Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Yakunlovchi pardozlash jarayonining texnologiyasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
Yakunlovchi pardozlash jarayonining texnologiyasi
Matolarga suv itaruvchanlik xususiyatga berish ikki turga bo`linadi. 1. Suv o`tkazmaydigan 2. Suv itaruvchanlik xususiyati. Suv o`tkazmaydigan pardoz turi berishda matoning butkul yuzasiga gidrofob plyonka (bitum, rezina, polixlorvinil va boshqalar) yurgiziladiki, unda mato suvdan tashqari havo ham o`tkazmaydi, pardozning bu turi asosan texnika ehtiyojlari uchun qo`llaniladi. Pardozlashning ikkinchi turi katta ahamiyatga ega bo`lib, gigiyena talablarga javob beradi. To`qimachilik tolalarining suv itaruvchanlik xususiyati asosan tolalarning suv shimuvchi gruppalarini to`sib himoya qilishda asoslangan. Tolalarga suv itaruvchanlik xususiyati berish, suv itaruvchi alkil radikallarning tola yuzasiga tekis zich joylashishi natijasida hosil bo`ladi. Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berishning bir necha xillari mavjud, masalan: tuzli sovun yordamida. Bu xil pardozlash eski usul bo`lib, metalli tuzlarning (asosan alyuminiy yoki mis) yuqori molekulali yog’li kislotalar bilan mato yuzasiga parda hosil qilishdan iborat. Bu tuzlar yuqori suv itaruvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, mato ishlov berganda iplar chidamli suv itaruvchanlik qavati bilan qoplanadi. Jarayon ikki usulda: ikki vannali va bir vannali usulda olib boriladi.[88]
79 Xromolan yordamida suv itaruvchanlik xususiyati berish. Suv itaruvchanlik xususiyati berish maqsadida keyingi paytlarda maxsus preparatlar ishlab chiqarildi : xromolan va alyumolan. Tabiiy ipakdan tayyorlangan matolarni pardozlashda toladagi nodir xususiyatlar- alohida o`ziga xos mo’tadil tovlanish, yumshoqlik, egiluvchanlik kabilarni ko`rsatishdan iborat. Bundan tashqari matoga kam kirishish, tovar ko`rinishi berish, mustahkam shakl beriladi. Ipakli g’ijirlaydigan matolar plyusovkada 1% li sirka kislotasi bilan ishlov berilib, quritib en beradigan mashinada quritiladi. Matoni mashinaga ilgari o`tkazib uzib berish hisobidan mato qisqaradi va bunda yaxshi aniq ko`rinishdagi g’ijirlash "krepoviuy" effekt olishga erishiladi. Tolalarning sorbsion xususiyati ularni tayyorlash jarayonida ishchi eritma tarkibiga kiritilgan sirt aktiv moddalar (SAM) tabiatiga ham bog’liq. Sirt aktiv moddalar paxta tolali to’qimachilik materiallari tarkibidagi yog’simon va mumsimon moddalarni emulgirlab, qaynatish eritmasiga chiqarishga xizmat qiladi. Sintetik tolalarni pardozlashga tayyorlash jarayonida SAM ularni sirtiga surtilgan moylovchi moddalardan tozalaydi.[45] Tarkibida 17% nitron tutgan paxta-nitron aralash tolali kalava iplarni tayyorlash jarayoni sifatiga turli xildagi SAMlarning ta’siri o’rganildi. Buning
uchun quyidagi SAMlar tanlandi: OP-10, ―Veskim‖ kompaniyasidagi SAM, Stearoks-6, Metaupon, Nekal, Sulfanol. Bu preparatlar ishtirokida bir xil sharoitda kalava iplarni tayyorlash jarayoni olib borildi va quyidagi natijalarga erishildi: – Stearoks-6 preparati ishtirokida tayyorlangan kalava iplar past fizik- mexanik ko’rsatkichlar bilan birga juda past kapillyarlik berdi; – Nekal preparati barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yomon natija berdi; - OP-10 preparati ishtirokida tayyorlangan kalava iplar yuqori fizik- mexanik ko’rsatkichlarni namoyon qildi, lekin ularning kapillyarligi past
80 bo’ldi ( 128 mm/soat, 130 mm/soat), hamda oqlik darajasini (82%) namoyon qildi; – Sulfanol ishtirokida tayyorlangan namunalar faqat oqlik darajasi (86%) bo’yicha biroz yaxshi natija ko’rsatdi; – Metaupon ishtirokida tayyorlangan namunada kapillyarligi va oqlik darajasi bo’yicha yaxshi natijalarga erishilgan bo’lsa ham, fizik-mexanik ko’rsatkichlari bo’yicha past natijalarni ko’rsatdi; – ―Veskim‖ firmasi SAM-si bilan tayyorlangan kalava iplar esa yuqoridagi hamma SAM larga nisbatan barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori natijalarga erishdi, masalan kapillyarligi 180 mm/soat. Ushbu tarkibdagi aralash tolali kalava iplarni tayyorlashda SAM sifatida ―Veskim‖ firmasi sirt aktiv moddasi tavsiya etildi. Effektiv emulgirlovchi moddani tanlash maqsadida turli sirt aktiv moddalar tabiatini matoni qaynatish sifatiga ta’siri o’rganildi. SAM lardan steoroks-6, steoroks-920, metaupon, sulfonol, OP-10 va nekallar sinab ko’rildi.[59]
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling