Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo (fan o’nalishlari
TAQRIZ
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir. To’qimachilik sanoatida so’nggi yillarda aralash tolali matolarni ko’paytirish va ular miqdorini kengaytirish keng yo’lga qo’yilgan. Aralash tolali mato assortimentlarini ko’paytirish, ularning xossalarini yaxshilash maqsadida, paxta va nitron, paxta va ipak materiallarni ishlab chiqarish zamon talabidir. Bu o’z navbatida aralash tolali matolarni keng miqyosida ishlatilishi, ularni pardozlashga tayyorlashning maxsus usullarini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Paxta va nitron tolalari asosida, shu o’rinda ikkilamchi resurslardan rasional foydalangan holda, nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikastiyalash va ular asosidagi aralashma matolarini pardozlashga tayyorlash va bo’yash texnologiyasini fizik-kimyoviy jarayonlarini yaratish dolzarb muammo bo’lib kelmoqda. Qo’chqorova Dilfuzaning «Aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish» mavzusidagi magistrlik ilmiy ishi aralashma matolarni bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini yaratishga va yuqoridagi muammolarini yechishga qaratilgan.
Qo’chqorova Dilfuza birinchi bor paxta va modifikastiyalangan nitron tolali aralash matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlashda natriy
89 silikatdan foydalanib, yuqori kapillyarlik va oqlik darajasiga erishdi. imkoniyatlarini o’rgandi. Ish bifunksional bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida olingan quyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlarini o’rganish kabi dolzarb muammolarga qaratilgan. Qo’chqorova Dilfuza kamtarin, to’g’ri so’z, fidoiy, do’stlariga nisbatan mehribon va g’amxo’r, kafedraning ishlarida faol qatnashadi. O’qish davrida 1 ta maqola 10 dan ortiq tezislar chop ettirgan. U kelajakda albatta yaxshi mutaxassis bo’ladi deb ishonaman.
Ilmiy rahbar ―Umumiy kimyo‖ kafedrasi dotsenti k.f.d. G.A.Ixtiyarova
90 Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifa iqtisodiyotda tubdan islohotlar o’tkazish edi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan yengil sanoatni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda jahonda aralash tolali matolarga talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar o’zida tabiiy tolaning gigienik xossalarini va kimyoviy tolalarning o’ziga xos fizik –mexanikaviy xossalarini mujassam etadi. Qo`chqorova Dilfuzaning magistrlik ilmiy ishi paxta-nitron, paxta- ipak, nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilish va aralash tolalarning sorbsion-gigiyenik xossalarini yaxshilashga, namlik yutishini oshishiga, elektrlanishini kamayishiga bag’ishlangan. Ilmiy ishning maqsadi aralash tolalar va ular asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini o’rganish, pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etishdir. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar: tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron matolarni bo’yash va gul boshishga tayyorlashni o’rganish, paxta va nitron aralash matolarni gul boshishga tayyorlashning fizik-kimyoviy jarayonlarini, ishlab chiqarishda mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash, tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga aralashtirish orqali, tansiq tolalar o’rniga arzon kimyoviy tolalarni ishlatish imkonini yaratish kelib chiqadi.
Mazkur magistrlik ilmiy ish kirish qismi, adabiyotlar tahlili, uslubiy qism, olingan tajriba natijalarning tahlili, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bo’limida aralash matolarni bo’yash va gul bosish jarayonlarining umumiy masalalari keltirilgan. Ikkinchi bo’limda foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi, namunalarning oqlik darajasini aniqlash, kapillyarligini aniqlash va qator shu kabi ko’satkichlarni aniqlash ishlari keltirilgan. Uchinchi bo’limda bifunktsional bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida
91 olingan quyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari bo’yicha tajribalar natijasi va ularning tahlili bayon qilingan.
Shunga qaramasdan magistrlik ilmiy ishida ayrim kamchiliklar ham mavjud: - Adabiyotlar tahlili qismida ko’p ma’lumotlar berilgan, uni qisqartirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi; - Aralash matolarga gul bosish jarayonlari to’g’risida kam ma’lumot keltirilgan. Ko’rsatilgan kamchiliklar ishning ilmiy bahosiga salbiy ta’sir etmaydi. Ish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining magistrlik ishiga qo’yilgan talablariga to’la javob berishini inobatga olib, men uni «a’lo» bahoga baholayman.
Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey direktori: t.f.n.,dots. O.U.Nurova
92
Buxoro davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti 5A 140501 - Kimyo (fan o’nalishlari Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling