Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

TAQRIZ  

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  asosiy  vazifasi 

iqtisodiyotda  tubdan  islohatlar  o’tkazish  edi.  Ayniqsa,  iqtisodiyotning 

muhim  tarmoqlaridan  biri  to’qimachilik  sanoatini  rivojlantirishga 

qaratilgandir. 

To’qimachilik  sanoatida  so’nggi  yillarda  aralash  tolali  matolarni 

ko’paytirish va ular miqdorini kengaytirish keng yo’lga qo’yilgan. Aralash 

tolali  mato  assortimentlarini  ko’paytirish,  ularning  xossalarini  yaxshilash 

maqsadida,  paxta  va  nitron,  paxta  va  ipak  materiallarni  ishlab  chiqarish 

zamon talabidir.  Bu o’z  navbatida aralash  tolali  matolarni keng  miqyosida 

ishlatilishi,  ularni  pardozlashga  tayyorlashning  maxsus  usullarini  ishlab 

chiqarishni taqozo etadi.  

Paxta  va  nitron  tolalari  asosida,  shu  o’rinda  ikkilamchi  resurslardan 

rasional  foydalangan  holda,  nitron  tolasini  tabiiy  ipak  chiqindilari  bilan 

modifikastiyalash  va  ular  asosidagi  aralashma  matolarini  pardozlashga 

tayyorlash va bo’yash texnologiyasini fizik-kimyoviy jarayonlarini yaratish 

dolzarb muammo bo’lib kelmoqda.  

Qo’chqorova  Dilfuzaning  «Aralash  tolali  matolarga  gul  bosish  va 

yakunlovchi  pardozlash  texnologiyasini  tadqiq  etish»  mavzusidagi 

magistrlik  ilmiy  ishi  aralashma  matolarni  bo’yash,  gul  bosish  va 

yakunlovchi  pardozlash  texnologiyasini  yaratishga  va  yuqoridagi 

muammolarini yechishga qaratilgan.  

 

Qo’chqorova  Dilfuza  birinchi  bor  paxta  va  modifikastiyalangan 



nitron tolali aralash  matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlashda natriy 


 

 

 



89 

silikatdan  foydalanib,  yuqori  kapillyarlik  va  oqlik  darajasiga  erishdi. 

imkoniyatlarini o’rgandi. Ish  bifunksional bo’yovchi moddalar va mahalliy 

xom ashyolar asosida olingan quyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni  

bo’yash, gul bosish  va yakunlovchi pardozlash jarayonlarini o’rganish kabi 

dolzarb muammolarga qaratilgan. 

Qo’chqorova  Dilfuza  kamtarin,  to’g’ri  so’z,  fidoiy,  do’stlariga 

nisbatan  mehribon  va  g’amxo’r,  kafedraning  ishlarida  faol  qatnashadi. 

O’qish davrida 1 ta maqola 10 dan ortiq tezislar chop ettirgan. U kelajakda 

albatta yaxshi mutaxassis bo’ladi deb ishonaman.   

 

                     Ilmiy rahbar  



―Umumiy kimyo‖  kafedrasi dotsenti                          k.f.d. G.A.Ixtiyarova  


 

 

 



90 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  asosiy  vazifa 

iqtisodiyotda tubdan islohotlar o’tkazish edi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning 

muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan yengil sanoatni rivojlantirishga katta 

e’tibor qaratilmoqda. 

Hozirgi  vaqtda  jahonda  aralash  tolali  matolarga  talab  juda  oshdi. 

Bunday mahsulotlar o’zida tabiiy tolaning gigienik xossalarini va kimyoviy  

tolalarning o’ziga xos fizik –mexanikaviy xossalarini mujassam etadi. 

Qo`chqorova  Dilfuzaning  magistrlik    ilmiy  ishi  paxta-nitron,  paxta-

ipak,  nitron  tolasini  tabiiy  ipak  chiqindilari  bilan  modifikasiya  qilish  va 

aralash  tolalarning  sorbsion-gigiyenik  xossalarini  yaxshilashga,  namlik 

yutishini oshishiga, elektrlanishini kamayishiga bag’ishlangan.  

Ilmiy  ishning  maqsadi  aralash  tolalar  va  ular  asosidagi    matolarni 

bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini o’rganish, 

pardozlash jarayonida quyultiruvchilar  va  bo’yovchi  moddalarning aralash 

matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etishdir. Bu  maqsaddan 

quyidagi  vazifalar:  tabiiy  ipak  chiqindilari  bilan  modifikasiya  qilingan 

nitron matolarni bo’yash va gul boshishga tayyorlashni o’rganish, paxta va 

nitron  aralash  matolarni  gul  boshishga  tayyorlashning  fizik-kimyoviy 

jarayonlarini, ishlab chiqarishda mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish,  

sifatini  yaxshilash,    tabiiy    tolalarni  kimyoviy      tolalarga    aralashtirish 

orqali,  tansiq  tolalar    o’rniga  arzon  kimyoviy tolalarni    ishlatish  imkonini 

yaratish kelib chiqadi. 

 

Mazkur  magistrlik  ilmiy  ish  kirish  qismi,    adabiyotlar  tahlili,  uslubiy 



qism,  olingan  tajriba  natijalarning  tahlili,  xulosalar  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bo’limida aralash matolarni 

bo’yash  va  gul  bosish  jarayonlarining  umumiy  masalalari  keltirilgan. 

Ikkinchi  bo’limda    foydalanilgan  kimyoviy  moddalar  tavsifi, 

namunalarning  oqlik  darajasini  aniqlash,  kapillyarligini  aniqlash  va  qator 

shu  kabi  ko’satkichlarni  aniqlash  ishlari  keltirilgan.  Uchinchi  bo’limda 

bifunktsional  bo’yovchi  moddalar  va  mahalliy  xom  ashyolar  asosida 



 

 

 



91 

olingan  quyultiruvchilar  bilan  aralash  tolali  matolarga  gul  bosish  va 

yakunlovchi pardozlash jarayonlari bo’yicha  tajribalar  natijasi va ularning 

tahlili bayon qilingan.  

 

Shunga  qaramasdan  magistrlik  ilmiy  ishida  ayrim  kamchiliklar  ham 



mavjud: 

-  Adabiyotlar tahlili qismida ko’p ma’lumotlar berilgan, uni qisqartirsa 

maqsadga muvofiq bo’lar edi; 

-  Aralash  matolarga  gul  bosish  jarayonlari    to’g’risida  kam  ma’lumot 

keltirilgan. 

Ko’rsatilgan kamchiliklar ishning ilmiy bahosiga salbiy ta’sir etmaydi.  

Ish  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 

vazirligining magistrlik ishiga qo’yilgan talablariga to’la javob berishini 

inobatga olib, men uni «a’lo» bahoga baholayman. 

                     

Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi 

1-son akademik litsey direktori:                  t.f.n.,dots. O.U.Nurova 

 

 

 



 


 

 

 



92 

 

Buxoro  davlat  universiteti     kimyo-biologiya 



fakulteti 5A 140501 - Kimyo (fan o’nalishlari 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling