Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
8 KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir.Respublikamizda yiliga o’rtacha 3-3,5 mln tonna paxta yetishtirilib,1 -1,2 mln tonna paxta tolasi qayta ishlanadi va chetga eksport qilinadi. Hozirgi kunda yangi tolalar kashf etishdan ko’ra mavjud tolalar asosida yangi assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq iqlim sharoitiga mo’ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak tutgan aralash tolali matoni pardozlash texnologiyasini o’rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi qimmatbaho turdagi paxta, ipak, va arzon nitron tolalarini ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda jahonda aralash tolali matolarga bo`lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar o`zida tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi. O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb muammodir [1]. Hozirda paxta va tabiiy ipak iplari, paxta va nitron, ipak va nitron aralashmasidan olinayotgan matolarga katta e`tibor berilmoqda, umuman so`ngi yillarda aralashma matolarni ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. Nitron va tabiiy ipak asosidagi assortimentni kengaytirish, ularning material sig`imini kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, sintetik tolani qo`shish hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirish bilan bir qatorda, ularni pardozlash jarayonini o’zgartirishiga olib keladi.
9 Mamlakatimizda yetishtirilayotgan pillaning bir qismi pilla yuvish fabrikalarida qayta ishlab, to`qimachilik xom ashyosiga aylantiriladi. Buni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham o`z asarlarida vatanimizda paxta yetishtirish muammolariga alohida e`tibor qaratish bilan bir qatorda ipak tolasini ishlab chiqarish va uni to`qimachilik sanoatida qayta ishlashni kengaytirish muhimligi to`g`risida fikrlar bildirganlar [2]. Bu mahsulotlar o`zlarining uzoq muddat xizmat qilishi va mustahkamligi, yuqori gigiyenik xossalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli xil aralash tolali matolarning keng ishlatilishi pardozlovchilar oldiga murakkab yechimli masalalarni qo`yadi. Aralash tolali matolarni ishlab chiqarishda optimal texnologik jarayon parametrlarini tanlashda har bir tolaning xususiyatlarini hisobga olish
kerak, sababi
ushbu tolalarning qaynatish-oqartirish jarayonlaridagi modda bilan o`zaro bog`lanishi va turli reagentlarga ta`siri bir- biridan tubdan farq qiladi. Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan ta`minlangan yangi korxonalar kerak bo`ladi. Shu sababdan oxirgi yillarda paxtani mukammal qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko`paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko`proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda. Shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvarda imzolangan «Respublika to`qimachilik sanoatiga sarmoyalar jalb qilish choralari to`g`risidagi» 38-sonli qaror bo`lib, u to`qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o`zgartirish imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb qilinishining 2005-2008 yillarga mo`ljallangan dasturi tasdiqlandi [3]. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi gazlama va trikotaj mahsulotlarini soni ko’payib ketdi. Gazlama va polotnilar tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish, ularning iste’mol sifatini yaxshilaydi, ammo ularni bo’yashda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
10 Bu qiyinchiliklar shundan iboratki, har bir tola turli sinfdagi bo’yovchi modda (BM) bilan bo`yaladi. Hatto ikki tola bir sinfdagi BM bilan bir xil sharoitda bo’yalsada (muhit, harorat va b), bo’yalgan tolalarda bir xil tusdagi va bir xil to’yingan ranglar olish juda ham qiyin. Masalan, paxta +viskoza aralashmasini yoki jun + PA tolalar aralashmasini bir xil BM bilan bo’yash mumkin, ammo hosil qilingan ranglar bir xil bo’lmaydi. BM sinfi va bo’yash usulini tanlash asosan aralashma tarkibidagi tolalarning tabiatiga, ularning aralashmadagi nisbatiga, rang mustahkamligiga bo’lgan talabga, ranglar effektiga va mahsulotni ishlatilish sohasiga bog’liq. Aralash tolalar uchun pardozlash-bo’yash korxonalarida maxsus tanlangan BM lar aralashmasidan hamda kimyoviy sanoatda ishlab chiqariladigan ikki xil BM aralashmasidan tarkib topgan maxsus BM lar aralashmasidan foydalanish mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers BM aralashmalari va h.k lar. Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat. Respublikamizda an`anaviy ishlab chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment yaratishda mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy pardozlash texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga moslash o`ta dolzarb vazifadir. Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom paxta xom ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va oqlik berish talab qilinadi. Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli aralashma mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash, hamda paxta tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi
11 katalizatorlar qo`llash zarur bo`ladi. Paxta-ipakli aralashma matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta nozik tomonlarini jiddiy o`rganish shu kungacha to`liq amalga oshirilmagan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling