Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
3.5. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar
asosida aralash quyuqlovchilar olish Hozirgi
vaqtda aktiv
bo’yoqlar uchun
asosan aralash
quyuqlashtiruvchilarga e’tibor
qaratilmoqda. Haqiqatdan ham karboksimetilkraxmal va sintetik akril polimerlar aralashmasi keng
qo’llanilmoqda. Chunki tabiiy quyuqlashtiruvchi moddalar juda qimmat va bakteriyalarga beriluvchan. Ilmiy ishda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahalliy xomashyo asosidagi aralash quyuqlashtiruvchilar yaratish borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Qo’yilgan masalalar yechimi uchun guruch kraxmali va sintetik akrilatlar asosidagi quyuqlovchilarning har xil tarkibli qatorini oldik.
70 Ushbu tadqiqotning maqsadi gul bosish bo’yog’i quyuqlovchilari sifatidagi OAJ Navoiyazot kombinatida ishlab chiqariladigan sintetik akril polimerlar va karboksimetilkraxmal (KMK) effektivligi va yaroqliligiga baho berish edi va ular asosida aktiv bo’yoqlar uchun iqtisodiy samarali past konsentratsiyali quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish hisoblanadi. [56] Tadqiqot maqsadi, aralash quyuqlashtiruvchilarning pH muhitini o’rganish va taqqoslash hisoblanib, ular asosida gul bosish bo’yog’i shuningdek, pardozlangan matoning fizik-mexnik ko’rsatkichlarini o’rganish hisoblanadi. Ishda tarkibida ishlab chiqarilgan monoxlortriazin bo’yoqlari ishlatiladi.Paxta tolali matolarga gul bosishda muhim rolni quyuqlovchilar va gul bosish bo’yog’ining pH i muhim rolni o’ynaydi. Bosma bo’yoq aktiv bo’yoq, quyultiruvchi, ludigol, mochevina, ishqoriy agent NaHCO 3 ni aralashmasidan iborat. Mochevina va NaHCO 3 tola bilan bo’yoqni fiksatsiyasida muhit vazifasini bajaradi. Mochevinani bosma bo’yoqqa aktiv bo’yoqlarning eruvchanligini oshirish uchun qo’shiladi. Ludigol – kuchsiz oksidlovchi hisoblanadi va bosma bo’yoq tarkibiga zirelnik va hattoki, sellyuloza tolasi muhitini aktiv bo’yoqlarga destruktiv ta’sirini oldini olish uchun ishlatiladi. Ishda aralash tolalar va bosma bo’yoqning pH muhiti shuningdek, pardozlangan matolarning fizik- mexanik xossalari (uzilishga, terga bo’lgan mustahkamlik, qattiqlik) o’rganildi. Quyuqlashtiruvchi aralashmalar asosida bosma
bo’yoq qatori
karboksimetilkraxmal (KMK),
gidrolizlangan poliakrilonitril (K9 Uniflok), gidrolizlangan akrilemulsiyasi (GAE) va poliakriloamid (PAA). O’zini xususiyatini saqlagan holda bularning har biri aktiv bo’yoqlar bilan va shunday tarkibli aralashmalar noqulayliklarni yenga olish holatlari aniqlangan. Bosma bo’yoq pH i 10-10,5dan yuqori bo’lmasligi kerak.[57] Paxta- nitron asosidagi matoga gul bosishda quyudagi quyultiruvchilarning pH ko’rsatkichlari aniqlandi (jadv.). Jadval 3.9. Quyultiruvchilar va bosma bo’yoqlarning рН ko’rsatkichining o’zgarishi
71 Quyultiruvchilar Quyultiruvchining va bosma bo’yoqning рН Quyultiruvchining рН bosma bo’yoqning рН Маnuteks (2,5%) рН=8 рН=10,5
Solvitoza (6%) рН=8,5
рН=10 КМК
рН=9 рН=10,5
PАА рН=10
рН=10.5 GIPAN (К9) рН=11,5 рН=11,5
UNIFLOK рН=12,5
рН=13,5 GАE
рН=8,5 рН=10,2
Aralash quyultiruvchilar 1.КМК –PАА-GАE рН=8,5 рН=10
2. КМК–К9-GАE рН=9,5
рН=10,5 3. КМК –uniflok-GАE рН=9,5 рН=10,5
КМК- karboksimetilkraxmal; GАE-gidrolizlangan аkril emulsiyasi; GIPAN- gidrolizlangan poliakrilonitril; PАА-poliakrilamid. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyultiruvchining рН ko’rsatkichi manuteks, КМК larda 8-8,5 ga teng. Bosma bo’yoqning рН miqdori 10-10,5. КМК va аkrilаtlar asosidagi aralash quyultiruvchining pH ko’rsatkichi 8,5 quyuqlovchi va sintetik akrillar mochevina miqdorini va NaHCO 3 ni ikki marta kam sarflaydi hamda pardozlangan matolarning mustahkamligi va fizik-mexanik ko’rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlaydi[58]. Shundan kelib chiqib, quyuqlovchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq yaratish texnologiyasi ishlav chiqildi(3.5-rasm)
72
3.5- rasm. Quyultiruvchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq olish texnologiyasi 3.5.-rasmdan ko’rinib turibdiki, 1-reaktorda kraxmal va monoxlorsirka kislotasining Na tuzi bilan modifikasiyalanib 2-reaktorga solinadi. So’ngra 2- reaktorga sintetik akril polimerlari (GAE va uniflok) qo’shiladi. Ludigol va mochevina issiq suvda eritilib soda bilan aralshtiriladi. Tayyor aralashma 3-reaktorga sovutish uchun yuboriladi, so’ngra 4-reaktorda quyuqlovchi va bo’yovchi modda aralashtiriladi va gul bosish mashinasiga yuboriladi. KMK va sintetik polimerlar asosida tayyorlangan quyuqlovchilar aralashmasi ho’l ishlovlarga bo’lgan bo’yoqlarning mustahkamligi va uzilishga bo’lgan mustahkamligini ta’minlaydi. Shunday usul bilan KMK- uniflok-PAA va KMK-uniflok-GAE asosidagi quyultiruvchilar aralashmasi yaxshi bosma xususiyatlarga ega. U rang ajralishi, qattiqligi va bosma rasmlarning yuvilishga mustahkamligi an’anaviy ishlatiladigan quyultiruvchilar imprint va solvitozlar bo’lgan quyuqlashtiruvchilardan o’tadi[59]. Ushbu ishning maqsadi, quyuqlashtiruvchi sifatida to’qimachilik yoki sanoat chiqindilaridan olinadigan GAE, uniflok va KMK ni dispers bo’yoqlar bilan paxta+nitron gazlamalarga gul bosish jarayonida tatqiq etish hisoblanadi. Dispers bo’yoqlar boshqa barcha sinf bo`yoqlaridan farqli
73 ravishda hosil bo’ladigan tasvirlarni, ayniqsa, yuvilish jarayoniga yuqori barqarorlikni ta’minlovchi kovalent kimyoviy bog’lar hosil qilish yo’li bilan tolali materiallar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Bo’yoqning xarakteridan qat’iy nazar gul bosishda ishlatiladigan bo’yoq qat’iy bir quyuqlikka ya’ni matoda rasmlarning aniq konturlarini olish uchun kerak bo’ladigan va shu bilan birga gul bosish vali gravyurasini yaxshi namlantiradigan bo’lishi kerak. Bo’yoq gravyuraning shaklini oson qabul qilishi, undan oson ajralishi va ma’lum deformatsiyalanish qobiliyatiga ega bo’lishi (bu ayniqsa, chiziqli rasmlar uchun ahamiyatli) shart. Bo’yoq matoda oqib ketmasligi va rasmning aniq konturlarini berishi kerak, shuningdek, matoning ichiga singishi kerak. [60] Yuqorida aytilganidek, quyuqlashtiruvchi – gul bosishda bo’yovchi moddalarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ancha qimmat quyuqlashtiruvchilar qatoriga o’simlik mahsulotlari, ayniqsa, kraxmal (bug’doy, guruch, kartoshka) uning hosilalari (kraxmalning oddiy va murakkab efirlari) va uning destruksiya mahsulotlari (dekstrin). Roj daraxti mevasining uni va diara boshoqlari va uning hosilalari, alginatlar, o’simlik kamedisi va tragantlar kiradi. Zamonaviy gul bosish texnologiyasida quruq moddaning kam konsentratsiyasida ham gul bosish bo’yog’ining yuqori qovushqoqligini ta’minlovchi maxsus quyuqlashtiruvchilar asosiy rol o’ynaydi[61].(3.10-jadval)
Jаdval 3.10. Quyuqlovchilar yordamida pardozlangan matolarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining o’zgarishi
Matoning Uzilishga Rang mustahkamligi (ball)
74 Quyultiruvchilar g/kg qattiqligi, mkН·sm 2
chidamliligi, мм Н
Yuvishga (DS 9733.483) Ishqalanishga (DS 9733.27- 83) Terga (DS 9733. 6-83) Quruq
Ho’l tanda
arqo q KMS 25 9324
294 196
5/5/5 5/5
5/4/5 5/4/5
Imprint 60
12780 291
193 5/4/4
5/3 5/4/4
4/4/4 КMК
80 12650
288 192
5/4/4 5/3
5/4/4 5/4/4
КМК-К9 30:30
11450 291
193 5/4/5
5/4 5/4/5
4/4/5 КMК uniflok 30:30 10317
292 194
5/4/5 5/4
5/4/5 5/4/5
КMК –PАА 30:30
10356 291
192 5/4/5
5/4 5/4/4
5/4/4 КMК –GАE 30:30 10224
292 194
5/4/5 5/4
5/4/5 5/4/5
КМК –uniflok- GАE
40:20:10 9387
292 195
5/45 5/5
5/5/4 5/5/4
КМК- karboksimetilkraxmal; GAE-gidrolizlangan akril emulsiyasi; GIPAN- gidrolizlangan poliakrilonitril; PAA-poliakrilamid Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, biz tomonimizdan mahalliy ikkilamchi xom ashyodan KMK olish texnologiyasi ishlab chiqarildi va uni matoga gul bosish jarayonida qo`llash imkoniyatlari o’rganildi. Ishlab chiqilgan texnologiya bo’yicha olingan KMK quyidagi sifat ko’rsatkichlariga ega; sochiluvchan; oqdan to qaymoq ranggacha bo’lgan kukunsimon, suvning massa ulushi 10% dan ortiq, karboksimetil guruhlar bo’yicha almashinish darajasi 0,80-0,85 atrofida; asosiy moddaning massa ulushi 50-55% atrofida, polimerlanish darajasi 550-850; suvda eruvchanligi 98-99,4% dan kam emas; KMK ning massa ulushi 1% bo`lgan suvli eritmaning vodorod ko’rsatkichi ( pH) 9-10 chegaralarida.
75 KMK ni gul bosish jarayonida aktiv bo’yoqlar bilan qo’llash imkoniyatlarini o’rganish maqsadida quyuqlashtiruvchi tabiatini bosilgan rasmning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Faol bo’yoqlar bilan gul bosishni bo’yoqni ikki usulda fiksatsiyalash bo’yicha o’tkazildi. Termofiksatsiya usuli bo’yicha mochevina suvda eritiladi va eritma 70 0 C gacha qizdiriladi. Olingan eritma aralashtirib bo’yoq bor stakanga quyiladi. So’ngra mochevinali bo’yoq eritmasi aralashtirilgan holda quyuqlashtiruvchiga kiritiladi. Gul bosish bo’yog’ni ishlatishdan oldin sovutiladi va suvda eritilgan Na 2 CO 3
qo’shiladi. Gul bosish bo’yog’i yana qaytadan yaxshilab aralashtiriladi. Gul bosishdan keyin namuna qo’yilgan maxsus siljuvchi ramkani quritish shkafiga qo’yiladi. Termofiksatsiya 180 0 C da 2 minut davomida o’tkaziladi, keyin yuviladi. Namuna dastavval sovuq suvda, so’ngra esa iliq suvda ehtiyotlik bilan mato yuzasidan gul bosish bo’yog’ining ortiqchasi yuviladi. Oxirida mato issiq suvda issiq ( 80-90 o C) eritmada SAM (2g/l) va qaytadan issiq va sovuq suvda yuviladi. Bir fazali bug’latish usuli bo’yicha faol bo’yoqni gul bosish bo’yog’iga mustahkamlash quyidagi retsep bo’yicha tayyorlanadi, gr : mochevina 10; suv (ml) 34,5; bo’yoq 3; quyultiruvchi 50; ludigol 1; Na 2 CO
1,5. [62] Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling