Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
bo’yicha) mutaxasisligi 2- bosqich magistranti
Qo’chqorova Dilfuza O’ktam qizining ― Aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish‖
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ
Kimyo sanoatini rivojlantirish, ekologik sofligini ta’minlagan holda texnik va texnologik jihatdan qayta qurish, modernizatsiyalash hozirgi kunning asosiy talabidir. O`zbekistonda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb muammodir. Respublikamizda hozirgi kunda yengil sanoat yetishtirgan paxta xom ashyosini tayyor mato holida ishlab chiqarish salmog’i oshib bormoqda. Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. Oxirgi yillarda O’zbekiston to’qimachilik sanoatida ko’pgina sifat va miqdor jihatdan o’zgarishlar sodir bo’lgan. Bu o’zgarishlar Respublika ichki bozorini sifatli sanoat mollari bilan to’ldirish, ularni eksport qilish hajmini ko’paytirish, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish borasidagi ishlar orqali yaqqol namoyon bo’lmoqda. Hozirgi kunda dunyoda aralash tolali, ya’ni tabiiy va kimyoviy tolalar asosidagi materiallarga bo’lgan talab oshmoqda. Bu to’qimachilik materiallari o’zida tabiiy tolalarning qimmatbaho xossalarini va sintetik tolalarning esa fizik-mexanik xossalarini namoyon etadi.
93 Ushbu ilmiy ishdan maqsad aralash tolalar va ular asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini o’rganish. Pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etishdan iboratdir. Ishda paxta-nitron, paxta- ipak kabi aralash tolalar ustida olib borilgan tajribalar keltirilgan. Ushbu magisrtrlik ilmiy ish ilk bor bifunksional bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida olingan quyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlarini o’rganish kabi dolzarb muammolarga qaratilgan. Qo’chqorova Dilfuzaning magistrlik ilmiy ishi kirish, uch bob, umumiy xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ishda aralash matolarning bifunksional (aktiv, dispers) bo’yovchi moddalar bilan bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganilgan. Ammo ish yuzasidan bir necha e’tirozlarim ham bor. - Kirish qismida tadqiqot predmeti va ob’ekti kam yoritilgan; - Ilmiy ishning amaliy natijalariga e’tibor berilmagan. Biroq bu kamchilik ishning umumiy bahosiga salbiy ta’sir etmaydi. Ish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining magistrlik dissertatsiyasiga qo’ygan talablariga to’liq javob berishini inobatga olib, men ishni «a’lo» bahoda baholayman va D.O’. Qo’chqorovani 5A 140501 – Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) mutaxasisligi magistr akademik darajasiga loyiq deb hisoblayman.
Opponent
94
Buxoro davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti 5A140501- kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) mutaxasisligi 2-bosqich magistranti Qo’chqorova Dilfuzaning «Aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish» mavzusidagi magistrlik ilmiy ishiga
95
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling