68
3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish
Dispers bo’yovchi moddalar poliefir va atsetat tolali matolarga,
nitron va kamroq poliamid tolali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Gul
bosish uchun nurbardoshligi yuqori va harorat ta’siriga chidamli bo’yovchi
moddalar ishlatiladi. Gul bosish texnologiyasi:
gul bosish
quritish
bo’yovchi moddani tolaga bog’lanish
yuvish
quritish jarayonlaridan iborat. Gul bosish bo’yog’i tarkibi tola turiga va
rang singdirish usuliga bog’liqdir. Masalan, asetat tolali materiallar uchun
quyidagi tarkiblar ishlatiladi.
Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, karboksimetilselluloza, tragant va
ularning aralashmasi ishlatiladi. Poliefir, poliamid va triatsetat tolalariga
gul bosilganda bo’yoq tarkibiga tola massasiga nisbatan 0,3-2% miqdorida
intensifikator (benzoy, salitsil kislota, xlor) .
Do'stlaringiz bilan baham: