligini bilmadim» tarzida izohlanadi.Birinchi misradagi ma’no ham bu yerda takrorlanmoqda. Unga ko‘ra, «eshigiga borib yana bir bor (marta) topmadim» mazmuni oydinlashadi. «Bor»ning «yuk» ma’nosi ham bor. Unda bu so‘z ko‘chma ma’noda «natija» mazmunini anglatadi. Nihoyat, mazkur so‘zning «ruxsat», «ijozat» ma’nosiga ham egaligini eslash joiz. Shunda keyingi misrani «eshigiga necha marta borgan bo‘lsam ham, (kirish uchun) ijozat ololmadim» tarzida izohlash o‘rinlidir.Download 399.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling