Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

bo’yicha)  mutaxasisligi  2- bosqich magistranti 

Qo’chqorova Dilfuza O’ktam qizining ― Aralash 

tolali   matolarga  gul  bosish  va   yakunlovchi 

pardozlash  texnologiyasini     tadqiq       etish‖       

 

mavzusidagi  magistrlik  dissertatsiyasiga    



 

TAQRIZ 


Kimyo sanoatini  rivojlantirish,  ekologik sofligini ta’minlagan holda  

texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta  qurish,  modernizatsiyalash  hozirgi 

kunning asosiy talabidir. 

  O`zbekistonda  yengil  sanoat  tovarlariga  bo`lgan  aholi  ehtiyojini  

nafaqat    hajm    va    assortiment    jihatidan,    balki    tovarlarining    sifati  

bo`yicha  ham  qondirish  dolzarb  muammodir.  Respublikamizda  hozirgi  

kunda    yengil    sanoat    yetishtirgan    paxta    xom    ashyosini      tayyor    mato  

holida ishlab chiqarish salmog’i oshib bormoqda.  

Dunyo  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  nitron  bilan  ipak  tolalari,  paxta 

tolasi  bilan  ipak  tolalari,  paxta  tolasi  bilan  nitron  tolalari  aralashmalaridan 

to`qimachilik mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. 

     Oxirgi yillarda O’zbekiston to’qimachilik sanoatida ko’pgina sifat va 

miqdor  jihatdan  o’zgarishlar  sodir  bo’lgan.  Bu  o’zgarishlar  Respublika 

ichki  bozorini  sifatli  sanoat  mollari  bilan  to’ldirish,  ularni  eksport  qilish 

hajmini  ko’paytirish,  turlarini  kengaytirish  va  sifatini  oshirish  borasidagi 

ishlar orqali yaqqol namoyon bo’lmoqda.  

Hozirgi  kunda  dunyoda  aralash  tolali,  ya’ni  tabiiy  va  kimyoviy 

tolalar  asosidagi  materiallarga  bo’lgan  talab  oshmoqda.  Bu  to’qimachilik 

materiallari  o’zida  tabiiy  tolalarning  qimmatbaho  xossalarini  va  sintetik 

tolalarning esa  fizik-mexanik xossalarini namoyon etadi. 




 

 

 



93 

Ushbu  ilmiy  ishdan  maqsad    aralash  tolalar  va  ular  asosidagi  

matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini 

o’rganish.  Pardozlash  jarayonida  quyultiruvchilar  va  bo’yovchi 

moddalarning  aralash  matolarning  sifat  ko’rsatkichlariga  ta’sirini  tadqiq 

etishdan iboratdir. 

        Ishda paxta-nitron, paxta- ipak kabi aralash tolalar ustida olib borilgan  

tajribalar  keltirilgan.  Ushbu  magisrtrlik  ilmiy  ish  ilk  bor  bifunksional 

bo’yovchi  moddalar  va  mahalliy  xom  ashyolar  asosida  olingan 

quyultiruvchilar  bilan  aralash  tolali  matolarni    bo’yash,  gul  bosish    va 

yakunlovchi pardozlash jarayonlarini o’rganish kabi dolzarb muammolarga 

qaratilgan. 

          Qo’chqorova  Dilfuzaning  magistrlik  ilmiy  ishi  kirish,  uch    bob, 

umumiy  xulosa,  adabiyotlar  ro’yxatidan  iborat  bo’lib,  ishda  aralash 

matolarning  bifunksional  (aktiv,  dispers)  bo’yovchi  moddalar  bilan 

bo’yash,  gul  bosish  va  yakunlovchi  pardozlash  jarayonlari  o’rganilgan. 

Ammo ish yuzasidan bir necha e’tirozlarim ham bor. 

-   Kirish qismida tadqiqot predmeti va ob’ekti  kam yoritilgan; 

-  Ilmiy ishning amaliy natijalariga e’tibor berilmagan. 

Biroq  bu  kamchilik ishning  umumiy  bahosiga  salbiy  ta’sir  etmaydi. 

Ish  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 

magistrlik  dissertatsiyasiga  qo’ygan  talablariga  to’liq  javob  berishini  

inobatga    olib,    men    ishni      «a’lo»    bahoda      baholayman  va  D.O’. 

Qo’chqorovani  5A  140501  –  Kimyo  (fan  yo’nalishlari  bo’yicha) 

mutaxasisligi magistr akademik darajasiga loyiq deb hisoblayman.  

 

 



     Opponent 

 



 

 

 



94 

 

 



 

 

Buxoro davlat universiteti  Kimyo-biologiya  



fakulteti  5A140501- kimyo (fan yo’nalishlari 

bo’yicha) mutaxasisligi 2-bosqich magistranti  

Qo’chqorova Dilfuzaning «Aralash tolali 

matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash 

texnologiyasini tadqiq etish»  mavzusidagi 

magistrlik ilmiy  ishiga 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 



95 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling